Valeologiya fanining ta’rifi va moxiyati
Sog‘lom turmush tarzida ekologiyaning ahamiyati
Download 198.6 Kb.
|
Valeologiya fanining ta’rifi va moxiyati
Sog‘lom turmush tarzida ekologiyaning ahamiyati
Tabiat nihoyatda go‘zal, uning insoniyat uchun marhamati keng. Tabiat hayot onasi, deb bejiz aytilmagan. U kishilarni kiyintiradi, to‘ydiradi, nafas olish uchun kerak bo‘lgan havoni, hayot uchun zarur bo‘lgan suvni tozalab beradigan nafosat olami dilga huzur bag‘ishlaydi. Tarovatli bog‘-u rog‘lar, ko‘kni suyab turgandek azim tog‘lar, bag‘ri keng vodiylar turfa rangli chamanlari bilan go‘zal. Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik vaziyat hisoblanadi. Ma’lumki, fantexnika taraqqiyoti birinchi navbatda ishlab chiqarishni tubdan o‘zgartirib, sanoat mahsulotlarini ko‘plab yetkazib berishda muhim omil vazifasini o‘taydi. Ayniqsa, fan va texnikaning beqiyos rivojlanishi mehnat sharoitining tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday taraqqiyot xoh sanoatda, xoh xalq xo‘jaligining turli sohalarida bo‘lsa-da, insonni o‘rab turgan atrof muhitning bir qadar buzilishiga va o‘z navbatida, aholi turli qatlamlarining salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishida namoyon bo‘lmoqda. Hattoki, genofondini o‘zgartirishigacha olib bormoqda. Insonning tabiiy boyliklardan o‘yla may-netmay ortiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi borgan sari o‘zgarib, o‘rmonlar yo‘qolib, o‘simlik va hayvon turlari kamaymoqda, foydali qazilmalar tugab bormoqda. Suv havzalari, tuproq va atmosfera havosining tobora ifloslanib borishi, turli xo‘jalik faoliyati oqibatida paydo bo‘ladigan chiqindilar va sanoat korxonalaridagi chiqindi moddalarining ortib borishi natijasida, aholini ekologik toza suv, oziq-ovqat bilan ta’minlash dolzarb muammoga aylanib qolgan. Ma’lumki, keyingi yillarda bunday ekologik holat dunyo mamlakatlarida, shu bilan bir qatorda O‘zbekistonda ham e’tiborga olinib, xalqaro hamkorlikda katta ishlar olib borilmoqda. Atmosfera havosidagi zaharli omillarning tobora ko‘payib borishi faqatgina inson salomatligiga ziyon yetkazib qolmasdan, balki butun tirik jonivorlar va o‘simliklar hayotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotir. Odamlar o‘rtasida, ayniqsa, yosh bolalar orasida kasalliklarning avj olishiga sabab bo‘lmoqda. Havosiz, suvsiz hayotni tasavvur etib bo‘lmaganidek, tuproqsiz hayot bo‘lishi mumkin emas. Tuproq hayotning boshi, o‘simlik dunyosi o‘sadigan makon, odam va jonivorlar uchun yashash hamda ozuqa maskan. Shunday qilib, atrof muhitning ifloslanishi, undagi muvozanatning buzilishi, qolaversa, bunday ekologik o‘zgarishlar inson salomatligiga juda katta ziyon yetkazmoqda. Tabiatdagi kanserogen, mutagen, allergen moddalarining tobora ko‘payib borayotgani va shunga mos kasalliklarning avj olib borishi, ekologik xavf tug‘dirishi shubhasizdir. Download 198.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling