Valiyeva barchinoy ne’matovna qo‘lyozma huquqida
– o‘yin. “Topib moslashtirish” didaktik o‘yini
Download 286 Kb.
|
16164 Мух.граф.укитишда зам. тех-я.(Кулёзма) Валиев, Рахмонов-
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 – o‘yin. “Eng to‘g‘risini topish” didaktik o‘yin.
3 – o‘yin. “Topib moslashtirish” didaktik o‘yini.
O‘yinning sharti. Detallarning tarqoq joylashtirilgan ko‘rinishlarini jamlab, bir butun kompleks chizma tayyorlash. Maqsad. O‘quvchilarning chizmalarini o‘qish ko‘nikmalarini tahlil qilishni, topqirlikni o‘rgatish, ularning fazoviy tafakkurini o‘stirish. Jihozlar. Detallarning uchtadan ko‘rinishlari chizilib, ularni bir-biridan qirqib, karta singari aralashtirib qo‘yiladi. Maskur detallarning yaqqol tasvirlari yoki modellari ham tayyorlab, yashirib qo‘yiladi. O‘yinning tafsiloti. O‘qituvchi detallarning aralashtirib yuborilgan ko‘rinishlarini o‘quvchilarga bittadan tarqatadi va ularga har qaysi detalning uchtadan o‘zaro mos ko‘rinishlarini topib kompleks chizma tayyorlashni buyuradi. O‘quvchilar bir-birining qo‘llaridagi chizmalari orqali kompleks chizma tuzushga kirishishadi. O‘quvchilar kompleks chizma tuzushga qiynalishsalar, o‘qituvchi ularga yashirib qo‘yilgan detallarning yaqqol tasvirlarini yoki modellarni ko‘rsatib, ular orqali bosh ko‘rinishlarini aniqlashga yordam berishi mumkin. Detalning uchchala ko‘rinishini to‘g‘ri topib kompleks chizma bajarganlar g‘oliblar hisoblanadi. Bu o‘yinni boshqacha yo‘sinda o‘tkazish ham mumkin. O‘qituvchi detallarning bosh ko‘rinishlarini ma’lum masofada qator qilib magnitli doskaga ilib qo‘yadi va ularning ustdan hamda chapdan ko‘rinishlarini o‘quvchilarga tarqatib beradi. O‘quvchilar detallarning yaqqol tasvirlari. Yoki moddellariga qarab, ularning bosh ko‘rinishlari ostiga va yoniga ko‘rinishlarini mos qo‘yib chiqadilar. 4 – o‘yin. “Eng to‘g‘risini topish” didaktik o‘yin. O‘yinning sharti. Detalning yaqqol tasviriga mos bir nechta ko‘rinishlari orasidan eng to‘g‘risini topish (37 - chizma). Maqsad. O‘quvchilarda chizmalarni o‘qish va tahlil qilish masalalarini takomillashtirish, standart talabiga doir bilimlarni tarkib toptirish. Jihozlar. Diametri 250mm li beshta doira yasaladi va bittasining diametri to‘rtga, qolganlari uchga bo‘linadi va markazi bilan tutashtirilib sektorlari hosil qilinadi. To‘rt sektorli doiraga to‘rtta turli detallarning yaqqol tasvirlari chiziladi. Uchta sektorli doiralarga har bir detalning uch xil variantdagi ko‘rinishlari chizib chiqiladi (37-chizma). To‘rt sektorli doiraga qo‘zg‘almas, qolganlari unga urinadigan hamda aylanadigan qilib joylashtiriladi. Uch sektorli doiralardagi ko‘rinishlar markazdagi detallarga mos keladigan vaziyatda joylashtirilishi lozim. O‘yinning tafsiloti. O‘qituvchi o‘rtadagi qo‘zg‘almas doiraga chizilgan to‘rt xil detalning yaqqol tasvirlarini ko‘rsatib, atrofidagi aylanadigan doiralarda tasvirlangan uch xil variantdagi ko‘rinishlar ichidan eng to‘g‘ri, standart talabidagi ko‘rinish (lar)ni topib, o‘rtadagi detalning yaqqol tasviriga moslab aylantirib qo‘yish lozimligi tushuntiriladi. Bu vazifani bajarishda chizmachilikdagi ko‘rinishlarga oid barcha standart talablarni qondiradigan variant tanlanishi zarurligi takidlanadi. O‘quvchilar uch xil ko‘rinishda tasvirlanganlar ichidan eng to‘g‘ri variantni topishga qiynalsalar, ularga standart talabini, ya’ni detalni eng kam ko‘rinish orqali tasvirlashga ahamiyat berish kerakligi eslatib o‘tiladi. Detallarning yaqqol tasvirlariga mos eng to‘g‘ri ko‘rinishlarni birinchi bo‘lib aniqlagan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi. ADABIYOTLAR 1. I. S. Kon. Psixologiya ranney yunosti. M. “Prosveshenie”, 1988. 2. E. M. Golfan, S. A. Shmakov. Ot igri k samovaspitaniyu. M. “Pedogogika”, 1971. 3. O. M. Ro‘zimurodov, T. Haydarov. Masafoli o‘qitish texnologiyalari va tamoyillari. T. “Istiqlol”, 2006. 4. A. A. Abduqodirov. Masofali o‘qitishga doir yuz savolga yuz javob. O‘zR Prezidenti “Istedod”. T. 2005. 5. I. Rahmonov. Chizmachilikdan didaktik o‘yinlar. T. “O‘qituvchi”, 1992. 6. I . Rahmonov. Chizmalarni chizish va o‘qish. T. “O‘qituvchi”, 1992. 7. I. Rahmonov. Chizmachilikdan test. T. “O‘qituvchi”, 1994. 8. I. Rahmonov. Chizma geometriya kursi va texnikaviy grafikadan testlar. T. “O‘qituvchi”, 1996. 9. I. Rahmonov, A. Abdurahmonov. Chizmachilikdan ma’lumotnoma. T. “Navoiy”, 2005. 10. I. Rahmonov, A. Abdurahmonov. Chizmachilik kursi bo‘yicha testlar. T. TDPU, 2009. 11. I. Rahmonov. Chizmachilik, 8 – sinf, darslik. T. “O‘qituvchi”, 2010. 12. I. Rahmonov. Chizmachilik, 8 – sinf, o‘qituvchi kitobi. T. “O‘qituvchi”, 2010. 13. I. Rahmonov. Chizmachilik, 9 – sinf, darslik T. “O‘zbekiston”, 2010. 14. I. Rahmonov. Chizmachilik, 9 – sinf, o‘qituvchi kitobi. T. “O‘zbekiston”, 2010. 15. I. A. Vorotnikov. Zanimatelne cherchenie. M. “Prosveshenie”, 1956. 16. V. V. Rassoxin i dr. Zanimatelnoe zadachi po proeksionnomu chercheniyu. M. “Mashinostroynie”, 1969. 17. L. M. Eydels. Zanimatelnoe cherchenie. M. “Prosveshenie”, 1982. 18. I. V. Bolshanin. Konstruirovanie v kurse chercheniya. Tomsk, 1987. 19. V. N. Vinogradov i dr. Metodika obucheniya chercheniyu. M. “Prosveshenie”, 1990. 20. A. N. Valiyev. Perspektiva. T. “Voris - nashriyoti”, 2009. 21. I. A. Roytman, L. M. Eydels. Metodika praktikuma po mashinastroitelnomu chercheniyu. M. “Prosveshenie”, 1979. Download 286 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling