Va texnologiyalar universiteti yer osti konchilik ishlari


Ta’kidlash lozimki, maydalanadigan qatlamda quduqlar joylashuvidan tashqari quyidagilar ham muhim ahamiyatga ega


Download 3.1 Mb.
bet17/37
Sana15.11.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1774787
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
Amaliy ishlar to\'plami kuzgi 2023. (7)

Ta’kidlash lozimki, maydalanadigan qatlamda quduqlar joylashuvidan tashqari quyidagilar ham muhim ahamiyatga ega:

  • quduqlarning maydalash loyihaviy konturiga nisbatan joylashuvi;

  • quduqlarning rudali massiv qatlamlari qiyalik burchagi bo‘yicha joylashuvi.

Agar bu loyihaviy konturlar rudali massiv ichida bo‘lmasa, unda o‘rab turgan massiv saqlanishi va tekis devorlarni olish eng yuqori darajada qazish bo‘shlig‘i loyihaviy chegaralari tekisliklarida joylashgan quduqlar bilan qazish bo‘shlig‘ini chegaralash bilan ta’minlanadi, biroq bu qo‘shimcha burg‘ilash lahimlarini talab etadi (7.3m-rasm). Agar qazish bo‘shlig‘i quduqlar yon yuzalari bilan chegaralansa, unda loyihaviy konturlar bilan taqqoslash bo‘yicha uning torayishi oldini olish uchun, odatda, 0,2-0,4 k.q.l. ga teng ortiqcha burg‘ilash zarur. (7.3.b-rasm). Maydalash holatida uyumlar aloqasigacha burg‘ilash lahimlari va quduqlar joylashuvi aloqalari xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Buni ostki yon bilan aloqadan o‘tgan lahimdagi quduqlar elpig‘ichi bilan uyumlarning butun qalinligiga rudani maydalash misolida ko‘rsatamiz. Aniq kuchsizlangan aloqalarda burg‘ilash ko‘tarmasi tuprog‘i uyum tuprog‘i bilan qo‘shilgan bo‘lishi mumkin, bu rudani qo‘shimcha sifatsizlantirmasdan va yonlama jinslarni kuchsizlantirmasdan aloqagacha maydalashni ta’minlaydi (ko‘tarmaning ostki yonda chuqurlashtirish bilan taqqoslaganda). Bo‘sh jinslar emirilib ketmasligi uchun quduqlar yon yuzasi ustki (osilma) yon aloqasigacha 10-20 sm gacha yaqin etib bormasligi lozim. (7.3.v-rasm). Agar bu maydalash to‘liq bo‘lishi uchun zarur bo‘lsa, unda quduq qazish bo‘shlig‘i tomonga biroz qiyalatiladi. Aniq aloqalar bo‘lmaganda chegaralanuvchi quduqlar aloqa tekisligida joylashishi uchun burg‘ilash ko‘tarmasi ostki yonga 0,5-1 m ga chuqurlatilishi mumkin. Elpig‘ich yuqori qismidagi quduqlar ustki (osilma) yon jinslarida ortiqcha burg‘ilashga ega bo‘lishi lozim. (7.3.g-rasm).
Qatlam qiyalik burchaklari bo‘yicha quyidagilarni belgilash mumkin:

  • vertikal va tik qiyali qatlamlar bilan maydalash (7.4.a, b-rasm);

  • gorizontal va kichik qiyali qatlamlar bilan maydalash (7A.v, g-rasm).


7.3-rasm. CHegaralash sharoiti bo‘yicha quduqlar joylashuvi: a – oraliq qavat maydalashda (kamera ko‘ndalangiga vertikal kesish), maydalash chegarasida joylashgan quduqlar bilan kamerani chegaralash; b – oraliq qavat maydalashda, kamera quduq yon yuzasi bilan chegaralanadi (I – ortiqcha burg‘ilash); v – kuchsizlangan yuqori aloqalarda; g - mustahkam aloqalarda: I – ortiqcha burg‘ilash; 2 – tugallanmagan burg‘ilash (nedobur); 3 chegaralanadigan quduq.
Vertikal qatlamlarda blok bitta yoki ikkita-uchta yarusdan burg‘ilanadi, shunda gorizontal qatlamlardagi kabi yanada ko‘p sonli yaruslar zarur.
Dastlab bu ikkala sxema bir xil ommalashishga ega bo‘ldi, keyinchalik esa vertikal (yoki tik qiyali) qatlamlar bilan maydalash afzalroq deb bilindi, chunki yaruslarning kam soni dastgohlarni etkazishda ish hajmini pasaytiradi, ulardan foydalanishni yaxshilaydi, quduqlardagi burg‘ilash shlami (quyqasi)ni yo‘qotishni oshiradi va tayyorlov lahimlari hajmini kamaytiradi.
Vertikal va tik qiya qatlamlarda oraliq qavat quduqli maydalash (7.4.a+rasm) va qavatli quduqli maydalash (7.4.6-rasm) mavjuddir. Birinchi holatda kameradagi yoki faqat uning yuqori yoki pastki chegaralari sathidan o‘tgan lahimlar blokidagi barcha ruda maydalanadi; ikkinchi holatda burg‘ilash lahimlari oraliq sathlarda (oraliq qavatlarda) ham mavjud bo‘ladi.
Maydalanadigan qatlamlarning vertikal holatida etarli aniqlikda quduqlarning loyihaviy joylashuvini saqlash osonroq. Biroq ba’zida qatlamlarni 45-80° burchak ostida qiyalatish ma’quldir. Qatlamlar qiyalik burchagini tanlash rudaning darzliligiga, aniqroq aytganda, rudaning qatlamlanishiga, agar aniq ifodalansa, shuningdek, uyum yotiqlik burchagiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kuchsizlanish tekisliklari orasidagi katta masofada quduqlarni darzlilik asosiy tizimi tekisliklariga perpendikulyar joylashtirish maqbuldir, bu massivning yirik bloklari portlash bilan ajralmasligining oldini olish va darzlar bo‘ylab portlash gazlari sizishini kamaytirish imkonini beradi. Mayda qatlamli rudalarda (darzlar tekisliklari orasidagi kichik masofaga nisbatan), aksincha, quduqlarni hukmronlik qiluvchi darzlilik tekisliklariga parallel burg‘ilash maqbuldir; bu qoniqarli maydalashda har bir quduq bilan rudaning katta hajmini ajratish imkonini beradi.
30-70° yotiq burchakli o‘rtacha qattiqlikdagi tik uyumlardagi qavatli maydalashda uyumlar yotiqlik burchagi ko‘proq ahamiyatga ega. Bu erda qatlamlar qiyaligida uyumlar yotiqligi bo‘yicha asosiy sxemada blokning barcha zaxirasini maydalash mumkin (7.4.b-rasm).
PM ning odatdagi turi bilan portlatishda eng ko‘p ishlamay qolishlar suvlangan quduqlarda ro‘y beradi. SHuning uchun quduqlarni pastdan yuqoriga burg‘ilaydigan qilib joylashtirishga, pasayuvchi quduqlarni ostdan olish bo‘shlig‘igacha burg‘ilashga, ya’ni ularni ikki tomoni ochiq (skvoznoy) qilishga (7.4.b-rasm) harakat qilinadi.
Maydalashning bir nechta sxemasi mavjud.
Quduqlar bilan, odatda, rudalarni maydalash amalga oshiriladigan massiv yuzasiga parallel qator qilib (yoki elpig‘ichli) joylashtirilib, rudalar maydalanadi. ( 7.5-rasm).
Bu yuza 1,3-1,5 martada (xoli bo‘lgan bo‘shliqqa maydalash) portlatilgan ruda hajmini oshirish uchun etarli bo‘lgan ancha xoli bo‘shliq bilan (7.5.a-rasm), hamda aralash jinslar pastida cho‘kkan yumshoq kon massasi (qisqichda maydalash) (7.5.6-rasm) bilan chegaradosh bo‘lishi mumkin.

7.4-rasm. Ruda qatlami qiyalik burchagiga bog‘liq holda quduqlar joylashuvi sxemasi: a –oraliq qavat, quduqlarning vertikal qatlamli, elpig‘ichli joylashuvi; b qavatli, quduqlarning tik qiya qatlamli, parallel (burg‘ilash lahimlari joylashuvi sharoitiga ko‘ra ozgina og‘ish (chetga chiqish) bilan)joylashuvi; v gorizontal qatlamlar bilan, rejada quduqlarning parallel joylashuvi; g – gorizontal qatlamlar bilan, rejada quduqlarning elpig‘ichsimon joylashuvi; I burg‘ilash lahimlari; 2 – rudani chiqarish uchun lahimlar; 3 – rudani etkazish uchun lahimlar; 4 – kesma tirqish; 5 – ostdan ochish; 6 – ostdan ochishning yuqori chegarasi.

7.5-rasm. Quduqlar bilan maydalash sxemasi: a – ochiq bo‘shliqda; b - qisqichda (yumshoq yuqoridan o‘pirilgan jinsga).
Imkon darajasida maydalanadigan qatlamlarni vertikal joylashtirish va rudani yaxshi maydalashda qatlamlarni birga urishni ta’minlash uchun ularni qazish bo‘shlig‘i teskari tomonlaridan birdaniga portlatish lozim.
Uzoq vaqtgacha maydalash faqat xoli bo‘lgan bo‘shliqlarda mumkin deb kelindi. 1954 yilda «Apatit» kombinatida qisqich sharoitida yirik portlatishni amalga oshirish zarur bo‘lib qoldi va qoniqarli natijalar olindi.
Qisqichda rudani quduqli maydalash xususiyatlarini yanada batafsil ko‘rib chiqamiz. Qisqichda maydalash deb, qazish joyi bilan zich aloqa qiladigan maydalangan rudaga yoki o‘pirilgan aralash jinslarga aytiladi (7.6-rasm).
Portlatiladigan massiv yonida xoli bo‘shliq yoki yo‘q yoki u normal yumshashi uchun etarli emas: portlatiladigan massiv hajmining 10-20% ortiq bo‘lmaganini. Portlatilgan ruda asosan qisadigan material zichlanishi hisobiga yumshaydi (hajmi ortadi). Odatda, qisqichda maydalash seksiyali bo‘ladi: har bir qatorni kam sekinlatish bilan ko‘p qatorli. Qisqichda bir qatorli (qatorlab) maydalash kam samarali.

7.6-rasm. Qisqichda rudani quduqli maydalash: a – seksiyada quduq portlagunicha; b portlagandan so‘ng, jinslar bilan aloqa chapga 3m gacha; o‘ngda tirqish hosil bo‘lishi mumkin.

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling