Va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
Yer osti boyliklaridan foydalanishda tejamkorlik va atrof muhit muhofazasi masalalari
Download 0.51 Mb.
|
Yo'ldosheva G malaka ishi
Yer osti boyliklaridan foydalanishda tejamkorlik va atrof muhit muhofazasi masalalari
Ko`pgina hollarda qazilma boyliklardan foydalanishda isrofgarchilik salmog`i katta bo`ladi. Rudalarning foydalilik koeffitsiyenti odatda 20 dan oshmaydi, ya'ni ruda eritilib, undan ko`zda tutilgan 1-2 xil metall ajratib olinadi-yu qolgan 75-80% chiqindi sifatida atrof muhitga tashlab yuboriladi. Chiqindi miqdori ba'zi rudalarda 98-99% ni tashkil qiladi. Buning asosiy sababi rudani ko`p tomonlama ishlash serchikam va murakkab jarayon ekanligidadir. Holbuki 100 tonna granitdan 8 tonna alyuminiy, 5 tonna rux, 500 kg.titan, 80 kg. marganets, 30 kg. xrom, 17 kg, nikel va 14 kg. vanadiy ajratib olish mumkin. Isrofgarchilik ayniqsa ko`mir, neft, kaliy tuzi, qurilish materiallari, qora va rangli metallar, tog–kimyo xomashyolarining qazib olishda yuqori bo`lib qolmoqda. Neft olishda uning konlarida neftning qariyib yarmi tuproq bo`shliqlarida qolib ketmoqda. Qazilma boyliklardan foydalanish salmog`i va shunga ko`ra ularning isrofgarchiligi ayniqsa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda katta. Bu mamlakatlarda ayniqsa ko`mir, gaz va neft konlari tez sur'atlar bilan o`zlashtirildi. O`tgan asrning dastlabki 70 yil mobaynida dunyo yuzasida neft qazib olish 10 mln tonnadan 1,8 mlrd tonnaga yetdi ya'ni 180 martaga ko`paydi. Qazilma boyliklardan jadal sur'atlar bilan foydalanish ba'zi rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ularning zahiralari kamayib qolishga va hatto tugashiga ham olib keldi. Buning oqibatida hozirgi vaqtda Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya, va shu singari sanoati rivojlangan boshqa mamlakatlar qazilma boyliklarni chetdan sotib olmoqdalar yoki ularning ikkilamchi chiqindilarini qayta ishlamoqdalar. AQSH 70-yillar boshidayoq har yili iste'mol qilinadigan marganets, nikel va xromning 90-95% ni, boksitning 85% ni, kaliyning 70% ni, neft va temir rudasining 30% ni chetdan olishga majbur bo`ldi. G`arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiya hozirgi kunda chet el xomashyosiga yanada ko`proq karam bo`lib qolgan. Bunday mamlakatlarda tabiiy muhitga chiqarib tashlangan chiqindilar miqdori ham juda ko`p. Hisoblarga ko`ra 1 tonna tayyor xomashyo olish uchun, masalan, temir olish uchun 5-6 tonna ruda, qo`rg`oshin uchun 60-90 tonna, rux uchun 80-100 tonna, mis olish uchun 100-140 tonna ruda ishlatiladi. 80- yillarda dunyo bo`yicha qazilma boyliklardan 2 mlrd. tonna mahsulot ishlab chiqildi, buning uchun yer ostidan 100 mlrd. tonna ruda, yoqilg`i va boshqa boyliklar olindi. Tabiyki, qayta ishlangan bu qazilma boyliklarning 98-99% chiqindiga aylanib tabiy muhitga tashlab yuborildi. Chiqindilar miqdori ayniqsa ko`mir sanoatida ko`pdir. Ko`mir qazib olishda yiliga 1,5 mlrd. tonna chiqindi chiqadi. Bundan tashqari dunyodagi domna va marten pechlarida har yili 1mlrd. tonnaga yaqin ko`mirning kuli va ruda shlaklari to`planadi. Sobik Sovet Ittifoqi hududida keyingi paytlarda chiqindilarning yillik miqdori 5 mlrd.tonnaga yetdi, ularni saqlash uchun 4mln. gektardan ko`proq yer band bo`ldi. Faqatgina issiqlik elektr stantsiyalaridan 1mlrd.tonna kul va shlak chiqarilib, ularni saqlashga 18 ming gektar yer band bo`ldi. Kimyoviy o`gitlardan butun dunyo dehqonchiligida keng foydalanilmoqda.Ularni ishlab chiqarish jarayonida har yili 12 mln.tonna fosfagips chiqindi sifatida hosil bo`ladi. Bu-bir tomondan uni saqlash uchun qo`shimcha yer talab qilsa, ikkinchi tomondan u yerga singib, yer osti suvlarini ifloslash xavfini tug`diradi. Umuman olganda qazilma boyliklardan foydalanishda foydalaniladigan resursning turiga va uni olish usuliga ko`ra albatta tabiatga u yoki bu darajada ziyon yetkaziladi. Dunyoning ko`pgina mamlakatlarida sanoatning rivojlanish bilan tabiy muhitga industrial ta'sir oshib bormoqda. Neft va gaz konlaridagi suvning chuqur parma quduqlar orqali chiqarib tashlanishi yer osti suvlari zahirasini kamaytiribgina qolmay, quduqlar yaqinidagi katta-katta maydonlar tuprog`ini botqoqlashtirib ishdan chiqaradi. Ba'zida esa bunday quduqlardan shifobaxsh suvlar ham chiqib ketib nobud bo`ladi. Yer bag`ridan foydali qazilmalarni olish jarayonida kon atrofida begona jinslar to`plana boradi.Ularning uyumlari katta-katta maydonlarni egallabgina qolmay, balki shamolda changib atmosferani ifloslaydi, yomg`ir suvlari bilan uzoq joylarga oqib borib tuproqni va undagi o`simlik hamda hayvonlarni zaharlaydi. Foydali qazilmalarni ayniqsa ochiq usulda qazib olish tabiatga ko`proq ziyon yetkazadi. Bunday usul tabiy komponentlarning juda ko`pchiligiga ta'sir qiladi. Masalan, ochiq konlardan foydalanish katta maydonlarda landshaftning metalogiyasini hamda yerning relyefini o`zgartiradi; ularni qazib olish uchun kon atrofida ko`pgina chuqur drenaj quduqlari qazib yer osti suvining sathi keskin pasaytiriladi, buning oqibatida katta maydonlarda yer osti suvlari kamayib qolib tuproq qaqraydi va o`simliklar qurib qolish hollari kuzatiladi; karyerlar portlatilganda ko`tarilgan chang havoni ifloslaydi va tarqalib yerga tushib tuproqni zaharlaydi; shaxta va konlardan suvni chiqarib tashlash natijasida tevarak atrofdagi yer osti yer usti suvlarining kimyoviy tarkibi buziladi. Chiqarib tashlangan kon-shaxta suvlari yer usti suv havzalarini ifloslashi bilan u yerdagi barcha tirik organizmlarga zarar yetkazadi. Faqatgina Surxandaryodagi shargun ko`mir shaxtasi daryoga yilida 1,9 mln. kub metr iflos suv tashlaydi. Yuqorida aytib o`tilgan kon-shaxta ishlarining zarariga ko`pgina misollarni keltirish mumkin. Masalan, kon-shaxtalar atrofi drenaj qilinib, yer osti suvlari sathi pasatirilganda Kursk magniy anomaliyasida 100 km. dan ortiq radiusda parma quduqlari suvi juda kamayib qolgan, polshada esa buning natijasida 1215 kv.km maydondagi quduqlar umuman suv bermay quygan. 60-yillarda shaxta suvlari bilan Don daryosiga yiliga 200t. gacha tuzlar va 5000 t. sulfat kislotasi tushgani aniqlangan. Karyerlarning portlatishidan havoga ko`tarilgan chang shamol bilan tarqalib katta maydonlarga tushishi oqibatida yer yuzining tuproq qatlamini yemiradi. Natijada hosildor yerlar o`rnida o`simliksiz «yalong`och» landshaftlar, ya'ni «industrial sahrolar» vujudga keladi. Hozirgi vaqtda bunday yerlar AKSH da 1,5 mln. gektarni, Angliyada esa 60-70 ming gektarni tashkil qiladi. Shunday qilib, insoniyat yer osti boyliklarini o`zlashtirishi jarayonida uning katta qismini isrof qilmoqda va bu bilan tabiiy muhitni tobora ko`p ifloslamoqda. Lekin, bu resurslarning yo`qotilishi va tabiatning ifloslanishi oldida inson qo`l qovushtirib turgan emas. Hozirgi kunda resusrlardan maksimal foydalanish, ularning chiqindilarini boyitib ikkinchi marta qayta ishlashga jalb qilish va shu hisobda chiqindilar miqdorini kamaytirish, ikkilamchi xomashyolarni ya'ni ishlatilib eskirgan mahsulotlarni qayta ishlash, ba'zi turdagi boyliklarni sun'iy yo`l bilan ishlab chikarish, tog-kon sanoati faoliyatidan buzilgan yerlarning tuprog`ini qayta tiklash kabi ko`pincha ishlar amalga oshirilayapti. Masalan, neft va gaz qazib olishda kon resursidan ko`proq foydalanish maqsadida yer osti qatlamlariga kuchli bosimda suv yuboriladi va shu asosda tuproq g`ovaklaridagi neft va gaz siqib chiqariladi. Metallurgiya sanoati chiqindilari hisoblangan kul va shlakdan dehqonchilikda, hamda qurilish ishlarida foydalanish bir yo`lga quyilgan. Donbass ko`mir shaxtalari atrofini tekislab ko`klamzorlashtirish, Ural metallurgiya sanoatidan chiqqan jinslarni tekislab ustiga ekin ekish, Estoniyaning slanets koni chiqindilari ustida o`rmon barpo qilish, Ukraina marganets kombinati atrofidagi chiqindilar ustida o`rmon barpo qilish, Gruziya marganets koni chiqindilari ustida tokzorlar barpo qilish kabi ilg`or tajribalar sobiq Sovet Ittifoqining bu masaladagi xayrli ishlari jumlasiga kiradi. Ikkilamchi xomashyolardan foydalanish faqatgina ularning yer ostidagi zahiralarini iqtisod qilib qolmay, balki u atrof muhitning tabiatiga yetkaziladigan ziyonni ham kamaytiradi.Shu bilan birga bunday usul iqtisodiy jihatdan ancha arzonga tushadi. Masalan, 1 tonna metallomni eritib, undan metall prokati olishda rudadan eritib olishga qaraganda atmosferaga chiqariladigan chiqindilar 86% ga, suvga tashlanadigan chiqindilar 70% ga, metallning qoldiq chiqindilari esa 97% ga kamayadi. 1 tonna eski pokro`shkalarni qayta ishlashdan 400 kg. sintetik kauchuk tejaladi, 1 tonna eski polietilen plenkasini qayta ishlash 1,1 tonna etilen va 3 tonna benzinni tejaydi, 1 tonna qog`ozni makulaturadan ishlab chiqish 4,5 m. kub yog`ochni, 100 kg. oltingugurtni va 350 kilovatt elektroenergiyani tejaydi, bunda atmosferaning ifloslanishi 85%ga, suvning ifloslanishi esa 40% ga kamayadi. Ishlab chiqarishning bunday turi «regeneratsion ishlab chiqarish» nomi bilan butun jahonga ma'lum bo`lib, bu ishga dunyo bo`yicha 60-yillarda kirishildi. 1975 yilga kelib dunyoda ishlab chiqilgan jami nikel va kumushning yarmi, po`lat va misning 35% alyuminiyning 20% ana shu yo`l bilan ikkilamchi xomashyolardan olindi. Hozirgi kunda Yaponiyada ishlab chiqiladigan gazeta qog`ozining yarmi, Germaniyada ishlab chiqiladigan po`latning 75%, misning 375 va qo`rg`oshinning 45% regeneratsiya yo`li bilan olinmoqda. Sanoat ishlab chiqarilishda foydalanadigan yerlarning unumdor qatlamini ular foydalanishdan oldin to`plab saqlab qo`yish va keyin uni yoyib yerning unumdorligini qayta tiklash ya'ni rekultivatsiya qilish ishi ham dunyo miqyosida, shu jumladan bizning mamlakatimizda ham qonun bilan belgilab quyilgan. Rekultivatsiya odatda ikki bosqichda o`tkaziladi. Birinchi bosqich tog`-texnika rekultivatsiyasi deyilib, bunda kondan chiqarib tashlangan jinslarning buyumlari tekislanadi va yig`ib quyilgan unumdor tuproq uning ustiga yoyiladi. Ikkinchi bosqich biologik rekultivatsiya deyilib, bunda tayyorlangan maydoncha ekin ekiladi. Yer osti boyliklarning zahirasidan tejamkorlik bilan foydalanish yo`llaridan yana biri ba'zi mahsulotlarni qazib olmay ularni kimyoviy va biologik yo`l bilan hosil qilish yoki ularni sintetik xomashyo bilan almashtirishdir. Masalan, 1 tonna quruq go`ngdek 400-600 m. kub biologik gaz ajratib olish mumkin. Qariyb shuncha miqdordagi (300-500 m. kub) biogazni 1 tonna quruq barg va o`simlikning boshqa qoldiqlarini ham chiritib olish mumkin. Ammo bu ishning hozircha amalga oshirilmayotganligiga sabab, bu yo`l bilan olinadigan biogen gaz miqdori juda ham bo`lib, insoniyatning eng oz miqdordagi ehtiyojini ham qoplay olmaydi. Keyingi yarim asr mobaynida mutaxassislar tomonidan yoqilg`ining boshqa bir yangi turi kashf etiladiki, bu yoqilg`i biogen gazga qaraganda ancha istiqbolli ko`rinadi. Aytmoqchi bo`lgan yoqilg`imiz vodorod gazidir. YOqilg`i sifatida vodoroddan foydalanishning qator afzalliklari bor. Birinchidan, uning tabiiy zahirasi bitmas-tuganmas bo`lib, vodorod yonganda oksidlanib kislorod bilan birikadi va suv bug`iga aylanadi. Suv bug`i qayta parchalanib, yana erkin vodorod ajraladi. Ikkinchi qulaylik tomoni-vodorod ekologik toza universal yoqilg`i hisoblanadi. Vodoroddan yoqilg`i sifatida elektr stantsiyalarida, avtomobillarda, temir yo`l suv va havo transport vositalarida foydalanish ko`mir va gaz singari yoqilg`i turlari zahirasini tejabgina qolmasdan, atrof muhitning tozaligini ham ta'minlaydi. Bu yilda ko`pgina urinishlar bo`ldi, ba'zi chet el firmalarida vodorod bilan ishlaydigan donaboy avtomobillar ham ishlab chiqdi. Lekin kimyoviy parchalash yo`li bilan erkin vodorodning olinishi boshqa turdagi yoqilg`ilarning o`zlashtirishidan ko`ra anchagina serxarajat bo`lganligi uchun bu ishni sanoat asosida yo`lga qo`yish muammosi o`z yechimini kutmoqda. O`zbekistonning qazilma boyliklari va ulardan foydalanish O`zbekiston respublikasining zamini juda katta miqdordagi turli-tuman qazilma boyliklarga ega. Bu zaminda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Respublika hududida hozirgacha 2700 dan ziyod foydali qazilma konlari va ular namoyon bo`lgan joylar aniqlangan. Aniqlangan bu konlarda 100 ga yaqin xom ashyo turlari mavjud bo`lib, ularning umumiy miqdori 3,3 trillion AQSH dollarga baholanadi. Fakatgina neft va gaz zahiralarining qiymati 1 trillion dollarga teng. Aniqlangan konlardan 900 tasi topilgan va o`rganilgan bo`lib, ulardagi zahiralar qiymati 970 mlrd. dollarga teng. Hozirgi kunda respublikada foydalanayotgan konlar soni 400 ga yaqin. Har yili bu konlardan 5,5 mlrd. dollarlik qazilma boyliklar olinmoqda va qo`shimcha 6-7 mlrd. dollarlik yangi zahiralar topilmoqda. O`zbekiston yoqilg`i-energetika zahiralariga boy o`lka. Unda qidirib topilgan tabiiy gaz zahiralari 2 trillion m. kub atrofida.Bu gaz zahiralari respublikani 35 yil gaz bilan ta'minlashga yetadi. Faqatgina Ko`kdumaloq konlaridagi gazning zahirasi 144 mlrd m. kubga yaqin, ulardagi neft 54,2 mln tonnagaz kondensati esa 67,4 mln.tonnaga teng. Hozirgi paytda foydalanayotgan neft konlarining soni 160 dan ortiq bo`lib, ularning zahiralari 30 yilga yetadi. Birgina 1985-1994 yillar ichida 38 ta yangi neft va gaz koni ishga tushirildi. Bulardan tashqari neft, gaz va gaz kondesati bo`yicha yana 155 ta istiqbolli konlar ham aniqlangan. Tekshirishlar ko`rsatishicha respublika zaminining qariyb 60% da yer osti neft va gaz qatlamlari bor. Bu qatlamlar asosan 5 ta mintaqada joylashgan. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G`arbiy Xisor, Surxandaryo va Farg`ona mintaqalaridir. Respublikada olinayotgan jami neftning 90% dan ortigi arzon ya'ni favvoralar usulida olinmoqda. Hozircha respublika hududida aniqlangan neft zahiralarining fakat 32% o`zlashtirildi, xolos. Bu ko`rsatgich turkmanistonda 61%, Tojikistonda 60% va Qirg`izistonda 41% ni tashkil qiladi. Tabiiy gaz zahiralarini o`zlashtirishda ham ahvol shunga o`xshash. Ko`mirning umumiy zahirasi 2 mlrd tonna bo`lib, ko`mir zahirasi salmogi bo`yicha respublikamiz markaziy osiyoda ikkinchi o`rinda turadi. Ko`mir Angren, Shargun va Boysun konlaridan qazib olinadi. bu konlardan ko`mir bilan birgalikda qimmatbaho minerallar-kaolin, ohaktosh va kvartsli qum ham olinadi. Kaolindan glinozem, ya'ni alyuminiy oksidi va alyuminiy, o`tga chidamli materiallar, keramik qoplamalar, metlax plitkalari, chinni, fayans, oq va boshqa rangli tsement, o`tga chidamli g`isht kabi materiallar olinadi. O`zbekiston zaminida qimmatbaho metallarning katta zahiralari mavjud. Uning hududida 32 turdagi qimmatbaho rangli metallar topilgan bo`lib. Hozirgi paytda ular 33 ta kondan qazib olinmoqda. Oltin zahiralari bo`yicha O`zbekiston dunyoda to`rtinchi o`rinda, uning qazib olinishi bo`yicha esa yettinchi o`rinda turadi. Oltinning asosiy zahirasi Markaziy qizilqumda joylashgan.Hozirgi kunda oltin 7 ta kondan olinmoqda.Muruntov koni dunyodagi konining topilishi Xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot deb e'tirof qilindi. Bu yerda affinaj ya'ni eng sof metall olish jarayoning zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan va kon oltinining sifati yuqori bo`lgani uchun ham oliy tovar ko`rinishiga ega bo`lgan, soflik darajasi «to`rtta to`qqiz»ga teng asl oltin olinmoqda. Hozirgi paytda Muruntov konidan olib ishlatilgan va ko`p yillardan beri otvalga chiqarib tashlangan ruda tuprog`i Amerikaning «Nyumont Mayning Korporeyshn» kompaniyasi ishtirokida qayta ishlanib, tarkibidagi qolgan oltin ham ajratib olinmoqda. Oltin shuningdek Qizilqum hududidagi Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristontov va Turboy konlarida ham bor. Bu konlarni o`rganish davom etmoqda. Keyingi vaqtlarda oltin Toshkent va Samarkand viloyatlari hududida ham topildi. Kumush konlari Navoiy viloyatining Visokovoltnoye, Ukjetpes va Kosmonachi hududlarida hamda Namangan viloyatining oqtepa hududida mavjud. O`zbekistonda qimmatbaho metallar qatori uran konlari ham mavjud. Topilgan uran zahiralari bo`yicha respublika dunyoda 7-8 o`rinlarda turadi. Uranning topilgan zahirasi uni 50-60 yil qazib olishga yetadi. Uran bilan yo`l-yo`lakay reniy, skandiy, lantanoidlar va boshqa nodir metallar ham qazib olinadi. Rangli metallardan O`zbekistonda mis, qo`rg`oshin, rux, volfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning zahiralari aniklangan. Bu zahiralarning asosiy qismi olmaliq ruda maydoniga jamlangan. Qidirib topilgan mis zahirasi bo`yicha respublika dunyoda 10-11 o`rinlarda turadi. Hozirgi sur'atda qazib olganda mis 40-50 yilga, rux va qo`rg`oshin 100 yilga yetadi. Mis rudasi bilan yo`l-yo`lakay oltin, kumush.Molibden, kadmiy. Indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy kabi 15 dan ortiq turdagi qimmatbaho va noyob rangli metallar qazib olinmoqda. Istiqbolli dalneye mis konida mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari mavjud. Mis konlari orasida hozir ishlatilayotgan Kalmaxir koni alohida e'tiborga sazovor. Bu kon mis-molibden rudalarini qazib olish bo`yicha dunyodagi barcha konlardan ustun turadi. Uning rudasini O`zbekistondagi eng yirik korxonalardan hisoblangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qayta ishlamoqda. Bundan tashqari hozirgi kunda istiqbolli Dalneye mis koni ham topilgan bo`lib, unda mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari mavjud. Qo`rg`oshin-rux asosan Jizzax viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryodagi Xondiza konlarida jamlangan. Xondiza konida shuningdek ko`pgina yo`ldosh xom ashyolar – mis, kumush, kadmiy, selen, oltin va indiy ham bor. Selen va tellurdan asosan yarim o`tkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, po`lat va shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda, reniydan aviatsiya va kosmik texnika uchun o`tga chidamli qotishmalar, elektron uskunalar va neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. O`zbekiston hududida 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro konlari topilgan. Oqdan qora ranggacha xilma-xil bezakbop toshlar olinadigan bu konlar Yevroosiyodagi eng yirik konlar hisoblanadi.Qoplama toshlarning umumiy zahiralari 85 mln.m. kubdan oshib ketadigan bu konlar toshni qayta ishlaydigan korxonalarni yuzlab yillar davomida xom ashyo bilan ta'minlaydi. Bu jihatdan O`zbekiston MDH mamlakatlari orasida yetakchi o`rinni egallaydi. Ayni vaqtda G`ozg`on, Nurota va Zarband konlarida marmar bloklarini zamonaviy texnologiya asosida qazib olish yo`lga qo`yilgan. O`zbekistonda topilgan Jeroy-Sardara konidagi fosforitlar zahirasi taxminan 100 mln. tonnaga teng. Bularni qayta ishlash uchun hozir Qizilqum fosforit kombinati ko`rilmoqda. Bundan tashqari Markaziy Qizilqumning Qoraxat va Shimoliy Jetitov fosforit konlarida juda katta miqdorda xom ashyo mavjudligi aniqlandi. Bu zahiralarining xo`jalik oborotiga jalb qilinishi respublikada juda ko`p miqdorda fosfat o`gitlari ishlab chiqarish imkonini beradi. Keyingi paytlarda Toshkent viloyatining Qayrag`ochsoy hududida topilgan barit koni ham diqqatga sazovor.Bu konning o`zlashtirilishi chuqur quduqlarni parmalashda foydalaniladigan va hozirgacha chetdan sotib olinayotgan baritni o`zimizdan olib ishlatish imkoniyatini beradi. Aytilganlardan tashqari O`zbekistonda juda katta tuz konlari mavjud. Qashqadaryodagi tubakat va Surxondaryodagi Xo`jaikon kaliy tuzlari konida respublikamiz hayoti uchun hali 100 yildan ko`pga yetadigan xom ashyo mavjud. Aniqlagan 5 ta tosh tuzi Koni-Xo`jaikon, Tubakat, Borsakelmas, Boybichakon va Oqkal'a konlarida taxminan 90 mlrd. tonna xom ashyo bor. Qo`ng`irotda kimyoviy usulda kaltsiy va kaustik soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishidan Borsakelmas konining tuzlarini qayta ishlash ko`zda tutilmoqda. Bulardan tashqari respublika hududida 32 ta ma'danli shifobaxsh suv konlari aniqlangan bo`lib, shulardan 12 tasi bazasida shifoxona va kurortlar qurilgan, 9 tasidan olinayotgan suv zavodda qadoqlanmoqda. O`zbekiston yer osti qazilma boyliklariga boy mamlakat bo`lgani holda bu boyliklardan unumli foydalanish va atrof muhitning sofligini saqlash hozircha talab darajasida emas. Shu kunda respublikada 16 ta tog`-kon korxonalari ishlab turibdi. Ulardan xar yili chiqayotgan 60 mln.tonnagacha chiqindilarni saqlashga 10 ming gektar yer ketmoqda. Buning ustiga otvalga tashlangan kon chiqindilari biosferani ifloslamoqda. Aniqlanishicha shamolning tezligi sekundiga 5 metr bo`lganida 1 kv. metr maydondan sutkasiga 70 kg. chang zarralari havoga ko`tariladi. Respublikadagi minerallarniing barcha konlari ochiq-karyer usulida ishlatilmoqda. Ularni har bir portlatishda havoga 250 tonnagacha chang hamda 10 ming m. kubgacha zararli gazlar chiqadi va shamol yo`nalishi bo`ylab 10-15 km. masofagacha tarqaladi. Chang tarqalishi ayniqsa marmar va granit konlaridagi toshlarni kesishda juda ko`p bo`ladi. Masalaning yana bir kamchilik tomoni tog`-kon ishlarida yo`l qo`yilayotgan nobudgarchilikda. Shargun ko`mir konidan olinayotgan xom ashyoning 25% tog` jinslariga aralashib atrof muhitga chiqib ketadi. Angren ko`mir konidan chiqadigan kaolinning 10-15% ishlab chiqarishga yo`naltirilib, qolgan qismi tog` jinslariga aralashib chiqarib tashlanmoqda. Bunday holdan ham iqtisodiyot ham tabiiy muhit zarar ko`rmoqda. Tog`-kon ishlarida dunyoning ilgor texnologiyalarini qo`llash, katta hajmdagi investitsiyalarni kiritib, qo`shma korxonalar barpo etish, rudalarni ishlab chiqarishga to`liq jalb etib, ulardagi yo`ldosh minerallarni ham ajratib olish va shu asnoda ham iqtisodni yuksaltirish va ham chiqindilarni kamaytirish rejalari tuzilmoqda. Bu ishlar juda katta kuch, mablag` va vaqtni talab qiladi. Hozirgi vaqtda bu yo`lga ilk qadamlar qo`yilib, oltin olish bo`yicha Britaniyaning «Oksis Mayning» kompaniyasi, qo`rg`oshin, rux va oltin olish bo`yicha «Omontaytov-Fred» kompaniyalari ish boshladi. Tuzilayotgan rejalar va bajarilayotgan ishlar, shubhasiz, O`zbekistonni kelajakda rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko`tarish o`zbek xalqining faravon turmushini ta'minlashga poydevor bo`ladi. Yer osti qazilmalarini muhofaza qilish deganda insonning kuchli ta'siri ostida bo’lgan yer qatlamini muhofaza qilish , o'zgartirish va foydali qazilmalardan oqilona foydalanish masalalari tushuniladi. Insoniyat xo'jalik faoliyati natijasida yerning ustki qatlamiga kuchli ta'sir ko’rsatadi.Yer po'sti ustki qatlamida joylash-gan mineral resurslar insoniyat hayotida juda muhim rol o'ynaydi. Mineral resurslar deganda xalq xo'jaligida keng ishlatiladigan turli qazilma boyliklar tushuniladi.qazilma boyliklar xalq xo'jaligida ishlatilishiga qarab yonuvchi foydali qazilmalar-ko'mir, neft, gaz; metall foydali qazilmalar- turli rudalar; Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. Metall bo'lmagan foydali qazilmalar tog' kimyo xom ashyolari, olovga chidamli materiallar, qurilish materiallari va boshqalarga bo'linadi. Insonlar qadimdan yer ostidan kerakli foydali qazilmalarni olib ishlatib kelgan. Jamiyat tarixi asosiy ishlatilgan qazilmalar nomiga mos ravishda «tosh davri», « bronza davri», "temir davri"-deb nomlangan. Vaqt o'tishi bilan foydali qazilmalarni qidirib topish vaishlatish suratlari ham oshib bordi. Hozirgi kunda insoniyat ehtiyojlari uchun yiliga 120 mlrd.tonnadan ortiq foydali qazilmalar, turli jismlar ishga solinmoqda. Foydali qazilmalar xalq xo'jaligining turli tarmoqlari uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi, Fan va texnikaning rivojlanishi, insoniyat ehtiyojlarining o'sishi natijasida foydali qazilmalarni qidirish, ishlatish hajmi ortib bormoqda. Hozirgi davrda insoniyat foydalanadigan minerallar va tog' jinslarining soni 3500 dan ortiqdir. Ulardan 250 turi mineral xom ashyolar: yoqilg'i va energetik xom ashyo- neft, gaz, ko'mir, uran va boshqalar; qora va rangli metallar; kimyoviy xom ashyolar, qurilish materiallari va hokazolardir. qazilma boyliklar tugaydigan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarga kiradi. qazib olish jarayonida texnologiyaning talabga to'la javob bermasligi natijasida ko'mirning 45 foizi neftning 60 foizigacha, metallarning 25 foizigacha qolib ketadi. Metall rudalari boyitilganda metallning bir qismi va rudamas minerallar tashlab yuboriladi. Bunday nobudgarchiliklar konlarning tezda yaroqsiz ahvolga kelishiga sabab bo’ladi. Mineral xom ashyolarni ochiq va yopiq (shaxta) usullarida qazib chiqarish mumkin. Ochiq usulda olinganda qazilmadan ancha to’liq foydalanish mumkin, lekin atrof muhitga salbiy ta'sir juda oshib ketadi.Yer osti qazilmalaridan isrofgarchilik bilan foydalanish mineral resurslar tanqisligiga sabab bo'ladi. Insoniyat mineral xom ashyolar yidirib yer ostiga tobora chuqur kirib bormoqda. Masalan, Namangan viloyatida ochilgan Mingbuloq neft koni 5 ming metr chuqurlikda joylashgan. Namangan - Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholi soni boʻyicha Fargʻona vodiysida oldingi oʻrinda.Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri.
Hozirgacha aniqlangan qazilma boylik zahiralari isrofgarchilik bilan foydalanilganda lez tugab qolishi mumkin. Ba'zi hisoblarga qaraganda neft va gaz zahiralari XXI asrning o'rtalarigacha yetishi mumkin xolos. Bunday sharoitlarda yoqilgi qazilmalaridan oqilona foydalanish va yangi energetik manbalarni ishga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Tog'-kon sanoatida mineral qazilma boyliklar olinayotganda atrof muhitga salbiy ta'sir ko’rsatiladi. O'n minglab gektar unumdor yerlar industrial dashtlarga aylanadi. Suv, havo, tuproq ifloslanadi, o’simlik va hayvonlar zarar ko’radi. Tashlandiq yerlarni tiklash rekultivatsiya deb yuritiladi. Rekultivatsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1-kon texnik rekultivatsiya, 2-biologik rekultivatsiya. Birinchi bosqichda yer yuzasi tekislanadi, holati yaxshilanadi va biologik rekultivatsiyadan so'ng tuproq qatlami va o'simligi tiklanadi. Yer ostidan turli zararli chiqindilarni joylashtirishda boshqa turli maksadlarda ham foydalaniladi. Tog'-kon sanoati chiqindixonalarida minglab tonna zararli birikmalar saqlanadi va atrof muhitga doimiy xavf solib turadi. Geologik muhitga inson ta'sirini me'yorlashtarish va undagi salbiy o’zgarishlarning oldini olish muhim ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasi mineral xom ashyo resurslariga boydir.Har yili o'nlab mineral xom ashyo konlari ishga tushirilmoqda.qazilma boyliklardan to’liq foydalanishning ta'minlanmaganligi natijasida tog'-kon sanoatida hosil bo'ladigan chiqindilar atrof muhitning kuchli ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. Respublikada har yili sanoatning turli tarmoqlarida 100 million tonnadan ortiq chiqindilar vujudga keladi va ularning yarmi zaharlidir. Hozirgacha yer osti va yer usti chiqindixonalarida 2 mlrd. tonnadan ortiq chiqindi to'plangan. Zilzila, surilma va sel xavfi bo’lgan O’zbekistonmng tog'oldi va tog'li hududlarida joylashgan chiqindixonalar ekologik xavfsizlik talablariga to'la javob bermaydi. Chiqindilar muammosini hal qilish (O’zbekistondagi eng dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling