Va yopish qoidalari I. Umumiy qoidalar


 Mazkur Qoidalar shartlari bo‘yicha Mijoz quyidagi majburiyatlarni o‘z


Download 142.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.11.2023
Hajmi142.38 Kb.
#1778695
1   2   3   4
Bog'liq
RKO qoidalari

2.2. Mazkur Qoidalar shartlari bo‘yicha Mijoz quyidagi majburiyatlarni o‘z 
zimmasiga oladi: 
2.2.1. Qonun hujjatlari talablari ijrosini ta'minlash maqsadida Bankka hisob-kitob kassa 
operatsiyalarini amalga oshirish uchun barcha zarur hujjatlarni taqdim etish; 
2.2.2. Hisobvaraqda mablag‘lar mavjud bo‘lganda Bankka oylik ish haqi, pensiya va 
nafaqalar, shuningdek xizmat safari xarajatlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
to‘lovlarni olish uchun pul chekini taqdim etish, ularni o‘rnatilgan normalarga muvofiq saqlash, 
olingan pul mablag‘laridan qat'iy tarzda maqsadi bo‘yicha foydalanish va zarurat tug‘ilgan 
taqdirda – foydalanilmagan mablag‘larning qaytarilishini ta'minlash; 
2.2.3. Naqd mablag‘larni kirim va chiqim qilish tartibiga, kassa intizomiga, shuningdek 
Bankka naqd mablag‘larni berish tartibiga rioya qilish; 
2.2.4. To‘lovlarni amalga oshirish uchun o‘z Hisob varag‘ida etarli xajmdagi pul 
mablag‘lariga ega bo‘lish. Mablag‘lar etarli bo‘lmagan taqdirda, Mijoz soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalarini belgilangan tartibda 2-Kartoteka 
ga joylashtirish huquqiga ega.
2-Kartoteka mavjud bo‘lgan taqdirda, belgilangan muddatlarda hisob-kitoblarni kechiktirib 
bo‘lmaydigan ehtiyojlar hisobvarag‘iga to‘lovlarni o‘tkazish uchun taqdim etish; 
2.2.5. Bankning talabiga ko‘ra xorijiy davlatlar sub'ektlari bilan tuzilgan shartnomalarga 
muvofiq amalga oshiriladigan eksport-import va boshqa operatsiyalar to‘g‘risidagi 
ma'lumotlarni, shuningdek zarurat tug‘ilgan taqdirda Bankka uning zimmasiga yuklatilgan 
vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa zarur ma'lumotlarni taqdim etish; 
2.2.6. Bankning tegishli so‘rovnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda va tartibda hujjatlar va 
(yoki) ma'lumotlarni taqdim etish; 
2.2.7. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, Asosiy shartlar va mazkur 
Qoidalarga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish. 

Download 142.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling