Va texnologiyalar universiteti yer osti konchilik ishlari
Download 3.1 Mb.
|
Amaliy ishlar to\'plami kuzgi 2023. (7)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyot ishi №2
Aniqlaymiz:
Seliklardagi ruda yo‘qotilishi = 420000 t, Foydalanishdagi yo‘qotilish t, Jamlangan loyihaviy yo‘qotilish = 420 000 + 4 158 000 = 4 578 000 t. SHunda shaxta maydonida rudaning sanoat zaxiralari quyidagini tashkil etadi = 42 000 000 – 4 578 000 = 37 422 000 t. Balansli va sanoat zaxiralari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa qazib olish koeffitsienti deb ataladigan nisbat bilan aniqlanadi; , (5) Hisoblanayotgan misol uchun Qazib olish koeffitsienti konlarni loyihalash va ishlashda muhim ahamiyatga ega – u ruda qazib olish darajasini belgilaydi, shuning uchun maqsadga muvofiq ravishda uni oshirishga harakat qilinadi. Taxminiy hisoblashlarda rudali jismlar uchun qazib olish miqdorini quyidagicha qabul qilish mumkin:
E’tiborga olish joizki, qurilish va shaxtani qayta qurish loyihasini tuzishda foydalanishdagi talofot koeffitsienti hamda seliklarda ruda yo‘qotilishini hisobga oladigan koeffitsient miqdori ushbu tajriba bo‘yicha taxminan qabul qilinadi. Ochish sxemasi ishchi loyihalari, tayyorlov usullari va ishlash tizimlari bajarilgandan so‘ng aniq loyihalanadigan sharoitlar uchun foydalanishdagi yo‘qotilish koeffitsientining haqiqiy qiymati hisoblanadi va shaxta maydonining sanoat zaxiralari aniqlashtiriladi. 1-Amaliyot ishiga topshiriqlar. 1- jadval.
Amaliyot ishi №2Mavzu: Shaxtaning loyihaviy qalinligi (quvvati) va xizmat muddatini aniqlash.Mashg‘ulot maqsadi: SHaxta qalinligini (quvvatini) aniqlash va dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha uning xizmat muddatini hisoblash yuzasidan malakalarni egallash. 1. SHaxtaning yillik loyihaviy qalinligi (quvvati) A (qisqacha: shaxtaning yillik qalinligi (quvvati)), uning xizmati hisoblangan muddati Tr va sanoat zaxiralari miqdori Zp o‘rtasida quyidagicha bog‘liqlik mavjud: (1) 2. Xizmatning haqiqiy muddati quyidagiga teng (2) Bunda, t1 – yangi shaxtaning yillik loyihaviy qalinligini (quvvatini) o‘zlashtirish muddati. Texnologik loyihalash me’yorlariga (TLM) muvofiq belgilanadi: A 0,6 mln.t gacha 1 yildan ortiq bo‘lmagan , A 0,6 dan 1,2 mln.t gacha 2 yildan ortiq bo‘lmagan va A 1,2 dan 3 mln.t gacha 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddat. A>3 mln. t. bo‘lganda, shuningdek, chuqurligi 800 m dan ortiq shaxtalar uchun loyihaviy qalinliklar (quvvatlar) o‘zlashtirilishi loyihalashda aniqlanadi; t2 –zaxiralarni ishlatish oxirida qazib chiqarishning so‘nish muddati; u qat’iy tartiblashtirilgan, biroq oxirgi qatlamni ishlash davomiyligining 20% ortmaganini tashkil etishi lozim, ya’ni qatlamlarning qiyalama yotiqligida 2-3 yildan oshmagan va tik bo‘lganda 1-2 yildan oshmagan holda. Rudali shaxtalarning quyidagi yillik qalinlik (quvvat) qiymati namunaviy qatori qabul qilingan: 0,9; 1,2; 1,5; 1,8; 2,4; 3; 3,6 mln.t, juda qulay kon-geologik sharoitli uchastkalarda – 4,5-6 mln.t va undan yuqori. Tegishlicha asoslashda oraliq qalinlikni (quvvatni) qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. Texnik-iqtisodiy asoslashda shaxta xizmatining hisoblash muddati Tr shaxta qalinligi (quvvati) va uning maydoni o‘lchamlari qalinligining (quvvatining) hosil miqdori deb hisoblanadi. Bunda rudali shaxtalar uchun quyidagi hisoblash muddatlariga mo‘ljallash tavsiya qilinadi: A>1,8 mln.t da 50-60 yil, 1,2≤A, ≤1,8 mln.t da 40-50 yil va A yiliga 1,2 mln.t gacha 25-40 yil. Uncha katta bo‘lmagan zaxiralar yoki o‘ziga xos sharoitlardagi (masalan, doimiy muzliklar va temir yo‘ldan yiroq bo‘lgan rayonlardagi) konlarda TLM (texnologik loyihalash me’yorlari)ga muvofiq namunaviydan kam miqdorda yillik qalinligi (quvvati) va xizmat muddati bilan shaxtalarni loyihalashga yo‘l qo‘yiladi, ya’ni bu sharoitlarda quyidagicha bo‘lishi mumkin: A<900 ming.t va Tr <25 yil. Rudali shaxtalarning yillik qalinligi (quvvati) va xizmat muddatini belgilashda, odatda, ikkita holat mavjud bo‘ladi: 1) kon uchastkasi zaxiralari chegaralangan (ma’lum) va 2) kon uchastkasi zaxiralari chegaralanmagan. Birinchi holatda shaxtalarning namunaviy qalinliklari (quvvati) qatoridan shundayi (ayrim hollarda oraliqlari) tanlanadiki, ushbu qalinlik (quvvat) uchun TLM da tavsiya qilingan qayta bo‘lishlarda olingan xizmat muddatidagi hisoblanma ushbu (ma’lum bo‘lgan) zaxiralar miqdoriga teng bo‘lgan bo‘ladi. Uncha katta bo‘lmagan yoki o‘ziga xos sharoitlarda shaxtaning yillik qalinligi (quvvati) va xizmat muddati namunaviylardan kam bo‘lishi mumkin. Ikkinchi holatda hisoblash tozalash qazish joyida (lavada) va qazish joyida yuklamalarni o‘rnatishdan boshlanadi, so‘ngra esa bir vaqtda qazib olinadigan svitaning (tog‘ jinslari tizmasining) uchastkalari va qatlamlari sonini aniqlab, yillik qalinlik (quvvat) aniqlanadi. Keyinchalik, namunaviy qalinlikning (quvvat)ning yaqindagi katta qiymatigacha hisoblash natijalarida olingan yillik qazib olishni yaxlitlab va shu namunaviy qalinlik (quvvat) uchun TLM tavsiya qilgan qayta bo‘lishda olingan xizmat muddatiga oxirgisini ko‘paytirib, zaxiralarning zaruriy miqdori olinadi. Yillik qalinlik (quvvat) hisobi uchun, shubhasiz, shaxta maydonini ochish va tayyorlash sxemasi hamda qazib olish tizimi talab qilinadi. Madomiki, direktiv va boshqa materiallar bilan bir qatorda biz foydalanayotgan TLM ni tuzishda, shaxta va uchastkalar parametrlari, shu jumladan, formulaga kiruvchi parametrlar (III. 15) yaxlitining eng maqbul o‘zgarishlari chegarasini o‘rnatish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalarida ishlab chiqilgan xulosalar va tavsiyalar hisobga olinar ekan, unda ishonchimiz komilki, biz tanlagan va hisoblagan parametrlar va boshqa miqdorlar, ko‘pgina hollarda, ularning eng maqbul qiymatlarini qaytadan bajarishda (v peredelax) (odatda juda keng ravishda) mavjud bo‘ladi. Rudali shaxtalar uchun qazishda: uncha katta bo‘lmagan chuqurliklarda (100 m gacha) va qazishning engil usullarida xizmatning hisoblangan muddati A =35-100 ming. t da 3-7 yil, A=500-100 tыs. t da 8-18 yil va yiliga A>1000tыs.t da 20-25 yil; katta chuqurlikda va qiyin sharoitlarda qazishning hisoblash muddatlari A=35-100 ming. t da 4-15 yil, A=500-1000 ming. t.da 10-25 yil va yiliga A>1000 ming. t da va undan yuqori bo‘lganda 25-30 yil. t1 va t2 miqdorlar rudali shaxtalar uchun taxminan konlar uchun miqdorlar qayta bajarishlarda (v peredelax) taxminan qabul qilinadi. 3. SHaxtaning sutkalik qazib olishi (3) bunda, N – yilda shaxtaning ishchi kunlari, barcha holatlarda N=260 qabul qilish tavsiya etiladi. Misol: Quyidagi berilganlarda Tr , Tf ni va boshqa parametrlarni aniqlash A=1,5 mln.t P=9 % Zbal = 68 mln.t Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling