Valiyeva barchinoy ne’matovna qo‘lyozma huquqida


Download 286 Kb.
bet9/13
Sana16.03.2023
Hajmi286 Kb.
#1278036
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
16164 Мух.граф.укитишда зам. тех-я.(Кулёзма) Валиев, Рахмонов-

4. Hamkorlikda o‘qitishing “birgalikda o‘qiymiz” metodi..
Bu metodda har bir guruh bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlarning ma’lum qismini bajaradi. Kichik guruhlar topshiriqlarni to‘liq bajarishi natijasida o‘quv materialining yaxlit o‘zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metod uchun topshiriqlar “arra” metodiga o‘xshab tuziladi. Shu boisdan ushbu metod bo‘yicha topshiriqlar na’munasi berilmadi.
5. Kichik guruxlarga ijodiy izlanishni tashkil etish metodi.
O‘quvchilar alohida-alohida (individual) yoki kichik 6 tagacha kishilik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar.
Quyida ushbu metod uchun tavsiya eradigan o‘quv materiali taklif etiladi. Kihcik guruhlar soniga qarab o‘quv topshiriqlar tuziladi.
1. Modelning geometriyasini qisman o‘zgartirish
2. Modelning fazoviy xolatini o‘zgartirish.
3. Modelning shakli razmetka chizig‘i bo‘yicha o‘zgartirish.
4. Modelning shakli uchta teshikdan tirqish (zazor) siz o‘tadigan qilib loyihalansin.
5. Modelning chiqiq qismi uning asosi hisobiga xuddi ushanday o‘lcham va shakildagi chuqurchaga almashtirish.
6. Qo‘pol ishlanga modelni dizayn asosida qayta loyihalash.

Topshiriqlarning didaktik maqsadi: xalq xo‘jaligining turli sohalarida yangi buyumlar ixtiro qilish yoki amaldagilarni takomillashtirish yoki qayta ishlab chiqarishni loyihalashga o‘rgatish.


“Tarkibida loyihalash elementlari bo‘lgan ijodiy grafik masalalar” mavzusi yuzasidan 1-guruh topshiriqning mavzusi: modelning geometriyasini qisman o‘zgartirish.



O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘quv materiali

Topshiriqlar ni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar.

Quyidagi savollarga javob tayyorlang.
1. Loyihalashga nimalar kiradi.
2. Ko‘rinishlari orqali berilgan vazni (og‘irligi) va shakli dizayn talabida qayta loyihalansin.
3. Topshiriq chizma ko‘rinishida bajarilsin. Eslatma: guruhdagi har bir o‘quvchi o‘zining didiga qarab bajaradi. Eng yaxshi bajarilgan variant tanlanadi va u o‘quvchi rag‘batlantiriladi.
2 – guruh topshiriqning mavzusi: Modelning fazoviy holatini o‘zgartirish.
1. Loyihalashga nimalar kiradi.
2. Ko‘rinishlari orqali berilgan modelning yo‘nalishda 90o ga burilgandagi vaziyati bajarilsin.
3. Topshiriq chizma ko‘rinishida bajarilsin.
Eslatma: Guruhdagi har bir o‘quvchi o‘zining qobiliyatiga qarab bajaradi. Eng yaxshi bajarilgan variant tanlanadi va u o‘quvchi rag‘batlantiriladi.
3 – guruh topshiriqning mavzusi: Modelning shakli razmetka chiziq bo‘yicha o‘zgartirilsin.
1. Loyihalashga nimalar kiradi.
2. Modelning zagatovkasi sirtiga razmetka chizig‘i tortilgan. Razmetka bo‘yicha ortiqcha joylari qirqib olingan model ko‘rinishlari chizilsin.
3. Eslatma: o‘quvchi o‘z hoxishiga ko‘ra ushbu zagatovkadan boshqacharoq model loyihalashi mumkin.
Eng yaxshi dizayn talabida loyihalangan model tanlab olinadi va u rag‘batlantiriladi.
4 – guruh topshiriqning mavzusi: kubning shakli uchta teshikdan tirqish (zazor)siz o‘tadigan model loyihalansin.
1. Loyihalashga nimalar kiradi.
2. Berilgan kub tasvirlangan uchta (V, H, W) teshiklardan tirqishsiz silliq qilib o‘tadigan darajada loyihalansin.
3. Topshiriq chizma ko‘rinishida bajarilsin. Eng yaxshi bajarilgan variant egasi taqdirlanadi.
5 – guruh topshiriqning mavzusi: Modeldagi chiqiq qismi asosi hisobiga chuqurchaga almashtirilsin.
1. Loyihalashga nimalar kiradi.
2. Modeldagi chiqiq uning asosi qalinligi hisobiga chuqurchaga almashtirilsin.
Chuqurcha xuddi chiqiqning o‘lchami va shakliga mos kelsin.
3. Topshiriq chizma ko‘rinishida bajarilsin.
Eslatma: o‘quvchi o‘z hoxishiga qarab chiqiq shakli va o‘rnini almashtirishi mumkin. Modeldagi chuqurchani fazo hisobiga chiqiqqa almashtirishi mumkin. Eng yaxshi bajarilgan loyiga g‘olib hisiblanadi.

O‘quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang

Barcha savollar bo‘yicha fikringizni grafik usulda isbotlashga harakat qiling.





Dars oxirida guruhlarda bajarilgan topshiriqlar umumlashtiriladi va qaysi guruhda rag‘batlantirilgan o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lsa o‘sha guruh g‘olib deb topiladi, hamda taqdirlanadi.


Dars oxirida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim saviyasini quyudagi test savollari yordamida aniqlashi mumkin.

Download 286 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling