Valyuta riski bajardi: Muhiddinov Shohrux


Translyatsion valyuta riski


Download 310.38 Kb.
bet2/3
Sana18.11.2023
Hajmi310.38 Kb.
#1786068
1   2   3
Bog'liq
SMM-53 Muhiddinov Shohrux

Translyatsion valyuta riski. Mazkur risk hisob-kitob yoki balans riski sifatida ham ma’lumdir. Uning manbai boʻlib, turli mamlakatlar valyutalarida ifodalangan aktiv va passivlar oʻrtasidagi nomuvofiqlik holati hisoblanadi. Bu riskning paydo bulishiga kompaniya balansini hisob-kitob qilish jarayonida aktiv va passiv tomonlari oʻzaro munosabatlarining toʻg’ri kelmasligi sabab boʻladi. Kompaniya shaxobchalari turli mamlakatlarda joylashgani va shu mamlakatlarda milliy valyuta kursi oʻzgarib turishi ushbu risklarni yuzaga keltiruvchi asosiy shartlardir.

Iqtisodiy valyuta riski. Iqtisodiy risk kompaniya iqtisodiy holatiga almashinuv kursi oʻzgarishining salbiy ta’siri ehtimoli sifatida ta’riflanadi. Bir xil turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar hamda boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida raqobatlashuvning oʻzgarishi, shuningdek, muayyan tovar belgisi iste’molchilari ehtiyojining oʻzgarishi natijasida risk yuzaga kelishi mumkin. Iqtisodiy valyuta riski mamlakatlar oʻrtasida tovar almashishda, tayyor mahsulotlarni sotib olish yoki sotishda valyutalar kursining oʻzgarishida yuzaga keladi. Kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotini boshqa mamlakatga sotish yoki kompaniyaning oʻsha mamlakatdagi shoxobchasida sotib olinadigan tovarlarni hisob-kitob qilish jarayonida valyuta kursi iqtisodiy valyuta risklarini yuzaga keltiradi.

Valyuta risklarining yuzaga kelishining asosiy sababi – valyuta kurslarini oʻzgarishi hisoblanadi.

Valyuta risklarining yuzaga kelishining asosiy sababi – valyuta kurslarini oʻzgarishi hisoblanadi.

Valyuta riski xalqaro savdo va kredit munosabatlarini qiyinlashtirib yuboradi, oqibatda mazkur munosabatlar ishtirokchilari valyuta xavf-xatarlarini oʻrganish orqali ularni bartaraf etish yoʻllarini qidira boshlaydilar.

Tashqi iqtisodiy shartnoma ishtirokchilari uchun valyuta riskini paydo boʻlishining quyidagi shartlarini ajratib koʻrsatish mumkin:

1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling