Vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi. Solenoid va toroidning magnit maydoni. Vakuumdagi elektrostatik maydon uchun ostrogradiskiy gauss teoremasi


Rentgen trubkasining chizmasi. A-anod (suv bilan sovitiladi); K-katod


Download 308.39 Kb.
bet11/24
Sana08.05.2023
Hajmi308.39 Kb.
#1442488
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi. S

Rentgen trubkasining chizmasi. A-anod (suv bilan sovitiladi); K-katod.

X-nurlar yo‘liga tadqiqotchi o‘z qo‘lini qo‘ydi va ekranda qo‘l skeletning soya tasviri paydo bo‘ldi. Yumshoq to‘qimalar nurlanish uchun shaffof, suyaklar esa uni deyarli o‘tkazmas edi.

Olimning «Nurlarning yangi turi haqida» sarlavhali birinchi maqolasida Rentgen o‘zi kashf qilgan nurlar xossalarini tavsifladi, bu maqola butun dunyoni aylanib chiqdi va keyin barcha Yevropa tillarida alohida kitobcha shaklida bosildi.


Ammo, Rentgen sirli nurlar tabiatini tushuntirib bera olmadi. U elektronlarning mavjudligini bilmas edi, ana shu elektronlarning trubka shishasida tormozlanishi rentgen nurlar va ko‘rinadigan yashil yorug‘lik paydo bo‘lishining sababi edi. Zaryadli zarra modda ichiga uchib kirganda tormozlanadi va, o‘z tezligini yo‘qotadi va elektromagnit to‘lqinlarini nurlantiradi. Rentgen nurlar to‘lqin uzunligi diapazoni dan gacha oraliqda yotadi. Elektromagnit to‘lqinlar shkalasida ular ul’trabinafsha nurlanish va gamma-nurlanish orasidagi joyni egallaydi. Tormozlovchi elektronlar dastasi turli to‘lqin uzunlikka () ega bo‘lgan to‘lqinlarni nurlantiradi. Bu to‘lqinlar uzluksiz rentgen spektr tashkil qiladi, lekin, bundan boshqa  ning muayyan qiymatlariga ega bo‘lgan to‘lqinlar guruhiga tegishli ayrim spektral chiziqlar ham mavjud bo‘ladi. Ularning tabiati quyidagicha: tushayotgan zarralar atomni ionlaydi va hosil bo‘lgan bo‘sh o‘rinlarga yuqoriroq energiya sathlaridagi elektronlar o‘tadi. Bunda muayyan energiyali kvant nurlantiriladi.

Rentgeno-strukturaviy analiz usuli. Golografiya haqida ma’lumot.
Kogerent nurlar dastalarining difraksiya va interferensiya hodisalariga asoslanib yorug‘lik to‘lqinlarining strukturasini yozib olish va uni (asl) o‘z holiga qayta tiklash usuliga golografiya deyiladi.Golografiya degan ibora grekcha «holo» «to‘liq» va «graph» «yozaman» so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, u buyumlarni tashqi ko‘rinishini «yozib olish»ning maxsus usulini anglatadi. Bu usul 1947 yilda ingliz fizigi D.Gabor tomonidan kashf qilingan. (1971 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan). Golografiyaning mohiyati buyumdan kelayotgan (qaytish yoxud sinish tufayli) nurlanishning to‘lqin frontini fotoplastinkaga qayd qilish (yozib olish), so‘ng buyumning tasvirini vujudga keltirish maqsadida bu frontni tiklashdan iborat (10.5-rasm).

Download 308.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling