Valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari


Jahon va hududiy valyuta tizimlari, ularning elementlari


Download 66.77 Kb.
bet5/6
Sana20.09.2023
Hajmi66.77 Kb.
#1682789
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1493312161 68069

4. Jahon va hududiy valyuta tizimlari, ularning elementlari


Jahon valyuta tizimi – bu jahon bozori xo‘jaligi rivojlanishi asosida shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarni tashkil etish shaklidir. Milliy valyuta tizimi hamda ushbu tizimga kiruvchi har bir mamlakat valyuta mexanizmini tashkil etishning davlat-huquqiy shakli jahon valyuta tizimining tashkiliy asosi hisoblanadi.
Jahon valyuta tizimi XIX asrning o‘rtalariga kelib shakllandi. Jahon valyuta tizimi o‘z ichiga milliy valyuta tizimi elementlari bilan yaqindan aloqada bo‘lgan ma’lum bir elementlarni oladi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. zaxira valyutalari, xalqaro hisob-kitob valyuta birliklari

(SDR, YEVRO);

  1. valyutalarning o‘zaro konvertatsiya qilinish shartlari;

  2. valyuta paritetlarining soddalashtirilgan (unifikatsiya) rejimi;

  3. valyuta kurslari rejimlarini chegaralash (reglamentatsiya);

  4. valyuta cheklovlarini davlatlararo muvofiqlashtirish;

  5. xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo muvofiqlashtirish;

  6. xalqaro kredit muomala vositalaridan foydalanish qoidalarini soddalashtirish (unifikatsiya);

  7. xalqaro hisob-kitoblar asosiy shakllarini soddalashtirish

(unifikatsiya);

  1. jahon valyuta va oltin bozorlari rejimi;

  2. davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchixalqaro tashkilotlar.

Zaxira valyutalari, xalqaro hisob-kitob valyuta birliklari (SDR, YEVRO). Jahon valyuta tizimi jahon pullarining amal qiluvchi shakllariga asoslangan. Jahon puli deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat ko‘rsatuvchi pullarga aytiladi. Jahon pullarining amaldagi shakllari evolutsiyasi birmuncha kechikib bo‘lsa-da, milliy pullarning rivojlanish yo‘lini qayta bosib o‘tadi, ya’ni oltin pullardan boshlab kredit pullargacha. Bunday qonuniyat natijasida jahon valyuta tizimi XX asrga kelib jahonning yetakchi mamlakatlarining bir yoki bir nechta milliy valyutalariga (an’anaviy yoki yevro valyuta shaklida) yoki xalqaro valyuta birligiga (SDR, YEVRO) asoslanadi.
Xalqaro hisob-kitob valyuta birligi xalqaro talab va majburiyatlarni o‘zaro solishtirish, valyuta pariteti va kursni belgilash uchun shartli masshtab hamda xalqaro to‘lov va zaxira vositasi sifatida ishlatiladi. Oltinning demonetizatsiyasi jarayoni, ya’ni Yamayka (1976-1978) valyuta islohoti natijasida yuridik jihatdan yakunlanishi, oltinning pul funksiyalarini yo‘qotishi, jahon puli sifatida muvozanatsiz milliy pullar ishlatilishining salbiy oqibatlari valyuta tizimiga SDR (qarz olishning maxsus huquqlari) va EKYUni (Yevropa valyuta birligi) tatbiq etishga sharoit yaratib berdi. Jahon pullarining ushbu yangi shakllari mamlakatlarning maxsus hisobvaraqlarida yozuvlarni amalga oshirishda, naqd pulsiz xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlatiladi: SDR – Xalqaro valyuta Fondida, EKYU – valyuta hamkorligining Yevropa fondida, 1994 yildan boshlab Yevropa Ittifoqining Yevropa valyuta institutida. SDR va EKYUning shartli qiymati o‘rtacha tortilgan qiymat va valyuta savatiga kirgan valyutalar kurslarining o‘zgarishi asosida hisoblanadi. 1999-yildan boshlab
Yevropa Markaziy banki EKYUning o‘rniga muomalaga YEVROni chiqarmoqda. Dastlab, u 1999-yilning boshidan naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun, 2002-yildan boshlab esa naqd pul shaklida ishlatila boshlandi.
Xalqaro hisob-kitob pul birliklarining kursi savat asosida aniqlanadi. valyuta savatini hisoblashdagi muhim muammolardan biri savatdagi valyutalar tarkibi va ularning solishtirma og‘irligi, valyuta komponentlarining katta-kichikligi, ya’ni to‘plamdagi har bir valyuta soni miqdorini aniqlash hisoblanadi. Bunga ko‘ra savatning quyidagi turlari farqlanadi: ma’lum bir davrga valyutalar tarkibi qayd etilgan standart savat, o‘zgaruvchan tarkibli muvofiqlashtiriluvchi savat, valyutalarning o‘zaro teng bo‘lgan solishtirma og‘irligiga ega simmetrik savat, valyutalarning turli ulushlarga ega asimmetrik savat.
Masalan, SDRning valyuta savati 5 valyutadan tarkib topgan (1981-yilning 1-yanvarigacha 16 ta valyuta bo‘lgan). Savatdagi har bir valyutaning solishtirma og‘irligi mamlakatning xalqaro savdodagi ulushiga qarab aniqlanadi. Ammo AQSH dollari uchun uning xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi hisobga olinadi. 19962000-yillar davrida savatdagi AQSH dollarining ulushi 39 %ni (1981-yilgacha 33 %ni), qolgan 4 valyuta: Germaniya markasi – 21 %, Yapon iyenasi – 18 %, Fransuz franki va Buyuk Britaniya funt sterlingi har biri 11 %ni tashkil etgan.
2001-yilda ushbu savat tarkibi qayta ko‘rib chiqildi va 1999yildan boshlab Germaniya markasi va fransuz franki yevro bilan almashtirildi.
SDR kursining AQSH dollariga yoki savat tarkibiga kirgan boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblanishi 3 asosiy elementni o‘z ichiga oladi:

  1. taalluqli valyuta birliklaridagi valyuta komponentlari, ularquyidagicha aniqlanadi: valyutaning savatdagi solishtirma og‘irligi x uning AQSH dollariga nisbatan so‘nggi 3 oy ichidagi o‘rtacha bozor kursi (bundan oldingi SDR kursiga tuzatilgan holda);

  2. valyutalarning AQSH dollariga nisbatan bozor kurslari;

  3. valyuta komponentlarining dollarli ekvivalenti, u quyidagicha hisoblanadi: valyuta komponenti/ valyuta kursi (funt sterlingdan tashqari), funtning valyuta komponenti x dollarga nisbatan valyuta kursiga.

Bunda AQSH dollaridagi kross-kurs Angliya bankining Xalqaro valyuta Fondiga SDR kursini hisoblash maqsadida bergan, ish kunining o‘rtasiga bo‘lgan valyutalarning o‘rtacha bozor kurslari haqidagi kunlik ma’lumoti asosida aniqlanadi.
Erkin suzuvchi valyuta kurslari va ularning muvozanatsizligi sharoitida turli mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan valyuta savati uslubi qo‘yilgan maqsadlardan kelib chiqib ( valyuta kursini aniqlash, xalqaro valyuta birligini yaratish, baho valyutasi va qarz valyutasini indeksatsiya qilish), valyutalarning turli to‘plamidan foydalangan holda ishlatilmoqda.
Yevropa valyuta ittifoqida valyuta paritetlarining asosi sifatida EKYU ishlatilgan. valyuta savati Yevropa ittifoqi mamlakatlarining 12 valyutasidan iborat. 1999-yildan boshlab Yevropa valyuta ittifoqining yagona valyutasi yevrodir. Bundan tashqari, bir qator mamlakatlar (taxminan 20 ta davlat) valyutalarning kursini bog‘lash maqsadida yakka tartibdagi valyuta savatidan foydalanmoqda.

Download 66.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling