Va ularning malakasini oshirish instituti “TA’limda boshqaruv” kafedrasi Professional ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Download 73.36 Kb.
bet4/9
Sana26.01.2023
Hajmi73.36 Kb.
#1125867
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ibragimov kurs ishi 24.01.2023

Tashkiliy funksiya - tashkilot turli bo‘limlaridagi mavjud imkoniyatlardan optimal darajada foydalanishdir. Rahbar bajarishi zarur bo‘lgan asosiy funksiya va vazifalar tasviriy ravishda quyidagicha ifodalangan. Tashkilot boshqaruvining asosiy funksiyalaridan yana quyidagi xususiy funksiyalar kelib chiqadi.
Rejalashtirish funksiyasi - Natija qanday bo‘lishi haqidagi tasavvur, unga erishish bosqichlari va uslublar. Asosiy tamoyili — boshqaruvchi va boshqariluvchi sub’ektlarni muvofiqlashtirish.
Nazorat etish funksiyasi - Tashkilot faoliyati, uning faoliyatini ta’minlovchi mablag‘ va resuslar xaqidagi ma’lumotlarni saqlash, boshqaruvning ta’sirchanligi xaqidagi axborotlarga ega bo‘lish. Nazoratning asosi - xisob-kitob hamda nazorat jarayonidagi real faoliyatni rejaga solishtirib borishdan iboratdir.
Siyosiy-huquqiy funksiya - Tashkilot xodimlarining jamiyatda qabul qilingan qonun va huquqlar doirasida faoliyat yuritishlarini nazorat etadi va ta’minlaydi. Ijtimoiy funksiya: Ijtimoiy hodisalar (turli kasb faoliyati va ularga xaq to‘lash tafovutlari, ijtimoiy adolatni tadbiq etish, ijtimoiy ximoyaga muxtoj xodimlarning mavjudligi.


  1. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 508

Rag‘batlantirish funksiyasi - Ijro harakatlari me’yorda o‘tishini ta’minlashdan iborat bo‘lib, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish vositalarini o‘z ichiga oladi.
Boshqaruv maqsadi va vazifalari boshqaruv munosabatlarini keltirib chiqaradi. Kadrlarni joylashtirish sohasida personal boshqarish xizmatiga mavjud vakant o‘rinlarga nomzodlarni tanlash, qadrlarni ish joyiga to‘g‘ri qo‘yish, ish joyi va kasbga aloqador masalalarda xodimning shaxsiy va kasbiy hususiyatini chuqur o‘rganish vazifasi qo‘yiladi.
Boshqaruv tizimi deyilganda boshqaruv apparati va ular o'rtasidagi bog'lanish tushuniladi. Boshqaruv tizimining tarkibini bir-biri bilan bog'langan teng huquqli birliklar va bo'g'inlar tashqil qiladi. Har bir bo'linma o'z vazifasiga ega bo'lib, bo'linma boshqaradigan vazifalar doirasini, uning faoliyat chegaralarini, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi. Boshqaruv tizimi a'zolari rasmiy va norasmiy aloqalarda bo'ladi. Rasmiy aloqalar bu eng avvolo rahbarlar bilan bo'ysunuvchilar o'rtasidagi aloqalardir (vertikal aloqalar). Ular rahbarlikning va bo'ysunuvchilming turiga qarab farq qiladi. Agar rahbarlik to'laqonli bo'lib kuyi bo'linmalar faoliyatiga doir barcha masalalarga daxldor ba, bu xildagi aloqa muntazam aloqa deb aytiladi. Rahbarlik cheklangay bo'lsa, u holda aloqa funksional bo'ladi. Bo'linmalar o'rtas ida, vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo'lib, ular muvofiqlashtirishni va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir. Boshqaruv tizimida asosiy o'rinni rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhim, ahamiyatga egaligini unutmaslik kerak.

Download 73.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling