Va ularning malakasini oshirish instituti “TA’limda boshqaruv” kafedrasi Professional ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi
Download 73.36 Kb.
|
ibragimov kurs ishi 24.01.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Ijtimoiy-informasion kompetensiya
- 8.Maxsus kompetensiya
- Professional kompetensiyalar.
- Ushbu kompetensiyaga ega rahbar
- 3)Xodimlarga vakolatlarni taqsimlash
- 4)Motivatsion qo’l-lab-quvvatlash
- Uslubiy kompetensiyalar
- 2)Atrofdagilarga ta’sir o’tkazish
a)kommunikativ kompetensiya;
b)perseptiv kompetensiya; c)interaktiv kompetensiya. Agar diqqat bilan bu tizimga qaralsa, u G.Andreyevaning uch tizimli muloqot to’g’risidagi nazariy qarashlaridan kelib chiqqanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin (kommunikativ, perseptiv va interaktiv). Har qalay, bunday yondashuv psixologiya fanidagi mashhur ko’pqirrali muloqot jarayonining asosiy sohalarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Shaxsning, birinchi navbatda, rahbarning ijtimoiy-psixologik kompetensiyasini aniqlash uchun turli metodlar ishlatiladi. Bular o’sha biz bilgan ko’plab shaxsning muloqotga kirishuvchanlik sifatlarini aniqlash metodlaridir. Lekin ularning ko’pchiligi nazariy nuqtai nazardan diagnostik ishlarni amalga oshirish uchun maqsadga muvofiq emas. Barcha metodik usullar ichida, aynan, shaxsning o’zgalar bilan tez va aniqlik bilan ishchanlik hamda shaxsiy muloqotni o’rnata olish orqali boshqalarga ta’sir ko’rsata olish malakasini aniqlovchiKOS–1 metodi tadqiqotchilarda borgan sari ko’proq ishonch uyg’otmoqda. Metodning qulayligi shundaki, u ko’p vaqtni olmagan holda (10–15 daqiqa) respondentdan 40 ta savolga “ha” yoki “yo’q” deb javob berishni taqozo etadi. Ijtimoiy-psixologik kompetensiya nafaqat rahbar tomonidan o’zini-o’zi anglashi (bilishi), balki autopsixologik kompetensiya bilan ham bog’liq.2 4.Autopsixologik kompetensiya– bu rahbardagi shunday malakalar majmuiki, ular boshqaruvchini o’z kasbiy hamda shaxsiy sifatlarini diagnostikalash, ya’ni o’zini-o’zi diagnostika qilish, o’zini-o’zi tuzata olish (korreksiyalash), o’zini-o’zi takomillashtira olish, o’ziga-o’zi motivasiya bera olish, har qanday ma’lumotdan samarali foydalana olish, psixolingvistik kompetensiyalar bilan bog’liq qobiliyatdir. 5.Ijtimoiy-informasion kompetensiya– bu rahbardagi axborot texnologiyalari bilan ishlay bilish hamda ijtimoiy informasiyalarga nisbatan tanqidiy munosatda bo’la olishga egaligi. 6.Kommunikativ kompetensiya– bu boshqaruvchining turli tildagi og’zaki va yozma muomala texnologiyalarini o’zlashtirganligi hamda kompyuterda dasturlash va Internet orqali munosabatga kirisha olish qobiliyati. Ayrim mutaxassislar tomonidan ijtimoiy-psixologik kompetensiya tushunchasi ko’pincha OAVda “kommunikativ kompetensiya”tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi. Bevosita kommunikativ kompetensiyani aniqlash uchun “Muloqotga kirishuvchanlik darajasi”, “Fikrni bayon eta olish” kabi qator metodikalar hamda o’zini qanchalik nazorat qila olishini bilishda M.Snayder ning maxsus testi qo’llaniladi. 7. Kognitiv kompetensiya– bu rahbarning ma’lumot darajasini oshirishga tayyorligi, o’zining shaxsiy imkoniyatlarini faollashtirishga ehtiyojmandligi, yangi malaka va bilimlarni mustaqil ravishda yaratish hamda o’zini-o’zi rivojlantirish qobiliyati demakdir. 8.Maxsus kompetensiya– bu boshqaruvchining professional xatti-harakatlarni mustaqil tarzda bajarishga tayyorlanish va o’z mehnati natijalarini baholay olish qobiliyati. 9.Madaniy kompetensiya– bu menejerning tashkilot normalari va qadriyatlari orqali xulq-atvorini boshqarishga tayyorlik qobiliyatiga egaligi. Shuningdek, munosib bo’lmagan vaziyatlardagi xatti-harakatlarda maqsadga erishish uchun standart vaziyatlarni saqlab qolish va zarur bo’lganda ularni yangilari bilan almashtira olish savodxonligi. Qator xorijiy adabiyotlarda tayanch kompetensiyalar sirasiga fanda so’nggi o’rinni madaniy kompetensiya egallab, odatda, bu kompetensiya menejerning tanlash imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda, har xil madaniy uzilishlarda muvaffaqiyatli ishlash imkonini beradi. Shuningdek, madaniy kompetensiya tashkilot menejerining boshqaruv madaniyati malakalarini o’zlashtirish darajasini aniqlaydi. Professional kompetensiyalar. 1)Maqsadning qo’yilishi– rahbardagi tashkilotning biznes maqsadlariga mos keluvchi vazifalarini ishlab chiqa bilish va uni boshqalarga yetkazib bera olish kompetensiyasi. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a)o’zbo’limmaqsadlaribilanbutuntashkilotstrategiyasimuvofiqliginita’minlashmaqsadidafaoliyatyuritish; b)bo’limdagixodimlarnio’zishlariningbiznesmaqsadibilanaloqadorliginitushunishlarininazoratqilibborish; c)har bir xodim bo’lim maqsadlarini anglashi va o’zini bunga moslashtirib borishini nazorat qilish; d)tashkilot maqsadiga erishish uchun bo’limning maqsPad rejasini ishlab chiqilishini nazorat qilish. 2)Strategik fikrlash– menejerning bozor va sanoatdagi tendensiya, mavjud va kutilayotgan (ichki va tashqi) xaridorlar, shuningdek, tashkilotning raqobatchilar bilan solishtirganda kuchli va ojiz tomonlarini ko’rib chiqqan holda korxona raqobatbardoshligini tahlil qila olish qobiliyati. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a)tashkilotning raqobatchilar bilan solishtirganda kuchli va kuchsiz tomonlarini ko’ra oladi; b)tashkilotning raqobatbardoshligiga ta’sir ko’rsatadigan sanoat va bozor tendensiyasini tushunadi; c)qanday tovar va xizmatlar bozorda raqobatbardosh bo’lishini chuqur fahmlay oladi; d)bozor va ishlab chiqarish tahliliga asoslangan, shuningdek, raqobatchilarga nisbatan salohiyat imkoniyatlari ko’proq, uzoq muddatli (3–5 yillik) marketing strategiyani yaratadi va uni boshqaradi. Iqtisodiyot sub’yekti boshqaruvchisiga xos professional kompetensiyalar (8.1-rasm). 3)Xodimlarga vakolatlarni taqsimlash – rahbarning o’z qo’l ostidagilarga qiyin masalalarni hal etish, munozarali savollarni yechish va maqsadlar yo’lida muvaffaqiyatga erishishlari uchun tanlov erkinligini berish kompetensiyasi. Ushbukompetensiyagaegarahbar: a)xodimlargao’zfaoliyatidoirasidaqarorlarqabulqilishdakengimkoniyatyaratibberadi; b)boshqalarningqarorqabulqilishlarivamas’uliyatnio’zbo’ynigaolishlarigayo’lqo’yibberadi; c)alohidaxodimyokixodimlarguruhigakompaniyamissiyasigamoskeladigano’zmaqsadlarinio’rnatishlariniqo’llab-quvvatlaydi; d) ishchilarning muvaffaqiyatga erishishga qodirliklariga ishonch bildiradi; e) muammolarni guruhning o’zi mustaqil hal qilishini va bir qarorga kelishini rivojlantiradi. 4)Motivatsion qo’l-lab-quvvatlash– rahbardagi xodimlarning o’z ishiga sadoqatini mustahkamlay olish kompetensiyasi. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a)xodimlarning yutuqlarini tan oladi va ularni taqdirlaydi; b)xodimlarga bajargan ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi; c)xodimlar o’z yutuqlaridan qoniqish hosil qilishlari uchun guruh bilan faxrlanishini ochiqdan ochiq aytadi; d)xodimlarning ishdan xursand bo’lishlari uchun turli ijodiy usullarni o’ylab topadi; e)barcha muhim tadbirlarda shaxsan o’zi qatnashadi; f)ziddiyatli vaziyatlarni tez hal etadi va yo’qotadi; g)xodimlar faoliyatini jonlantirish uchun suhbatlar va prezentasiya (taqdimot)lar o’tkazadi. Uslubiy kompetensiyalar: 1)Qo’l ostidagilar-ning imkoniyatla-rini rivojlantirish– rahbardagi mas’uliyatni his etish, komandada ishlash, xodimlarning imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam berish xususiyati. Iqtisodiyot sub’yekti boshqaruvchisiga xos uslubiy kompetensiyalar (6.2-rasm). Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a) har bir xodimning xarakteridan kelib chiqqan holda muomalada bo’ladi; b)qo’l ostidagilarining ko’proq muvaffaqiyatga erishishlariga yordamlashish maqsadida ma’lumot, maslahat va takliflarni bo’lishadi hamda treningning samaradorli-gini ta’minlaydi; c)xodimlarning imkoniyatlarini oshirishga ko’maklashadigan topshiriqlarni bera oladi; d)qo’l ostidagilarning rivojlanishini tahlil qilish uchun muntazam ravishda ular bilan uchrashib turadi; e)kasbiy o’sish (karyera) va komillikka yo’naltirilgan xatti-harakatlarni kengaytiradi; f)qo’l ostidagilarning muvaffaqiyatga erisha olishlariga ishonch bildiradi. 2)Atrofdagilarga ta’sir o’tkazish– rahbarning o’z g’oyalari, maqsadlari, loyihalari va qarorlariga hamfikr va qo’llab-quvvatlovchilarni topa olish qobiliyati. Ushbu kompetensiyaga ega rahbar: a)har tomonlama foydali qarorlarni topa oladi; b)qo’llab-quvvatlashlariga tayanish maqsadida qaror qabul qilish jarayoniga atrofdagilarni jalb qiladi; c)kelishuvga erishish maqsadida muqobil qarorlarni taklif etadi va fikr almashadi; d)vaziyatning barcha qatnashuvchilari uchun foydali qa-rorlarni topadi va taklif qiladi; e)ekspertlarni yoki uchinchi tomonni boshqalarga ta’sir o’tkazishga qiziqtiradi; f)atrofdagilarga ta’sir ko’rsatishning boshqa bilvosita usullarini o’ylab chiqadi; g)kutilgan harakatni amalga oshirish va kutilgan natijaga erishish ehtimolligini oshirish maqsadida, voqealarning borishi va qatnashuvchi odamlar holatini hisobga olgan holda vaziyatni tarkib toptiradi; g)atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirishga harakat qiladi; i)haqiqatda qaror qabul qiladigan odamlarni, shuningdek, o’ziga ta’sir o’tkaza oladiganlarni ajratadi va bor kuchini o’shalarga yo’naltiradi; j)axborot, intellekt, karyera, biznes muloqot va yordamning boshqa turlarini namoyon qila oladigan shaxslar bilan muomala o’rnatishga harakat qiladi; k) atrofdagilarning shaxsiy hayotlari (masalan, qiziqishlari, xavotirlari, oilasi, do’stlari) bilan qiziqadi va ular bilan yaxshi munosabatlar o’rnata oladi. Download 73.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling