Va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
Download 0.51 Mb.
|
Yo'ldosheva G malaka ishi
K I R I SH
Foydali qazilmalar xaqidagi ta’limot ma’dan hosil bo‘lishi naza-riyasi, ularning yer po‘stida joylashishi qonuniyatlari, ma’dan tanalarining ko‘rinishi va yotishi, tarkibi, struktura va teksturasi hamda foydali qazilmalarning kelib chiqishi va sanoatda ishlatilishi bo‘yicha turlarga bo‘linishi bilan tanishtiradi. Geologiyaning ushbu sohasi boshqa geologik fanlar bilan uzviy bog‘langan va ularning ko‘plariga tayanib rivojlanadi. Masalan, umumiy geologiya, tarixiy geologiya, regional geologiya, mineralogiya va petrografiya, gidrogeologiya va injenerlik (muhandislik) geologiyasi materiallariga tayansa, geofizika, geokimyo, tog‘-texnik va iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqada ish yuritadi. Tabiatda qattiq holdagi foydali qazilmalar ko‘proq uchraydi. Suyuq xiliga neft va suv, gazsimon turiga tabiiy yonuvchi gazlar kiradi. MA’DAN – metall yoki metall birikmalarini ajratib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan mineral hosi-ladir. FOYDALI QAZILMA KONI – ma’lum bir iqtisodiy sharoitda qazib olish foydali bo‘lgan bir yoki bir necha ma’dan to‘plami. Foydali qazilma konlariga sanoat o‘z texnik imkoniyati va qazib olish iqtisodiy afzalligini hisobga olib ma’lum talablar qo‘yadi. Bu talablar «konditsiyalar» deb ataladi. Iqtisodiy sharoit va texnik holati o‘zgarishi bilan konditsiyalar ham o‘zgaradi. Barcha foydali qazilmalar to‘rt katta guruhga bo‘linadi: metall, nometall, yonuvchi va gidromineral foydali qazilmalar. Foydali qazilma deb iqtisodiyotda foydalanish uchun son va sifat jihatdan yaroqli bo‘lgan tabiiy mineral moddaga aytiladi. Foydali qazilmalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy holda yoki biroz ishlov berib so‘ng ishlatish mumkin. Qazib olingan foydali qazilmalar mineral xomashyo deb ataladi. Foydali qazilmalarning muhim xususiyatlaridan biri – ularning tabiatda nihoyat darajada asta-sekinlik bilan hosil bo‘lishidir. Ular ming, yuz ming yillar davomida bunyodga keladi. Shuning uchun ham hozirda ularning zaxiralari dunyo bo‘yicha asta-sekin kamayib bormoqda. Hozirgi paytda dunyoda 150 dan ortiq mineral xomashyo qazib olinmoqda. Sanoat yoki qishloq xo‘jaligida biron-bir mahsulotni olish uchun katta miqdorda mineral xomashyoni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Misol uchun: 1 t cho‘yan olish uchun 2 t temir ma’dani va 0,6 t koks kerak, 1 t mis uchun 100 t mis ma’dani, 1 t nikel uchun 200 t nikel ma’dani, 1 t tantal uchun 8000 t ma’dan kerak bo‘ladi. Oxirgi 25 yilda mineral xomashyo ishlatish ancha o‘sdi. Neft va gaz 5 barobar, temir esa 3 barobar oshdi. O‘zbekistonda yuzga yaqin foydali qazilmalarning ikki ming yetti yuzga yaqin koni mavjud. Mamlakatimizning mineral xomashyo salohiyati 3,3 trilion AQSH dollari miqdorida baholanadi. Har yili 5,5 mldr. AQSH dollari hisobida foydali qazilmalar qazib olinmoqda. Topilgan gaz zaxiralari respublikamiz ehtiyojini 35 yilga, neft esa 30 yilgacha qoplaydi. Oltin zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston jahonda 4-o‘rinda, mis bo‘yicha 10–11-o‘rinda turadi. Oltin ishlab chiqarish umumiy hajmi bo‘yicha dunyoda sakkizinchi o‘rinda va aholi jon boshiga ishlab chiqarishda beshinchi o‘rinda turadi. Mamlakatimizda topilgan 30 ta oltin konining jami zaxirasi 4000 tonnadan oshadi. Katta zaxiralarga ega bo‘lgan 30 ta uran koni bor. Har yili 80 ming tonna mis qazib olinmoqda.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling