Qisqichda maydalashning asosiy afzalliklari quyidagilar hisoblanadi:
ochiq kompensatsiyalovchi bo‘shliqning oldindan hosil bo‘lish zaruriyati yo‘qligi, bu massivning ustivorligini oshiradi va qazishni bir turdagi texnologiya bilan bir bosqichda olib borish imkonini beradi;
rudani burg‘ilash lahimi yon yuzasiga bevosita chiqarish, ya’ni yon yuzali chiqarish deb ataluvchini qo‘llash, bunda odatdagi ostdan chiqarishdan farqi – chiqaruvchi lahimlarni qurish bo‘yicha sermehnat qimmat ishlarni ( voronkalar va transheyalar) o‘tkazishga zaruriyat yo‘q.
Qisqichda maydalash kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: portlashdan ruda zichlanishi birinchi miqdorlarini chiqarishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar (chiqarish teshigi ustida rudaning muallaq turishi), shuningdek, burg‘ilash lahimlariga ruda otilishi yoki ushbu otilishni bartaraf etishga yo‘naltirilgan blokni tayyorlash sxemasining ayrim murakkablashuvi. Ko‘pgina holatlarda bu kamchiliklar aniqlangan afzalliklarga qaraganda muhim emas.
Aniq sharoitlar uchun maydalash variantini tanlash tegishli texnik-iqtisodiy hisoblashlar bazasida amalga oshiriladi. Bunda eng maqbuli maydalashning eng tejamli varianti bo‘lishi shart emas (burg‘ilashga va portlatishga, shuningdek, burg‘ilash lahimlarini o‘tkazish va saqlashga sarflar bo‘yicha).
Quduqli maydalashning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari:
qattiq rudalarda burg‘ilovchining mehnat unumdorligi 250-300
m/smena, o‘rtacha qattiqlikdagi rudalarda 350-400 m/smena va yumshoq rudalarda 500 m/smena gacha;
maydalashga PM solishtirma sarfi 1,5-3,5 kg/m' gacha, bunda parallel quduqlar bilan maydalashga qaraganda elpig‘ichsimon quduqlar bilan maydalashda PM solishtirma sarfi 10-15%
ga yuqori;
qattiq rudalarda 1 m quduqqa maydalangan ruda chiqishi - 4-5 m3/m va o‘rtacha qattiqlikdagi rudalarda 15-20 m3/m;
yirik toshlar chiqishi ruda xususiyatiga bog‘liq va turli konlarda turlicha qiymatga (ahamiyatga) ega hamda 3-5% miqdorni tashkil etadi.
rudani yig‘malash bilan qazib olish va chuqur quduqlar bilan maydalash tizimida qazib olishni hisoblash (3-rasm).
3-rasm, Rudani yig‘malash bilan qazib olish tizimi (chuqur quduqlar bilan rudani maydalash)
Do'stlaringiz bilan baham: |