Golografiyaning fotografiyadan farqi, fotografiyada yoritilgan obektning ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlar fotoplastinka yoxud fotoplyonka tekisligining ayrim nuqtalariga ob’ektiv yordamida fokuslanadi. Bunda buyum barcha qismlarining tasvirlari ravshan bo‘lavermaydi. Fotoapparat biror tekislikka ravshan qilib moslangan bo‘lsa, buyumning shu tekislikda yotuvchi nuqtalarining tasvirlari ravshan bo‘lib chiqadi. Buyumning bu tekislikdan beriroqdagi yoki nariroqdagi qismlarining tasvirlari esa unchalik aniq bo‘lmaydi. Masalan, bino oldida turgan odamning fotografik tasvirida odam gavdasi berkitib turgan bino qismini fotografiyaga turlicha vaziyatlardan qaragan bilan bari bir ko‘rib bo‘lmaydi. Bundan tashqari binoni odamdan qanchalik uzoqda joylashganligini ham aniqlab bo‘lmaydi. Bino va odamning tasvirlari bir tekislikda ko‘rinadi. Lekin fotografiyaga qarab biz jismlarning fazodagi joylashuvi to‘g‘risida tasoavvur hosil qilamiz. Buning sababi - inson miyasi hajmiy buyumlarni ularning yassi tasvirlariga qarab bilib olishga o‘rganib qolganligidir. Fotografiyada tasvirlarning yassilik harakteri quyidagicha tushuntiriladi: fotoplastinkada buyumning ayrim nuqtalaridan qaytgan nurlarning nisbiy intensivliklari qayd qilinadi, xolos. Bu nurlar fazalari orasidagi munosabatni fotoplastinkaning qorayishiga hech qanday ta’siri yo‘q. Vaholanki, fazalar orasidagi munosabat buyumning ayrim nuqtalarini fotoplastinkadan uzoqliklariga bog‘liqdir. Demak, buyumdan qaytgan nurlarning faqat amplitudalarinigina emas, balki fazalarini ham fotoplastinkada qayd qilish usulini topish lozim. Bu usul golografiyadir. Golografiya to‘lqin optikaning asosiy qonunlari - interferensiya va difraksiya qonunlaridan foydalanish asosida vujudga keldi. Fotografiya jismlarning faqat ikki o‘lchamli (yassi) tasvirini bersa, golografiya hajmiy (uch o‘lchamli) tasvirini interferension manzarasini beradi. Gologramma jismlardan sochilgan kogerent nurlar bilan tayanch to‘lqinlar qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Gologramma (hajmiy tasvir) nur tarqalish yo‘nalishi, fazasi, amplitudasi to‘lqin uzunligi haqida informatsiya beradi. Gologrammani qayta tiklash uchun yana tayanch to‘lqinlariga mos nurlar bilan yoritish lozim, bu holda difraksiyalanuvchi nurlar paydo bo‘lib, bizga jismdan sochilgan nurlar nusxasini beradi va kuzatuvchi bu jismning o‘zini ko‘rayotgandek bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |