Valyuta opratsiyalari


Download 79.48 Kb.
bet14/18
Sana30.04.2023
Hajmi79.48 Kb.
#1401985
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2. ПУЛ МАБЛАҒЛАРИ ВА ВАЛЮТА ОПЕРАЦИЯЛАРИ ҲИСОБИ

6. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni yuritish
Korxonaning o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida etkazib berilgan boyliklar, baja-rilgan ishlar, olingan xizmatlar uchun boshqa korxonalar bilan o‘zaro pulli hisob-kitob munosabatlariga kirishadi.Hisob-kitoblar mahsulot etkazib berish, ishlar bajarish, xizmat ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha bajarilgan majburiyatlar uchun keyin haq to‘lash yoki
oldindan to‘lash tarzida amalga oshiriladi. Xalk xo‘jaligidagi hisob-kitoblar shakllari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Uning
belgilashicha, mulkning barcha shaklidagi korxonalarning o‘z majburiyatlari bo‘yicha boshqa korxonalar bilan hisob-kitoblari, shuningdek tovar-moddiy boyliklar uchun jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, odatda, bank muassasalari orqali nakd pulsiz tartibida amalga oshirilishi lozim.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarni hisobga olishda 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» hisobvarag‘idan foydalaniladi.
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» hisobvarag‘i passiv bulib, uning kredit tomonida hisobot davri oxirida kolgan saldo korxonaning Mol yetkazib beruvchi va pudratchilardan bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi. Kredit oboroti ushbu qarzning ko‘payishini, debet oboroti esa uning o‘zilishini anglatadi.

Mol etkazib bero‘’chilardan ishlab chiqarish zahiralari sotib olinganila quyidagicha provodka beriladi: D-t 1010-1090, 1510


K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
Mol yetkazib beruvchining kdrzi hisob-kitob schyotidan tulanganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Ba’zi hollarda Mol yetkazib beruvchining qarzi bank krediti hisobidan ham tulanishi mumkin:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»
K-t 6810, 7810.



Download 79.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling