Elektronlar difraksiyasi. Neytronlar difraksiyasi.
Korpuskulyar-toʻlqin dualizmi — materiyaning har qanday mikroobʼyektlari (fotonlar, elektronlar, protonlar, atomlar va boshqalar) ham korpuskulyar (zarra), ham toʻlqin xususiyatlariga ega ekanligi haqidagi qoida. Zarraning trayektoriya boʻylab harakatlanishi tushunchasi bilan toʻlqinning tarqalish yoʻnalishi tushunchasi klassik (anʼanaviy) fizikada bir-biridan tamomila farq qiluvchi fizik jarayonlar hisoblanadi. Fotoeffekt, Kompton effekti va boshqa hodisalarda oʻtkazilgan tajriba natijalari oqimi — fotonlar xossalariga ham ega boʻlishini koʻrsatdi. Bu holda foton energiyasi Ye va impulsi r, yorugʻlik chastotasi v va toʻlqin uzunligi X ga quyidagi munosabatlar bilan bogʻlangan: E=hv, p=h/X (L-Plank doimiysi). Ikkinchi tomondan kristallarga toʻshayotgan elektronlar oqimining kristallardagi difraksiya hodisasini ularning toʻlqin xususiyatiga egaligi bilangina tushuntirish mumkin. Demak, mikroolamga xos muhim xususiyat ikki tomonlama xususiyatning K-t. d. mavjudligidir. Zarralar sochilishidagi difraksiya hodisasi zarralarning trayektoriya boʻylab harakatlanishi tushunchasiga zid boʻlib, toʻlqin xususiyatiga ega boʻlishini koʻrsatadi.[
1905 yil A.Eynshteyn tomonidan taqdim etilgan fotoeffektning tushuntirilishi amerika fizigi A.Kompton (1922 yil) tajribalarida o‘zining eksperimental ifodasini topdi. Kompton moddaning erkin (yoki atomlar bilan kuchsiz bog‘langan) elektronlarida qisqa to‘lqinli rentgen nurlanishini elastik sochilishini tadqiq qildi. U tomonidan kashf etilgan, keyinchalik Kompton effekti deb nom olgan effekt, sochilishda nurlanish to‘lqin uzunligining o‘zgarishi mumkin emas – degan to‘lqiniy nazariyaga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi. To‘lqin nazariyasiga binoan, elektron yorug‘lik to‘lqinining davriy maydoni ta’siri ostida, to‘lqin chastotasida majburiy tebranish hosil qiladi va shuning uchun shu chastotadagi to‘lqinlarni nurlantiradi.
Kompton effekti chizmasi 19.1-rasmda berilgan. R Rentgen trubkasidan chiqadigan 0 to‘lqin uzunligidagi monoxromatik rentgen nurlanishi qo‘rg‘oshin diafragmalar orqali o‘tadi va ingichka dasta ko‘rinishida nishon modda R (grafit, alyuminiy) ga yo‘naladi. Qandaydir burchak ostida tarqalgan S rentgen nurlari stolchaga buriluvchan qilib maxkamlangan difraksion panjara rolini o‘ynaydigan K kristall o‘tadigan nurlanish Rentgen spektrografi yordamida tahlil qilinadi. Tajriba
shuni ko‘rsatadiki, sochilgan nurlanishda to‘lqin uzunligining o‘zgarishi tarqalish burchagiga bog‘liqligi kuzatiladi:
=-0=2sin2(/2) ,
бu еrда =2,4310-3 nm - sochadigan modda xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan Kompton to‘lqin uzunligi deb ataladi. Sochilish nurlanishida to‘lqin uzunlikli spektral chiziq bilan bir qatorda (0 to‘lqin uzunlikli siljimagan chiziq ham kuzatiladi.
Siljigan va siljimagan chiziqlar intensivliklari munosabati modda turiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |