Va texnologiyalar universiteti yer osti konchilik ishlari
Download 3.1 Mb.
|
Amaliy ishlar to\'plami kuzgi 2023. (7)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyot ishi №5
R4n = 0,0036×450 - 0,44 = 1,18; Ru = 1; Rchk = 1;
rub/(m×god); YArusli shtreklar bo‘yicha foydali qazilmalarni tashish narxi (faqat q2 – “haqiqiy” transport narxi ko‘zda tutilyapti). SHtrekda 2L-80 lentali konveyer o‘rnatilgan. rub/(t×m); bunda, A – yuk oqimi miqdori (kattaligi) (A = 1300 t/sut); rub/(t×m). Berilgan tizimda yotiqlik bo‘yicha yarus uzunligini qazish 200 m ga teng bo‘ladi. Texnologik loyihalash me’yorlariga muvofiq ravishda yotiqligi bo‘yicha panel o‘lchami 1200 m ga teng deb qabul qilinadi.Olingan dastlabki ma’lumotlar cho‘ziqligi bo‘yicha panel o‘lchamini formula bo‘yicha aniqlash imkonini beradi: SHunday qilib, cho‘ziqligi bo‘yicha panelning eng maqbul o‘lchami 3240 m ga teng. Biroq, 8000 m ga teng shaxta maydoni o‘lchamini hisobga olib, panel enini 4000 m ga teng deb qabul qilamiz 4-Amaliyot ishiga topshiriqlar. 4.1-jadval.
Amaliyot ishi №5Mavzu: Kon-geologik va kon texnik sharoitlar bo‘yicha qazish tizimini tanlashMashg‘ulot maqsadi: Talabalarni kon-geologik va kon texnik sharoitlar bo‘yicha qazish tizimini tanlashga o‘rgatish. Qazish tizimini tanlashga ta’sir qiladigan omillar shartli ravishda – har qanday holatda ham hisobga olinadigan - doimiy omillarga va noqulay holatlarda cheklash kabi oldinga suriladigan - o‘zgaruvchan omillarga bo‘linadi va bulardan har biri aniq sharoitlarda alohida qazish tizimini tanlashga ta’sir qilmasligi ham mumkin. Rudali konlarni qazish tizimidagi rudali uyumlar joylanish elementlari shakllari anchagina xilma-xilligi va o‘zgaruvchanligi sababli rudali konlarni qazish tizimidan jiddiy farq qiladi. Rudali konlarni qazish tizimi sinfi (tasnifi) asosiga qazish bo‘shlig‘ini saqlash usuli qo‘yilgan. Qazish tizimi sinflari (tasniflari). Qazish tizimi – bu qazish blogida foydali qazilmani qazib olishni tashkil etish texnologiyasi. Qazish ishlarini tashkil qilish tayyorlov, qirqish lahimlarini o‘tkazishdan va har bir tizim uchun o‘ziga xos texnologik jarayonlarni (masalan, burg‘ilash-portlatish–etkazish-mustahkamlash-to‘lg‘azish) belgilangan tartibda (yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga, markazdan yon tomonga yoki shunga teskari) bajarishdan iborat. Qazishning barcha tizimi guruhlar bo‘yicha sinflarga birlashtirilgan, ikkita sinflanish eng ommalashgan - M.I.Agoshkov va V.R.Imenitov. M.I. Agoshkovda tizim ruda qazib olish vaqtidagi qazish bo‘shlig‘i holatining belgilari bo‘yicha sinflarga bo‘lingan (qazish bo‘shlig‘i to‘lg‘azilmagan yoki qandaydir to‘lg‘azilgan), V.R.Imenitovda esa boshqa belgisi bo‘yicha sinflarga bo‘lingan - ruda qazib olish vaqtida qazish bo‘shlig‘ini saqlash usuli bo‘yicha (qazish bo‘shlig‘i qandaydir mustahkamlanadi yoki yo‘q). Noyob va radioaktiv rudalarni er osti qazish xususiyatlarini bilish uchun qazish tizimlari bo‘yicha aniq hisoblashlarni yanada batafsil o‘rganish. A) M.I.Agoshkov tizimlar sinflanishi I sinf. Ochiq qazish bo‘shliqli 1. YAxlit tizim (turli shakldagi siyrak selikli bir tabaqali qazish- qatlamlarda) 2. Kamerali-ustunli tizim (muntazam va bir xil seliklar bilan bir tabaqali qazish- qatlamlarda) 3. Qavat osti maydalashli tizim (qavat balandligi bo‘ylab bir nechta burg‘ilash shtreklari, ortlardan kamerani maydalash) 4. Qavatli-kamerali maydalashli tizim (bitta-ikkita burg‘ilash shtreklari, ortlardan qavat balandligiga kamerani maydalash) 5. SHip-asos pog‘onali tizimlar (juda kam qo‘llaniladi) 6. Burg‘ilash ko‘tarmalaridan chuqur quduqlar bilan maydalashli tizim II sinf. Qazish bo‘shlig‘ida rudani yig‘malash bilan 1. Yig‘madan shpurli maydalashli tizim (kamerani pastdan yuqoriga tabaqalab maydalash, burg‘ilash ruda uyumidan past tomon ostida amalga oshiriladi) 2. Burg‘ilash ko‘tarmasidan (vosstayushiy) chuqur gorizontal quduqlar bilan va yig‘malash bilan rudani maydalash tizimi. 3. Burg‘ilash ko‘tarmasi (vosstayushiy) yaqinida chuqur gorizontal quduqlar bilan va yig‘malash bilan rudani maydalash tizimi. III sinf. Qazish bo‘shlig‘ini to‘lg‘azmali 1. To‘lg‘azmali gorizontal ko‘tariluvchi tabaqalar 2. To‘lg‘azmali (30-400 burchak ostida ) qiya ko‘tariluvchi tabaqalar 3. Qotuvchi to‘lg‘azmali pasayuvchi tabaqalanuvchi qazish 4. To‘lg‘azmali yaxlit va ship pog‘onali tizim (kam qo‘llaniladi) IV sinf. Qazish bo‘shlig‘ini mustahkamlash bilan (kam qo‘llaniladi) 1 . Kuchaytirilgan tirgakli va dastgohli yog‘och mustahkamlagichli tizim 2. Toshli va birgalikdagi (kombinatsiyalangan) mustahkamlagichli tizim V sinf. Qazish bo‘shlig‘ini mustahkamlash va to‘lg‘azish bilan (kam qo‘llaniladi) 1. Gorizontal ko‘tariluvchi tabaqali, mustahkamlagichli va to‘lg‘azmali pog‘onalar; 2. Dastgohli mustahkamlagichli va to‘lg‘azmali vertikal kesmalar (ajratmalar) VI sinf. Saqlovchi jinslar o‘pirilishi bilan 1. Tabaqali o‘pirilish (o‘pirilgan jinslar ostida yuqoridan pastga tabaqalab qazish) 2. Ustunli tizimlar (kirmalar bilan, qatlamlarda o‘pirilgan jinslar ostida lava bilan qazish) 3. SHchitli tizimlar (yog‘och shchitlar va o‘pirilgan jinslar ostida yuqoridan pastga tabaqalab qazish) VII sinf. Ruda va saqlovchi jinslar o‘pirilishi bilan 1. Qavat osti o‘pirilishlar tizimlari (“qisqichda” maydalash) 2. Rudaning qavatli majburiy o‘pirilishli tizimlari (“qisqichda” maydalash) 3. Rudaning qavatli o‘z-o‘zidan o‘pirilish tizimi (maydalamasdan) Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling