Valyuta kursi, valyuta pozitsiyasi va nazorati turlari bajardi: bi-72 guruh talabasi baxromjon boqiyev reja


Download 118.21 Kb.
Sana07.06.2020
Hajmi118.21 Kb.
#115783
Bog'liq
BI-72 Boqiyev B. VALYUTA KURSI, VALYUTA POZITSIYASI VA NAZORATI TURLARI

VALYUTA KURSI, VALYUTA POZITSIYASI VA NAZORATI TURLARI

Bajardi: BI-72 guruh talabasi

BAXROMJON BOQIYEV

Reja:

  • Huquqiy asos.
  • Valyuta kursi.
  • Valyuta pozitsiyasi.
  • Valyutani tartibga solish.

HUQUQIY ASOS

  • “Valyutani tartibga solish to`g`risida”gi qonun yangi tahrir (22.10.2019.)
  • “Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom(ro‘yxat raqami 2536, 17.12.2013-y.)
  • Vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish tartibi (ro‘yxat raqami 511, 22.10.1998-y.).
  • “Valyuta birjasi faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom(ro‘yxat raqami 2788, 18.05.2016-y.)
  • “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 3029, 29.06.2018-y.)

“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun 4-modda:

  • valyuta kursi — chet el valyutasining O‘zbekiston Respublikasi valyutasiga nisbatan kursi;
  • valyutani nazorat qilish — valyutani nazorat qiluvchi organlarning valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
  • valyuta operatsiyalari — valyuta qimmatliklariga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning o‘tishi bilan bog‘liq operatsiyalar, valyuta qimmatliklaridan to‘lov vositasi sifatida foydalanish, valyuta qimmatliklarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, jo‘natish va o‘tkazish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, jo‘natish va o‘tkazish, rezidentlar va norezidentlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi valyutasidagi operatsiyalar;
  • valyutani tartibga solish — valyuta qimmatliklarining muomalada bo‘lish tartibini, valyuta qimmatliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish qoidalarini belgilash yuzasidan valyutani tartibga solish organining faoliyati;

8-modda

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalarda valyuta kursi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, shartnomaviy asosda belgilanadi.
  • O‘zbekiston Respublikasi valyutasining chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi.
  • Markaziy bank chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini belgilashda chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif asosida valyuta kursini aniqlash uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.

VALYUTA POZITSIYASI

Valyuta pozitsiyasi – dilerning talab va majburiyatlarini nisbati. U ikki qismdan iborat, ya’ni “uzun” va “qisqa” pozitsiyadan.

  • “Uzun” pozitsiyada dilerning talablari aks etadi. Talablar esa, diler tomonidan valyuta sotib olinganda hosil bo’ladi.
  • “Qisqa” pozitsiyada dilerning majburiyatlari aks etadi. Majburiyatlar esa, diler tomonidan valyuta sotilganda hosil bo’ladi.



operatsiyalar

 

Valyuta pozitsiyalari

 

Sotib olingan (talab)

Sotilgan (majburiyat)

Funt-sterling

dollar

marka

Shv. franki

dollar

marka
  •  

1000

f.st


1550 dol.

1000

 

 

 

1550

 
  •  

900 dol.

2295 marka

1000

 

 

 

650

2295
  •  

2000 dol.

4000

1000

1350

 

4000

 

2295
  •  

3950 marka

1000 f.st.

 

1350

1655

4000

 

 

Kurs bo`yicha f.st.ga o`rkazish

 

870.968

418.987

222.278

 

 

1.55 doll=1 f.st.

 

 

 

 

 

 

3.95 marka=1f.st.

 

 

 

 

 

 

3.255 shv. fr.=1 f.st.

 

 

 

 

 

 

Jami: f.st.

1289.955

1222.278

Daromad: f.st.

61.677

VALYUTA POZITSIYASI


YOPIQ VALYUTA POZITSIYASI

OCHIQ VALYUTA POZITSIYASI

OCHIQ VALYUTA OPERATSIYASI

Agarda dillerning talablari majburiyatlaridan ko‘p bo‘lsa, unda valyuta pozitsiyasi “uzun” pozitsiya bo'yicha ochiq hisoblanadi. Agarda dillerning majburiyatlari talablaridan ko‘p bo‘lsa, unda valyuta pozitsiyasi “qisqa” pozitsiya bo‘yicha ochiq hisoblanadi. Dillerning talab va majburiyatlari o‘zaro teng bo‘lsa, unda valyuta pozitsiyasi yopiq hisoblanadi.


Valyutani tartibga solish

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga soluvchi davlat organidir.
  • Vakolatlari:

  • norezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida amal qilinishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
  • valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini belgilaydi;
  • valyuta birjalari faoliyatini litsenziyalaydi va tartibga soladi;

Valyutani tartibga solish

  • banklar uchun ochiq valyuta pozitsiyasining limitlarini belgilaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi banklari uchun valyuta operatsiyalari hisobi va hisoboti shakllarini hamda ularni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
  • tashqi sektor statistikasini tuzish uchun barcha rezidentlar va norezidentlar tomonidan taqdim etilishi majburiy bo‘lgan valyuta operatsiyalarining hisobi va hisoboti shakllarini belgilaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi banklarining valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishga doir faoliyatini tartibga solishni va nazorat qilishni amalga oshiradi.
  • Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida valyuta operatsiyalarining barcha turlarini amalga oshirish huquqiga ega.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Download 118.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling