Valiyeva barchinoy ne’matovna qo‘lyozma huquqida
Download 286 Kb.
|
16164 Мух.граф.укитишда зам. тех-я.(Кулёзма) Валиев, Рахмонов-
4-qism. Mavzu. Murakkab qirqimlar.
1. Murakkab qirqimlar qanday ko’rinishlarga ega? A. Oddiy va profil qirqimga ega. B. Pog’onali va profil qirqimga ega. C. Pog’onali va siniq qirqimga ega. D. Siniq va gorizontal qirqimga ega. 2. Pog’onali qirqim qanday qirqim turiga kiradi? A. Oddiy qirqim turiga. B. Kesim turiga mansub. C. Murakkab qirqim turiga. D. Mahalliy qirqim turiga. 3. Siniq qirqim qanday qirqim turiga kiradi? A. Kesim turiga mansub. B. Mahalliy turiga kiradi. V. Oddiy qirqim turiga kiradi. D. Murakkab qirqim turiga kiradi. 4. Pog’onali qirqim qanday hosil qilinadi? A. Biri H, ikkinchisi V bilan kesishuvi orqali hosil qilinadi. B. Biri V ga parallel, ikkinchisi V ga qiya tekisliklar bilan kesishish natijasida hosil qilinadi. C. Oralari ma’lum masofadagi bir-biriga parallel tekisliklar detalni kesish natijasida hisil qilinadi. D. O’zaro perpendikulyar tekisliklar bilan detalni kesish orqali hosil qilinadi. 5. Siniq qirqim qanday hosil bo’ladi? A. Oralari ma’lum maosfadagi bi-biriga parallel tekiliklar bilan detalni kesish natijaida hosil bo’ladi. B. Biri V ga parallel, ikkinchisi V ga qiya tekisliklar bilan detalni kesish natijasida hosil bo‘ladi. C. O‘zaro perpendikulyar tekisliklar bilan detalni kesish orqali hosil qilinadi. D. Biri H, ikkinchisi V bilan detalni kesish orqali hosil qilinadi. 6. Pog‘onali qirqimda o‘zaro parallel tekisliklarga perpendikulyar uchinchi tekislik chizmada qanday tasvirlanadi? A. Asosiy tutash chiziqda. B. Shartli shtrix-punktir chiziqda. C. Shartli tasvirlanmaydi. D. Shtrix chiziqda. 7. Siniq qirqimdagi tekisliklarning o‘zaro kesish chizig‘i chizmada qanday tasvirlinadi? A. Shartli shtrix-punktir chiziqqa almashtiriladi. B. Asosiy tutash chiziqda. C. Shartli tasvirlanmaydi. D. Shtrix chiziqda. 8. Murakkab qirqimlarda kesim yuzalari qanday shtrixlanadi? A. Har qaysi tekislik kesgan kesim yuzalarini biri chapga, ikkinchisi o‘nga qiyalatib shtrixlanadi. B. Ikkala tekislik kesgan kesim C. Kesim biri shtrixlansa, ikkinchisiniki bo‘yaladi. D. Hohishga ko‘ra shtrixlanmasligi mumkin. 9. Murakkab qirqimning qaysi turi V da qo‘llanilganligini bilish uchun nima qilinadi? A. Detalning yaqqol tasviriga qaraladi. B. Detalning ustdan ko‘rinishiga qaraladi. C. Detalning chapdan ko‘rinishiga qaraladi. D. Detalning olddan ko‘rinishiga qaraladi. 10. Pog‘onali qirqimda kesuvchi tekislik o‘zaro qanday joylashgan bo‘ladi? A. O‘zaro kesishuvchi. B. O‘zaro parallel. C. O‘zaro ayqash. D. O‘zaro perpendikulyar. 11. Siniq qirqimda kesuvchi tekisliklar o‘zaro qanday joylashgan bo‘ladi? A. O‘zaro kesishuvchi (ixtiyoriy 90o dan katta ) burchakda. B. O‘zaro perpendikulyar; C. O‘zaro ayqash. D. O‘zaro parallel. Download 286 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling