Va ularning malakasini oshirish instituti “TA’limda boshqaruv” kafedrasi Professional ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Ijtimoiy-psixologik kompetensiyalar


Download 73.36 Kb.
bet8/9
Sana26.01.2023
Hajmi73.36 Kb.
#1125867
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ibragimov kurs ishi 24.01.2023

Ijtimoiy-psixologik kompetensiyalar:
1)Boshqalarni tushuna olish– rahbardagi boshqalarning munosabatlari va his-tuyg’ularini oldindan bilish, seza olish, shuningdek, empatik ravishda fikrlarini boshqalarga ma’lum qilish xususiyati.
Ushbu kompetensiyaga ega rahbar:
a) atrofdagilarning qiziqishlarini tushuna oladi;
b)atrofdagilar his-tuyg’ularini, ularning o’zini to’tishi, yuz ifodasi, so’zlarni tanlashi va gap ohangidan to’g’ri tushunadi va seza oladi;
c)u yoki bu holatga atrofdagilarning javob reaksiyasini seza oladi;
d)g’oya va takliflarni diqqat bilan eshitadi;
e)atrofdagilarning ham kuchli, ham nozik tomonlarini e’tiborga oladi;
f)aytib tugatilmagan (emplisid) ma’noni tushuna oladi;
g)atrofdagilar qanday mavzuda gaplashishlaridan qat’iy nazar qiziqish bilan munosabatda bo’lish orqali, ularning e’tiborini qozonadi.
2) Hamkorlik o’rnatish
– rahbarning ma’lumot yetkazib bera oladigan, ko’maklashadigan odamlar (korxona ichidagi va shuningdek, korxona tashqarisidagilar) bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash va mustahkamlash kompetensiyasi.
Ushbukompetensiyagaegarahbar:
a)hamkasblaridanshaxsiyhayoti, tashvishi, qiziqishi, oilasivashukabima’lumotlarniso’raydi;
b)biror umumiy g’oyani yuzaga chiqarish maqsadida savollar beradi;
c)atrofdagilarni fikri yo’naltirilgan ob’yektlar bilan qiziqadi hamda ularning qarashlari va g’oyalarini tan oladi;
d) atrofdagilarning manfaatlari va istiqbollarini tushunadi;
e) ma’lumot orqali yordam ko’rsatganlarga minnatdorchilik bildiradi;
f)hamkasblarini o’rganish, ular bilan munosabatlarni yaxshilash, o’zaro aloqalarni o’rnatishga vaqt ajratadi;
g)yordami va qo’llab-quvvatlashi asqotishi mumkin bo’lgan odamlar bilan munosabatlar o’rnatishga intiladi;
h)hamkorlikka asos yaratish maqsadida yordam ko’rsatadi hamda ma’lumotlar bilan qo’llab-quvvatlaydi.

Download 73.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling