Va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
Ochiq usulda qazib olish texnologiyasi
Download 0.51 Mb.
|
Yo'ldosheva G malaka ishi
Ochiq usulda qazib olish texnologiyasi
“Texnologiya” termini umumiy holatda qandaydir bir texnik ishlab chiqarish ishlarini bajarishni tashkil etish usullari, vositalari to’g’risidagi bilimlar majmuidir. Texnik vositalarning quvvatini hisobga olgan, fundamental bilimlar qonuniyatlariga asoslangan usullar bilan qazib olinadigan va mexanizatsiyalashtirilgan qabul asosida tashkil etilgan, bir-biri bilan aloqador kon ishlari jarayonlari yig’indisiga konlarni qazish texnologiyasi deb aytiladi. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi ikkita aspektni o'z ichiga oladi: • ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyasi (qazib olish, tashish va tog’ jinslarini g’aramlash); • ochiq kon ishlari texnologiyasi (kon laqimlari kompleksi sifatida kar’er muhiti va vaqti bo'yicha konni qazib olish qurilishi va rivojlanishi). Ishlab chiqarish texnologiyasi qo'yidagilarni o'z ichiga oladi: asosiy ishlab chiqarish jarayonlari printsiplari, vositalari, mexanizatsiyalash komplekslari va tashkil etish sxemalarini; tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash, qazish-yuklash ishlari, tashish, g’aramlash va kon massasini bo'shatish. Ochiq kon ishlari texnologiyasi kar’er parametrlari, kon lahimlarini o'tish usullari, kar’erda kon ishlarini rivojlanish sxemasini, ochish usullari va qazib olish sistemalarini, mahsulot sifatini boshqarish usullari va vositalari, kon ishlarini rejalashtirish va tashkil etish printsiplarini qarab chiqadi. Aytib o'tilgan ishlar ma'lum bir tartibda o'tkazilishi kerak. Har bir ish orasida texnik sharoitlarni ta'minlay oladigan kerakli vaqt oralig’idagi ochish va qazib olish ishlari frontini, asbob uskunalar va konni butunligicha ishlatishda ishlab chiqarish va xavfsizlik ishlarini to'qri taqsimlashni tashkil etish lozim. Kar’er maydoni chegarasida yoki uning uchastkasida tartibli va ketma-ket bajariladigan ochiq kon ishlariga qazish tizimi deb aytiladi. Qabul qilingan qazish tizimi qo'yidagilarni ta'minlashi kerak: ishning borishidagi xavfsizlik; ularning rejalashtirilishi va iqtisodiy samaradorligi; kar’erning ko'zda tutilgan ishlab chiqarish quvvati; zaxiralarning to'liq olinishi; barcha foydali qazilmalardan kompleks foydalanish; kon-zaxira (nedr) va atrof muhit muhofazasi.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling