Valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari


Download 66.77 Kb.
bet4/6
Sana20.09.2023
Hajmi66.77 Kb.
#1682789
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1493312161 68069

Milliy valyutaning konvertatsiya shartlari. Konvertatsiya deganda milliy valyutaning xorijiy valyutalarga almashtirilishi tushuniladi. Konvertatsiya shartlariga ko‘ra milliy valyutalar quyidagi turlarga ajratiladi:

  • erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta. Iqtisodiy jihatdanrivojlangan davlatlarda valyuta cheklovlari yo‘q bo‘lib, milliy valyutalar xorijiy valyutalarga erkin konvertatsiya qilinadi. Xalqaro valyuta Fondining yangi tahrirdagi Nizomiga (1978) «erkin foydalaniladigan valyuta» tushunchasi kiritilgan. Xalqaro valyuta Fondi ushbu kategoriyaga AQSH dollari, Germaniya markasi, yapon iyenasi, Buyuk Britaniya funt sterlingi va fransuz frankini kiritdi. Haqiqatda olganda, erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalar to‘lov balansining joriy operatsiyalari bo‘yicha valyuta cheklovlari mavjud bo‘lmagan davlatlar valyutalari hisoblanadi (bular asosan rivojlangan davlatlar va jahon moliyaviy markazlari shakllangan yoki Xalqaro valyuta Fondi oldida valyuta cheklovlarini kiritmaslik majburiyatini o‘z zimmasiga olgan ayrim rivojlanayotgan davlatlar);

  • qisman konvertatsiya qilinadigan valyutalar valyuta chek-lovlari saqlanib qolgan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga konvertatsiyasi davlat iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda birmuncha cheklanadi.

  • xorijiy valyutalarga konvertatsiya qilinmaydigan (yopiq) valyutalar. Ba’zi davlatlarda siyosiy sabablarga ko‘ra milliy valyutalar xorijiy valyutalarga umuman konvertatsiya qilinmaydi, ya’ni rezident va norezident shaxslar uchun valyuta almashtirishga ruxsat yo‘q.

Milliy valyuta kursi rejimi. valyuta kursining quyidagi rejimlari mavjud:

  • qat’iy belgilangan kurslar rejimi. Davlat o‘z iqtisodiy si-yosatidan kelib chiqqan holda, ma’muriy tarzda, milliy valyuta kursini qat’iy belgilab qo‘yishi mumkin. Masalan, Bretton-Vuds sharoitidagi qat’iy belgilangan kurslar rejimi;

  • kichik chegaralarda tebranadigan kurslar rejimi. Bu holat-da, davlat o‘z iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, milliy valyuta kursini ma’lum bir chegaralarda tebranishidan manfaatdor bo‘ladi va valyuta siyosatining instrumentlaridan foydalangan holda ushbu maqsadga erishadi;

  • valyutaga bo‘lgan bozor talabi va taklifining o‘zgarishi aso-sida erkin tebranadigan kurslar rejimi va ularning turli ko‘rinishlari. Bunga misol sifatida Yamayka valyuta tizimi sharoitidagi erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimini keltirishimiz mumkin.

Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanishni chegaralash. Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanish qoidalari soddalashtirilgan xalqaro me’yorlarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu xalqaro me’yorlarga Jenevaning veksel va chek konvensiyalari kiradi.
Xalqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari orasidagi nisbatni aniqlash. Yuqorida qayd etilganidek, xalqaro zaxira aktivlari komponenti to‘rt qismdan iborat, ya’ni mamlakatning rasmiy oltin va valyuta zaxiralari, xalqaro hisob-kitob pul birliklaridagi hisobvaraqlar, Xalqaro valyuta Fondidagi zaxira pozitsiyasi. Albatta, mamlakat xalqaro likvidligini ta’minlash uchun ushbu komponentlar o‘rtasida mutanosib nisbat saqlanishi kerak.
Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini chegaralash reglamentatsiyasi. Xalqaro hisob-kitoblarning cheklovi milliy va jahon valyuta tizimlari darajasida, hujjatli akkreditivlar va inkassa uchun soddalashtirilgan qoida va udumlar asosida amalga oshiriladi.
Milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi. valyuta va oltin bozorlarining rejimi milliy va xalqaro muvofiqlashtirishning obyekti hisoblanadi.
valyuta cheklovlarini o‘rnatish tartibi. valyuta cheklovlarining mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligi valyuta tizimining elementi hisoblanadi. valyuta qiymatliklari bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarga cheklovlar ham Xalqaro valyuta Fondi orqali davlatlararo muvofiqlashtirish obyektiga kiradi.
valyuta munosabatlariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi milliy organlar maqomi. Bu valyuta tizimining muhim institutsional elementidir. Gap mamlakat valyuta munosabatlarini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi milliy organlar (Markaziy bank, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, ba’zi mamlakatlarda valyuta nazorat organlari) faoliyatini chegaralash haqida bormoqda. Milliy valyuta qonunchiligi milliy va xorijiy valyutadagi operatsiyalarni (egalik huquqi, olib kirish va olib chiqish, oldi-sotdi) muvofiqlashtiradi.

Download 66.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling