Vakuum-yoyli pech
Download 83.73 Kb.
|
Vakumli yoy pechlari konstruksiyasi
Vakuum-yoyli pech - metallarni vakuumda elektr yoy energiyasi hisobida eritadigan elektr qurilma. Gaz-razryadli tizim boʻlib, bunda yoy qayta eritiladigan metall bugʻlarida mavjud boʻladi. V.-yo.p.ning quymalarni mis kristallizatorlarda eritadigan, garnisajsa eritish yoʻli bilan metallardan shakldor quymalar oladigan; elektrodi sarflanadigan va elektrodi sarflanmaydigan xillari bor. Pechga oʻzgarmas tok yuborilganda elektr yoy hosil boʻlib, metallni vakuumda suyuqlantiradi. Har xil metallni eritishda turlicha bosimli vakuum qoʻllaniladi. Masalan, poʻlat eritishda 0,1—1 Pa, titan eritishda 1—10 Pa, molibden eritishda 0,01—0,1 Pa vakuum hosil qilinadi. V.-yo. p.da poʻlat eritishda undagi qoʻshilmalar 2—3 martaga kamayadi, yirik qoʻshilmalar butunlay yoʻqoladi, azot konsentratsiyasi 30—35% ga, kislorodniki —2—3 martaga, oltingugurt 20% ga kamayadi. Po‘lat qo‘llanish sohasiga qarab ikkiga: instrumental (turli asboblar, uskunalar, har xil qurollar yasash uchun) va maxsus (zanglamaydigan o‘tga chidamli va boshqalar) po‘latlarga bo‘linadi. Tarkibiga qarab ham ikkiga: uglerodli va ligerlangan po‘latlarga bo‘linadi. Uglerodli po‘latlaming xossasini belgilovchi eng muhim komponenti uglerod bo‘lib begona aralashmalari esa (0,3-0,8 % Mn, 0,2-0,4 % Si, 0,005 % gacha P va 0,04 % gacha S) uning xossalariga sezilarli ta’sir etmaydi. Bu po‘lat tarkibidagi uglerodning miqdoriga qarab kam uglerodli (0,25 % gacha C), o'rtacha uglerodli (0,25 dan ta 0,6 % gacha C) va ko‘p uglerodli (0,6 % С dan ko‘p) po'latlaiga bo‘linadi. Kam uglerodli po‘latdan u plastik bo‘lganligi uchun bug‘ qozonlari, turli qalinlikdagi tunukalar, yumshoq simlar va boshqalar tayyorlanadi, o‘rtacha uglerodlisidan relslar, qalin tunukalar, simlar, quvurlar va boshqalar tayyorlanadi, ko‘p uglerodlisi asbobsoz po‘lat bo'lib, turli tuman asbob-uskunalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Ligerlangan po‘latlar tarkibida ugleroddan tashqari maxsus ligerlovchi elementlar, masalan: W, V, Cr, Mo, Ni va boshqalar ushlaydi. Ulardan ayniqsa, xrom keng qo'llaniladi. Ozgina (1-1,5 %) qo‘shilgan xrom ham po‘latning qattiqligi va mustahkamligini uglerodli po‘latga qaraganda keskin oshiradi va bunday po‘lat avtomashina va traktorlarning turli qismlari, sharikopodshipniklar tayyorlash uchun ishlatiladi. Agar 12-17 % gacha xrom qo‘shilsa, bunday po‘lat zanglamaydi, 25-28 % gacha xrom qo‘shilsa, po‘lat o‘tga chidamli bo‘ladi. Agar unga xromdan tashqari yana nikel ham qo‘shilsa xromanikelli po‘lat (1,5% gacha Cr va to 4 % gacha Ni) yuqori plastiklikka ega bo‘ladi, mo‘rtligi keskin kamayadi. Shuning uchun ham bunday po‘lat porshenlar, tishli uzat- gichlar (shesternalar) dvigatel vallari va boshqalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Zanglamaydigan po'latdan (17-20 % gacha Cr va 10 % Ni) samolyot qismlari kimyo sanoati apparatlari, oshxona idishlari, pichoqlar, qoshiq-vilkalar va shu kabilar tayyorlanadi. 0‘tga chidamli po‘lat (15-25% gacha Cr va 15-27% gacha Ni) esa gaz trubinalari, reaktiv va raketa dvigatellari va boshqalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Download 83.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling