Va ularning malakasini oshirish instituti “innovasion ta’lim texnologiyalari” kafedrasi Kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASASINING O‘QUV IShLARI BO‘YIChA DIREKTOR O‘RINBOSARI


Download 53.07 Kb.
bet6/13
Sana23.12.2022
Hajmi53.07 Kb.
#1045482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BMI1

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASASINING O‘QUV IShLARI BO‘YIChA DIREKTOR O‘RINBOSARI
Lavozim majburiyatlari:
a) o‘quv jarayonini tashkil qiladi, ta’lim standartlarida belgilangan o‘quv, tarbiyaviy reja va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi;
b) pedagogik kadrlarni tanlash va joylashtirishda qatnashadi, pedagogik jamoaning o‘quv-uslubiy ishlarini boshqaradi, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ustalarining ilg‘or tajribasini o‘rganish va umumlashtirishni tashkil qiladi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etadi. Pedagog xodimlarga metodik yordamni tashkil qiladi va amalga oshiradi, jamoa va alohida o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qiladi;
v) o‘qituvchilarning yillik, chorak va oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi. O‘qituvchilarning tasdiqlangan ish rejalari asosida ish vaqtini hisoblaydi va bajarilishini nazorat qiladi. Dars jadvali, testlar, imtihonlar va boshqa o‘quv taqdimotlari grafigini ishlab chiqadi;
g) o‘quv jarayoni nazoratini tashkil qiladi, ta’lim standartlari talablarining bajarilishi, o‘quvchilarning xulqi va o‘zlashtirishining monitoringini amalga oshiradi, fakultativ darslar va fan to‘garaklarini tashkil etadi;
d) o‘quv xonalarini ko‘rgazmali va texnik o‘quv qurollari bilan, hamda axborot resurs markazlarni — kitoblar, jurnallar va boshqa axborot materiallari bilan ta’minlanishi va rasmiylashtirilishini boshqaradi;
e) fanlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordam tashkil etish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha ishlarni olib boradi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamalarini takomillashtiradi;
yo) guruh jurnallarining yuritilishi va saqlanishini ta’minlaydi, guruh rahbarlari faoliyatini boshqaradi o‘quv ishlarining holati va natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini tashkil qiladi;
j) pedagog xodimlar mehnatini muhofazalash talablari, sanitariya-gigiyena rejimi va texnika xavfsizligiga amal qilinishini ta’minlaydi;
z) jamoa a’zolari va o‘quvchilar huquqlarini himoyalash, hayoti va sog‘lig‘ini muhofazalashga g‘amxo‘rlik qiladi;
i) direktor yo‘qligida uning lavozim majburiyatlarini amalga oshiradi;
l) doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, ta’lim to‘g‘risidagi hukumat qarorlarini, ta’limni rivojlantirish strategiyalarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining ta’lim muassasasi faoliyati, uning yuritilishi va rivojlanishining iqtisodiy asoslarini tashkillashtirish va yaxshilash haqidagi buyruqlari, topshiriqlari, yo‘riqnoma va me’yoriy hujjatlarini;
b) pedagogika fani va amaliyoti, boshqarish psixologiyasining jahon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini. O‘quv jarayonining amalga oshirilishi va rivojlanishining pedagogik va iqtisodiy asoslarini. Ta’lim standartlari talablari va mazmuni, jamoani boshqarishning samarali shakllari va usullari, hamda xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni;
v) davlat ta’lim standartlari mazmunini;
g) ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish usullarini. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini;
d) o‘quvchilar bilimini nazorat qilish usullarini;
e) yoshlarga oid qonun hujjatlarini.

Download 53.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling