Reja 1. Kirish. Valeologiya fani haqida tushuncha. 2. Valeologiya fanining rivojlanishi va istiqbollari. 3. Salomatlik omilllari va ko’rsatkichlari I.A. Karimov - 2000 yilni «Sog’lom avlod yili», 2005 yilni esa «Sihat-salomatlik yili» deb e'lon qilinishi 2005 yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 30-sonli qarori bilan «Sixat salomatlik yili davlat dasturi»ni e'lon qildi.
- Salomatlik insonning eng ulug’vor boyligidir. Jismoniy tarbiya institutlarining asosiy vazifalaridan biri salomatlikni saqlash va mustaxkamlash sohasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashdir. Ammo salomatlik jarayonini idora etilishi, har bir inson uchun xos bo’lgan shaxsiy salomatlik muammolarini aniq echa bilish bilan bog’liqdir. Ma'lumki, salomatlik inson tomonidan, uning biologik va ijtimoiy faoliyatini to’liq va keng miqyosda bajarishi uchun eng asosiy omildir, o’zini namoyon qilishdagi poydevoridir.
- Afsuski, MDH davlatlarida turli kasalliklarga chalinish hozirgi kunda nihoyatda yuqori darajada bo’lib, gepatit, sil kasalligi, ruxiy kasalliklar, onkologik kasalliklar miqdori ortib bormoqda. Giyohvandlar va VICh infektsiya bilan zararlanganlar soni beto’xtov ortib bormoqda. Shu jumladan, alkogolizm va narkomaniyaning, "tamaki chekishning millatlar genofondiga salbiy tasir ko’rsatishi, ularning kamayib va yo’kolib ketish xavfini tug’dirmoqda.
- Xalqlarning 70% «hali bemor emas, lekin sog’lom xam emas» degan ibora bilan atalishiga loyiq bo’lib qolgan. Insoniyatning ma'navii jihatdan etuk bo’lishida adabiyot, san'at va dinning_aha miyati etakchi bo’lsa, intellektual rivoj lanishda ta'lim, tarbiya va ilmning ahamiyati kattadir. Jismoniy jihatdan sog’lom rivojlanishda esa jismoniy tarbiya, sport va sog’liqni saqlash tizimini ahamiyati bebahodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |