Valyuta riski bajardi: Muhiddinov Shohrux


Valyuta pozitsiyasi – dilerning talab va majburiyatlarini nisbati. U ikki qismdan iborat, ya’ni “uzun” va “qisqa” pozitsiyadan


Download 310.38 Kb.
bet3/3
Sana18.11.2023
Hajmi310.38 Kb.
#1786068
1   2   3
Bog'liq
SMM-53 Muhiddinov Shohrux

Valyuta pozitsiyasi – dilerning talab va majburiyatlarini nisbati. U ikki qismdan iborat, ya’ni “uzun” va “qisqa” pozitsiyadan.

  • “Uzun” pozitsiyada dilerning talablari aks etadi. Talablar esa, diler tomonidan valyuta sotib olinganda hosil boʻladi.
  • “Qisqa” pozitsiyada dilerning majburiyatlari aks etadi. Majburiyatlar esa, diler tomonidan valyuta sotilganda hosil boʻladi.
  • Valyuta kursining oʼzgarishiga quyidagi omillar taʼsir koʼrsatishi mumkin:

    Valyuta kursining oʼzgarishiga quyidagi omillar taʼsir koʼrsatishi mumkin:

    1. Foiz stavkalarining oʼzgarishi.

    2. Joriy savdo balansining holati.

    3. Inflyatsiya darajasi.

    4. Iqtisodiy va siyosiy sharoitlar.

    5. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi.

    Valyuta riskini boshqarish usullari va ularning mohiyati.

    Valyuta riskini boshqarish usullari va ularning mohiyati.

    Jahondagi yirik korporatsiyalar faoliyatida yuzaga keladigan moliyaviy risklarning barcha turlarini oʻrganib borish hamda ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishda alohida risklar boʻyicha menejerlik faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

    Valyuta kurslari oʻzgarishlarini aniqroq prognozlashtirish, valyuta risklarini sug’urtalash (xedjerlash) dan foydalanish zarurdir.

    Valyuta riski sug’urtasi deganda, uni bartaraf etish bilan bog’liq choralar tushuniladi. Bunday choralarga, tashqi iqtisodiy operatsiyalar natijalarini, xorijiy valyutalar kursining oʻzgarishiga bog’liqligini yoʻqotishga qaratilgan choralar kiradi.

    Valyuta kurslarini bashorat qilish deganda, maxsus ilmiy tadqiqot uslublari yordamida kurslarning kelgusidagi oʻzgarishi haqida axborot olish tushuniladi.

    Valyuta riskining boshqarish qiyin boʻlgan turi-bu iqtisodiy riskdir. Bunday riskni boshqarish usuli sifatida quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin:

    1. Korxona operatsion faoliyatini restrukturizatsiya qilish. Bunda korxona xarid qiladigan xom-ashyolar va sotadigan tovarlari bitimining bir-biriga nisbatan teskari korrelyatsiyada boʻlgan valyutalarda tuzilishi maqsadga muvofiq sanaladi.

    2. Sotib olinadigan va sotiladigan tovarlar bitimi muddatini birxillashtirish. Bunda korxona tovarlarini sotgan kuni xom-ashyo sotib oladi va valyuta kursi riskidan ma’lum ma’noda himoyalanadi. Lekin korxona tovarlarini qachon va qancha miqdorda sotilishini rejalashtira olmaydi.


    Download 310.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling