Va yopish qoidalari I. Umumiy qoidalar


III. TARAFLARNING HUQUQLARI


Download 142.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana16.11.2023
Hajmi142.38 Kb.
#1778695
1   2   3   4
Bog'liq
RKO qoidalari

III. TARAFLARNING HUQUQLARI 
3.1. Mazkur Qoidalar shartlari bo‘yicha Bank quyidagi huquqlarga ega: 
3.1.1. Mijoz tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki normativ hujjatlari, Bank qoidalari bilan o‘rnatilgan 


hisob-kitob tartibi, shuningdek to‘lov hujjatlarini o‘z vaqtida taqdim etishda rasmiylashtirish 
tartibi buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonun hujjatlariga zid bo‘lgan to‘lovlarni o‘tkazishni rad 
etish yoki uni o‘tkazishni to‘xtatish; 
3.1.2. Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ida Kartoteka 2 mavjud bo‘lgan taqdirda, 
Bankda ochilgan ikkilamchi hisobvaraqlarda turgan pul mablag‘larini taqdim etilgan talablarni 
qanoatlantirish uchun uning asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish, pul hisob-kitob hujjatlarini 
qabul qilmaslik va asosiy hisobvaraqqa to‘lovlardan tashqari boshqa to‘lovlarni amalga 
oshirmaslik; 
3.1.3. Qonun hujjatlari talablari ijrosini ta'minlash maqsadidaamalga oshiriladigan (amalga 
oshirilgan) operatsiyalarning to‘liqligi va qonuniyligini aniqlash imkonini beruvchi
operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadigan axborot va hujjatlarni talab qilib 
olish; 
3.1.4. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, Asosiy shartlar va mazkur 
Qoidalarga muvofiq boshqa huquqlar. 
3.2. Mazkur Qoidalar shartlari bo‘yicha Mijoz quyidagi huquqlarga ega
3.2.1. Hisob-kitob kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun Bankka topshiriqlar beradi, 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va mazkur Qoidalarga muvofiq ularni 
o‘z vaqtida bajarishni talab qiladi; 
3.2.2. Asosiy depozit hisobvaraqda mablag‘lar va oylik ish haqini berish kalendar grafigiga 
muvofiq, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun bronlar 
bo‘lganda qonun hujjatlariga muvofiq oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 
naqd pul mablag‘larini olish; 
3.2.3. Qonun hujjatlari va mazkur Qoidalarga muvofiq Bank tomonidan majburiyatlar 
to‘liq va/yoki o‘z vaqtida bajarilmaganligi sababli kelib chiqqan zararni belgilangan tartibda 
qoplashni talab qilish; 
3.2.4. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, Asosiy shartlar va mazkur 
Qoidalarga muvofiq boshqa huquqlar. 

Download 142.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling