3. MUDDATLI BITIMLAR BILAN BOG`LIQ OPERATSIYALAR
Tijorat banklarining muddatli bitimlari deb, belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan keyin amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi.
Amaliyotda muddatli bitimlarning keng tarqalgan quyidagi turlari mavjud:
forvard valyuta bitimlari;
moliyaviy fyuchers bitimlari;
valyuta optsioni;
svop operatsiyalari.
Forvard valyuta bitimi - bu, valyuta bo’yicha bitim imzolangan sanadan boshlab, ikki ish kunidan keyin amalga oshiriladigan to’lovni nazarda to`tuvchi bitimdir. Bu bitim aniq bir sanada, yoki ikki sana orasida amalga oshirishni nazarda tutishi mumkin.
Quyidagilar ushbu bitimning ayrim o’ziga xos bo’lgan jihatlari mavjud:
bu voz kechib bo’lmaydigan va majburiy shartnomadir. Bitim tuzilgandan keyin mijoz bitimdan voz kechishga xakki yo’q. Mijoz shartnomada ko’rsatilgan chet el valyutasini sotib olishi yoki sotishi shart.
bu bitim chet el valyutasidagi aniq bir summani tashkil etadi. Mijoz bitimda ko’rsatilgan summadan ko’proq valyutani sotib olishga ham, sotishga ham xakki yo’q.
v) bitim kelajakdagi aniq bir sanada bajarilishi shart (agar optsionli bitimlar bo’lsa - ikkita aniq sananing orasida). Mijozda forvard bitimi bajarilish sanasini uzoqlashtirishga ham, yaqinlashtirishga ham vakolat yo’q. Forvard valyuta bitimi tuzilgandan so’ng, uning bajarilishi fyuchers bitimlari va valyuta optsionlaridan farqli ravishda majburiy hisoblanadi.
Agar, bank mijozi bilan chet el valyutasini sotish va sotib olish haqida bitim tuzsa, u faqat mijozi bilan emas, balki tashqi valyuta bozori bilan ham aloqa qiladi. Bu shuni anglatadiki, bank mijozi yoki bir qancha mijozlari bilan tuzgan forvard bitimlari uchun, albatta, valyuta bozori orqali valyutani sotib olishi yoki sotilishi koplanishini ta'minlashi kerak. Dilerning "pozitsiya"si har qanday ma'lum kunning yoki davming oxirida doimo teng holda bo’lishi shart. Ya'ni, sotib olinayotgan va sotilayotgan valyutalar balanslashtiriladi. Agar mijoz qandaydir bir sabab bilan bitim shartlarini bajarolmay kolsa (bajarishni hohlamasa), u holda bank bozor bilan tuzgan bitimini bajarishi shart qilib belgilangan. Shuning uchun, bank mijozidan bitimda kelishilgan barcha shartlar bajarilishini talab qiladi. Shu orqali, forvard valyuta bitimining shartlari qattiq hisoblanadi, va agar mijoz uning shartlarini bajara olmasa, bank mijozning forvard valyuta bitimidagi majburiyatlarni bajarmasdan ketib qolishiga yo’l quymaydi, balki bitimning muddatini "uzaytiradi" yoki "sundiradi" .Forvard valyuta bitimi qat’iy belgilangan, yoki optsionli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |