Valyuta bozori va valyuta operatsiyalarining xalqaro moliya munosabatlartdagi ahamiyati
a) agar mijoz bank bilan valyutani sotish haqida bitim tuzgan bo’lsa, lekin,u mazkur valyutani bankka yetkaza olmasa, u holda bank
Download 192 Kb.
|
xorijiy valyutalar bilan bogliq operatsiyalar
a) agar mijoz bank bilan valyutani sotish haqida bitim tuzgan bo’lsa, lekin,u mazkur valyutani bankka yetkaza olmasa, u holda bank:
valyutani mijozga spot kurs bo’yicha sotishi (bitimning bajarilish muddati kelganda); forvard valyuta bitimi shartlari bo’yicha qaytadan valyutani sotib olishi mumkin. b) agar mijoz bank bilan valyutani sotib olish haqida bitim tuzgan bo’lsa, u holda bank: ko’rsatilgan miqdordagi valyutani "forvard" kursi bo’yicha mijozga sotishi; tezda zarur bo’lmagan valyutani qaytadan "spot" kurs bo’yicha sotib olishi mumkin. Natijada, bank mijozga etishmayotgan valyutani "spot" kurs bo’yicha sotib olib yoki sotib, forvard valyuta bitimi bajarilishiga imkoniyat yaratadi. Bu kelishuvlardan forvard valyuta bitimini so`ndirish sifatida foydalaniladi. Forvard valyuta bitimini so`ndirishda bank odatda mijozning joriy hisobrakamida bir yozuv olib boradi, unda ikki bitim o’rtasidagi farq aks etadi. Bu yozuv debitli yoki kreditli qoldiqka ega bo’lishi mumkin, chunki "forvard" kursi va "spot" kursi o’rtasidagi farq yo zarar, yo daromad keltirishi mumkin. Sundirish jarayonini quyidagicha aniqlanadi. Sundirish - forvard valyuta bitimini tugallashdir, agar bitimning boshqa qatnashchisi mazkur bitim bo’yicha o’z majburiyatlarini bajara olmasa, yoki bajarishni istamasa, amalga oshiriladi. Sundirish to’liq yoki qisman amalga oshirilishi mumkin. To`liq so`ndirish mijoz tomonidan quyidagilar aniqlanganda amalga oshiriladi: u bitim bo’yicha bankka sotishi kerak bo’lgan valyutani ololmay qolganda; bitim bo’yicha bankdan sotib olishi shart bo’lgan chet el valyutasiga endilikda ehtiyoj sezmaganda. Bank qisman so`ndirishni mijoz tomonidan quyidagilar aniqlanganda amalga oshiriladi: u bitim bo’yicha bankka sotishi kerak bo’lgan valyutaning to’liq summasini ololmay qolganda; bitim bo’yicha bankdan sotib olishi shart bo’lgan chet el valyutasining hammasiga ehtiyoj sezmaganda. Forvard bitimlarini uzaytirishda quyidagi holat vujudga kelishi mumkin: forvard valyuta bitimi o’z nixoyasiga etmoqda, birok, mijoz xorijiy xaridordan yoki xorijiy sotuvchidan to’lovga kutilayotgan valyutani xali olmagan bo’lishi mumkin. Mijoz forvard valyuta bitimida kelishilgan miqdordagi valyutani xali sotib olish yoki sotish niyati bor, lekin u mazkur bitimdagi valyutaning yetkazib berilish vaqtini uzaytirish niyati bor. Bunday holatda mijoz quyidagilami amalga oshirishi mumkin: spot bitimiga muvofiq, bankdan eski bitimni so`ndirishni surashi va oddiy yo’l orqali hisoblangan qo’shimcha davrning kursi bo’yicha yangi bitim tuzishi mumkin; bankdan ushbu bitimdagi sotib olish va sotishning bank kurslarini o’zgartirib, bitimni uzaytirishni surash. Shunday qilib, forvard valyuta bitimini uzaytirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin, degan savol tug`iladi. Download 192 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling