Va texnologiyalar universiteti yer osti konchilik ishlari


Download 3.1 Mb.
bet14/37
Sana15.11.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1774787
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
Amaliy ishlar to\'plami kuzgi 2023. (7)

Amaliyot ishi №7




Mavzu: Rudani yig‘malash bilan qazish tizimi.




Mashg‘ulot maqsadi: Qazishning yig‘malash tizimida qazish bo‘shlig‘idan shpurli maydalash bilan qazib olishni hisoblash.
a) Qazishning yig‘malash tizimida qazish bo‘shlig‘idan shpurli maydalash bilan qazib olishning hisobi (1-rasm).

1-rasm. Rudani yig‘malash bilan qazish usuli (qazish bo‘shlig‘idan rudani maydalash)


SHartlar:
Rudali jism qalinligi 1,5 m. YOtiqlik burchagi 80°. Rudaning hajm og‘irligi g=3,0 t/m3, Qattiqlik koeffitsienti ¦= 10. Rudadagi foydali komponent miqdori Ae =2,5%, saqlovchi jinslarda Ar=0,2%.,
Qavat balandligi, blok uzunligi va seliklar o‘lchamlari 1-rasmda keltirilgan, tabaqa balandligi h = 2 m.
Ruda yo‘qotilishi: kamerani qazishda ae=5% va seliklarni qazishda ats=15%.
Rudaning sifatsizlanishi: kamerani qazishda b = 5% va seliklarni qazishda bs= 15 %,
SHaxtaning sutkalik unumdorligi R=1500 t (6 soatdan ikki smenada ishlashda). Seliklardan rudaning o‘rtacha sutkalik qazib olinishi 470 t.


Echim:

  1. Kameradagi ishlab chiqarish jarayonlari tarkibi.

Ishning birinchi bosqichi:
Rudani maydalash (burg‘ilash, shpurlarni zaryadlash va portlatish), shpurlarni portlatgandan so‘ng kamerani shamollatish va rudani qisman chiqarish.
Ishning ikkinchi bosqichi:
Rudani umumiy chiqarish.
II. Kameradagi ishlarning birinchi bosqichida ishlab chiqarish jarayonlarini hisoblash.
Rudani maydalash. Rudali jism qalinligi 3 m va maydalanadigan tabaqa uzunligi 36 m bo‘lganda qazish joyi maydoni S=3*36=108 m2 ni tashkil etadi
108 m2 qazish joyi maydoniga shpurlar soni, I shpurga qazish joyi maydonida, 0,8 m2, n= 108/0,8=135 sht ga teng.
Qazish joyidagi shpurlar to‘plamining umumiy uzunligi, shpurlar chuqurligi lsh=2 m bo‘lganda

Qazish joyidagi shpurlar to‘plamiga PM ning umumiy sarfi, VB zaryadi miqdori 42 mm diametrli 1 m shpurga g0=0,7 kg/m ga teng

Bir davrda (siklda) shpurlar to‘plami bilan qazish joyida maydalanadigan ruda miqdorini, ostdan foydalanish koeffitsientini hsh =0,95 qabul qilib, formula bo‘yicha hisoblab chiqamiz
m3
yoki
t
1 t maydalangan rudaga PM sarfi 189/615=0,3 kg.
Lahim me’yorida burg‘ilovchining qazish joyini burg‘ilash davomiyligi 90 t/smenada va smenada band bo‘lgan to‘rtta burg‘ilovchiniki 615/ (90*4)=1,7 smenadani tashkil etadi.
Qazish joyini burg‘ilashga tayyorlash davomiyligini 0,25 smena va zaryadlash va shpurlarni portlatish davomiyligini 0,3 smena deb qabul qilamiz. SHpurlarni portlatgandan so‘ng qazish joyini shamollatish smenalar o‘rtasida amalga oshiriladi.
Rudani qisman chiqarish. Davr (sikl) davomida kamerada maydalanadigan ruda miqdori 615 t, yoki 205 m3 tashkil etadi.
Qisman chiqarish davrida chiqariladigan ruda miqdorini maydalanadigan ruda miqdoridan 0,3 ga teng deb qabul qilamiz, yoki 205*0,3 = 62 m2.
Ruda ruda tushirgichlar orqali bosh tashib chiqaruvchi lahim ostki qismiga chiqariladi va ikkita PML-5 mashinalari bilan vagonetkalarga ortiladi. YUklash mashinalarining smenali unumdorligini 40 m3 ga teng deb qabul qilamiz yoki 120 t. Bir vaqtning o‘zida blokda ikkita yuklash mashinasi ishlaydi, har biriga ikkitadan ishchi xizmat qiladi.
Qazish joyidan rudani qisman chiqarish davomiyligi 62/(40*2)=0,775 smenada, yoki, lahim me’yorini oshirib bajarishni hisobga olish bilan, siklogrammani tuzish qulayligi uchun — 0,7 smenada.
III. Kamera ishlarini tashkil etish.
Smenalar bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlarini taqsimlash 2-rasmda ko‘rsatilgan

2-rasm. Kamerada ishlarni tashkil etish grafigi
SHpurlarni portlatgandan so‘ng qazish joyini shamollatish smenalar o‘rtasida amalga oshiriladi. Sutkada ish smenalar soni -2. Sutkada qazish joyi davrlari (sikllar) soni— 0,67.
IV. Ishning ikkinchi bosqichi hisobi (kameradan rudaning umumiy chiqarilishi).
Hisoblashlarga muvofiq, 52- jadvalda keltirilgan, kamerada rudani yig‘malash oxirida chiqarilishi lozim bo‘lgan maydalangan ruda zaxirasi
10 980 t.ni tashkil etadi
Umumiy chiqarish davrida kameraning sutkalik unumdorligi
t.ni tashkil etadi.
Kameradan rudani umumiy chiqarish davomiyligi
sutka
V. Bir vaqtda qazib olishdagi bloklarning zaruriy soni hisobi.
Maydalash davrida va qisman chiqarishda kameradan beriladigan ruda miqdori — 4700 t va umumiy chiqarish davrida — 10960 t (52-jadvalga qarang), yoki jami — 15 660 t.
Kamerada rudani maydalash davomiyligi
sutka
Formula bo‘yicha kameraning o‘rtacha sutkalik unumdorligi
t.ni tashkil etadi.
Formula bo‘yicha seliklarni qazish davomiyligi (131)
sutkani tashkil etadi.
SHaxtaning berilgan unumdorligini ta’minlovchi bir vaqtda qazib olishda kameralar soni (zapasi bilan), quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi

ulardan: maydalashda

chiqarishda

Seliklarni bir vaqtda qazish ostidagi bloklar sonini quyidagicha formula bo‘yicha hisoblaymiz

Kamerani qazishda asosiy texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlar.

Rudani maydalash davrida bir davr (sikl) uchun ishchi kuchi sarfi (kishi-smenada): burg‘ilovchilar 4*2=8; yuklash mashinalari mashinistlari 2; yuklash mashinalarining mashinist yordamchilari 2.


Mehnat unumdorligi, t. smenada: burg‘ilovchiniki 615/8=77:
blok bo‘yicha bitta ishchiga 615/12=51,2
Formula bo‘yicha kameradan beriladigan rudaning o‘rtacha sifati
%
7-Amaliyot ishiga topshiriqlar.
7.1- jadval.




Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling