Va texnologiyalar universiteti yer osti konchilik ishlari


Mavzu: Sanoat zahiralarini hisoblash


Download 3.1 Mb.
bet2/37
Sana15.11.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1774787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Amaliy ishlar to\'plami kuzgi 2023. (7)

Mavzu: Sanoat zahiralarini hisoblash.




Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarni zaxira turlari bilan tanishtirish va sanoat zaxiralarini aniqlashga o‘rgatish.
Er qobig‘ida foydali qazilmalarning tabiiy to‘planishi kon deyiladi.
Kon yoki uning bitta shaxta bilan qazib olishga ajratilgan qismi shaxta maydoni deyiladi.
Zaxiralar deganda ushbu kondagi yoki uning ayrim qismlaridagi foydali qazilmalarning to‘liq miqdori tushuniladi. Zaxiralar balansli (hisobli) va balansdan (hisobdan) tashqari bo‘ladi.
Texnika va iqtisodiyotning zamonaviy darajasida sanoat foydalanishi talablarini (konditsiyani) qondiradigan, qazish uchun yaroqli bo‘lgan foydali qazilmalar zaxirasiga balansli zahiralar deyiladi.
Ushbu talablarni qondira olmaydigan zaxiralarga balansdan tashqari zaxiralar deyiladi, shuning uchun hozirgi vaqtda ulardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Kelgusida texnika va iqtisodiyotning etarli darajada rivojlanishida ulardan sanoatda foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.
Qidirish va o‘rganish darajasiga ko‘ra zaxiralar to‘rtta toifaga bo‘linadi: A, V, C1 va C2.
A toifa – quduqlar va kon lahimlari yordamida mufassal qidirilgan zaxiralar; foydali qazilmalar sifati haqida barcha ma’lumotlar mavjud.
V toifa – qidiruv lahimlari yordamida qidirilgan zaxiralar; Foydali qazilmalar joylashuvining asosiy xususiyatlari va kondinsion va nokondinsion zaxirali uchastkalarning noaniq chegaralash sifati aniqlangan.
C1 toifa – burg‘ulash quduqlarining yoki qidiruv lahimlarining eng kam tarmoqlari hamda geologik va geofizik ma’lumotlar bo‘yicha ekstrapolyasiya (o‘xshatishlar omili) asosida aniqlangan zaxiralar; kon-foydalanish ishlarini belgilovchi sharoitlar umumiy sifatda aniqlangan.
C2 toifa – geologik ma’lumotlar bo‘yicha oldindan baholangan zaxiralar; toifa chegarasi yondoshlar ma’lumoti bo‘yicha qabul qilingan. Qazish uchun belgilangan A, V, S balansli zahiralar toifasi o‘zaro nisbati bo‘yicha zaxiralar ikkita guruhga bo‘linadi:

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling