1-Amaliy mashg’ulot. Salomatlik haqida tushuncha


Download 20.4 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi20.4 Kb.
#225144
Bog'liq
Salomatlik haqida tushuncha


1-Amaliy mashg’ulot .
Salomatlik haqida tushuncha .
Reja :
1.Valeologiya – salomatlik va sog’lom hayot tarzi haqidagi ta’limot .
2. Valeologiyaning asosiy vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi .
3. Valeologiya yo’nalishlari .
Valeologiya bu – salomatli to’g’risidagi fan ( lotin tilida valeo sog’lom bo’lmoq ya’ni salomat bo’lishni anglatadi ). Bu insonning individual salomatligini asrash mexanizmlari , usullari haqidagi fan bo’lib , ko’proq sog’lom shaxsga yo’naltirilgan . Salomat – bu nafaqat jismoniy nuqsonlarning yo’qligi balki ,ma’naviy ruhiy va ijtimoiy to’liq ta’minlanganlik holatidir . Qadimgi yunonlar “ Tibbiyotning oliy ne’mati – salomatlik “ - deb aytishgan. Ammo , hozirgi vaqtda ko’pgina kasalliklarni davolash bilan shug’illanayotgan shifokorlar salomatlikka kam e’tibor berishmayapti bu uchun sog’lom odam salomatligini o’rganadigan ilmiy asoslangan shakl va prinsiplar ham yo’q . Shuning uchun tibbiyot valeologiyasi nafaqat sog’lom turmush tarzi to’g’risidagi fan ,balki sifatli salomatlikka erishish usullari va mexanizmlarini aniqlash hisoblanadi . Inson salomatligi – bu eng avvalo uzoq umr ko’rish davomida yuqori sur’atdagi ishchanlik qobiliyati va ijtimoiy faolligini , uning psixik va fiziologik sifatlarini saqlash va rivojlantirishdir . Salomatlik – inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib , inson shaxsining hech kim daxl qila olmaydigan huquqi , muvaffaqqiyatli ijtimoiy va iqtisodiy rivojining shartidir . Salomatlik 3 xil tavsiflanadi :
*Aqliy rivojlanganlik
*Ma’naviy rivojlangan
*Jismonan rivojlanganlik
Valeologiya fanining obyekti jamiyatdagi amaliy jihatdan sog’lom odamlar bular 15-20% va uchinchi holatdagi xavf guruhidagi kasallik oldi holatidagi odamlar bo’lib 60 % ni tashkil qiladi . Organizmning kompersator imkoniyatlar yetarli darajada mustahkam saqlanguniga qadar bunday odamlar tibbiy yordamga murojaat qilmaydilar .
Valeologiyaning asosiy vazifalari :
1 . Inson salomatligi va sog’lik rezervlarni tadqiq etish va son jihatidan baholash .
2. Sog’lom turmush tarziga yo’naltirish .
3 . Inson salomatligi va sog’liq rezervlarini sog’lom tarziga yo’naltirish orqali saqlash va mustahkamlash .
Jismoniy yetuklikka erishish – salomatlikni asrash va mustahkamlashdir , shunday ekan sog’lomlashtirish ta’lim va tarbiyaviy masalalarni hal etadi . Insonlarda yuksak ahloqiy – siyosiy sifatlarni shakllantirish , mustahkam intizom ko’nikma va odatlarini hosil qilish valeologiyaning tarbiyaviy vazifalariga kiradi .
Valeologiya anatomiya , fiziologiya , psixologiya , sotsiologiya , falsafa , matematika , kibernetika va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liqdir . Valeologiyaning asosiy vazifasi inson salomatligini asrash va yaxshilashdir . Shu munosabat bilan inson salomatligi tibbiy – pedagogik tadqiqotlarning obyekti bo’lishi lozim . Bu yerda jismoniy rivojlanish , gavda tuzilishi , yurak qon tizimining ishlashi , jismoniy tayyorgarlik va jisminiy ahvol salomatlikning tarkibiy elementlari ekanligini qayd etish muhim . Shuning uchun insonni boshqarish va uning jismoniy yetukligiga erishish uchun jismoniy tayyorgarlik qator ko’rsatkichlar bo’yicha kompleks baholash kerak . Olingan to’liq ma’lumotlar asosida inson salomatlik darajasini aniqlash mumkin . Shuni aytib o’tish kerakki , jismoniy komillikka erishish jarayonini individuallashtirish uchun insonning shaxsiy xususiyatlarini bilish kerak . Valeologiyaning ob’ekti amaliy sog’lom , bundan tashqari , barcha cheklanmagan , ko’p yo’sinli psixofiziologik , ijtimoiy – madaniy va boshqa aspektlari mohiyati kasallanish oldi holatida turgan insondir .
Ma’lumki , ilm dunyosida ko’plab fanlar bir – birini o’zaro to’ldiradi va o’zaro yaqin . Shu bilan birga ular o’ziga xos aniq hususiyatlari va yo’nalishlariga ega . Huddi shunday valeologiya fani ham o’zining metodologik asoslariga , muammolariga ega . Ushbu fan boshqa fanlarning xususiy masalalariga yangicha nuqtai nazaridan yondashadi va hamda valeologiyaning o’zi ham differensiallashuv xarakteriga ega . Ya’ni olimlarning o’ziga hos qiziqishlarini aks ettiruvchi turli sohalari yuzaga kelgan . Hozirgi vaqtda valeologiyaning quyidagi asosiy yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin :
* 1. Umumiy valeologiya
* 2.Tibbiy valeologiya
* 3. Yosh davrlar valeologiyasi
* 4. Differensial valeologiya
* 5. Kasbiy valeologiya
* 6. Maxsus valeologiya
* 7. Ekologik valeologiya
* 8. Pedagogik valeologiya
* 9. Ijtimoiy valeologiya
Umumiy valeologiya fanlar yoki bilimlar sohasi sifatida valeologiyaning metadologik asoslarini o’zida aks ettiradi . U valeologiyaning inson haqidagi fanlar tizimidagi o’rni , predmeti , metodlari , maqsad va vazifalari , tarixiy rivojlanishini aniqlab beradi . Bundan tashqari ushbu fanda insonning bioijtimoiy tabiati va uning sog’liqni ta’minlashdagi o’rni haqida gap boradi . Umumiy baleologiyaga valeologiya fanining “tanasi “ sifatida qarash mumkin , chunki undan valeologiyaning tarmoqlari , sohalari ajralib chiqadi .

Download 20.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling