Valyuta bozori va valyuta operatsiyalarining xalqaro moliya munosabatlartdagi ahamiyati
Download 192 Kb.
|
xorijiy valyutalar bilan bogliq operatsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat banklanga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun
Market-meykerlar - bu turli valyutalarni bitimlar bo’yicha sotib olish va sotish kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga oshiruvchi moliya muasassalari hisoblanadi. Bozorning passiv ishtirokchilari sezilarli darajadagi kapital bilan qatnashayotgan bo’lsalarda, bozor holatiga kuchsiz ta'sir ko’rsatadilar va ularning faoliyati ochiq bozordagi kurslarni professionallar tomonidan tartibga solishga majbur qilishi mumkin. Albatta, market-meykerlar faqatgina chet el valyutalarini milliy valyuta bilan solishtirmaydilar, balki ular milliy valyutaga tegmagan holatda chet el valyutalarini o’zlarini kotirovkalarini ham amalga oshirishlari mumkin. Umuman, ma'lum bir valyutalarni emitenti bo’lgan mamlakatlarda shu valyuta bo’yicha market-meykerlar mazkur mamlakatda joylashgan bo’ladi. Evro bo’yicha yetakchi market-meykerlarni Germaniyadan, Shveytsariya franki bo’yicha esa, Shveytsariyadan topish mumkin. Market-meykerlar o’zi mutaxassis bo’lib hisoblangan valyutani oldi-sotdi kursi kotirovkasini amalga oshiradi. Nisbatan kam banklar, butun dunyo bo’yicha valyuta kotirovkasini beradilar, shunday bo’lsada, Buyuk Britaniyaning keng tarmoqli kliring banklari kabilar o’z mijozlariga keng ko’lamda kotirovkalarini taklif etadi. Valyuta bozorida kam uchraydigan valyuta bilan bog’liq operatsiyalarni tijorat banklarida diling bulimini o’zi emas, balki qo’shimcha bulimlar amalga oshiradilar. Kam uchraydigan valyutalar, asosan, valyuta bozori rivojlanmagan mamlakatlarda yoki chet el valyutasi bilan bog’liq operatsiyalarga ma'lum bir cheklovlar qo’yilgan mamlakatlarda uchraydi. Albatta, bunday cheklovlar mamlakat hududiga valyuta kirib kelishiga emas, balki ko’proq chiqib ketishiga joriy qilinishi keng qo’llaniladi. Agar, banklar ushbu (kam qo’llaniladigan) valyutalar bo’yicha mijozlarning talablarini bajara olmasa, ular o’zlarining flliallari yoki boshqa valyutalarda pul qabul qilish yoki to’lovni amalga oshirish maqsadida vakillik banklardan foydalanadilar.
Tijorat banklanga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 28 martda 31-son bilan tasdiqlangan «Xorijiy valyuta operatsiyalarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga litsenziya berish tartibi»ga asosan, uch xil litsenziya berilishi ko’zda tutilgan: Bosh litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo’lgan vakolatli banklar O’zbekiston Respublikasi hududida va xorijda barcha valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega; Ichki litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo’lgan vakolatli banklar O’zbekiston Respublikasi hududida to’liq yoki chegaralangan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega; Bir martalik litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo’lgan vakolatli banklar xorijiy valyutada aniq bir operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega. Iqtisodiyotning erkinlashuvi va xalqaro valyuta bozorlariga integratsiyaning kuchayishi natijasida, valyuta operatsiyalari, mamlakatimizda, tijorat banklarining yana bir daromad topish manbasini vujudga keltirmoqda. Download 192 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling