3-misol. Trend parametrlarini hisoblash.
«N»-yilning 10 oyi nominal oylik ish haqining oylar bo’yicha «N-1»-yilning dekabr oyidagi darajasiga nisbatan foiz hisobida o’sish sur’ati haqidagi ma’lumotlar 7.1-jadvalda berilgan.
7.1-jadval.
«N»-yilning 10 oyi nominal oylik ish haqining oylar bo’yicha «N-1»-yilning dekabr oyidagi darajasiga nisbatan foiz hisobida o’sish sur’ati
Oylar
|
Nominal oylik ish haqining o’sish sur’ati
|
Oylar
|
Nominal oylik ish haqining o’sish sur’ati
|
Yanvar
|
82,9
|
Iyun
|
121,6
|
Fevral
|
87,3
|
Iyul
|
118,6
|
Mart
|
99,4
|
Avgust
|
114,1
|
Aprel
|
104,8
|
Sentyabr
|
123,0
|
May
|
107,2
|
Oktyabr
|
127,3
|
Berilgan vaqtli qatorni grafigini tuzamiz (7.2-rasm).
Vaqt, oylarda
qatorning xaqiqiy darajalarqatorning chiziqli trend bo’yicha hisoblangan darajalari
7.2-rasm. “N”- yilning 10 oyi nominal ish haqining o’sish sur’ati dinamikasi
7.2-rasmdagi grafikdan o’suvchi trend borligini ko’rish mumkin. Chiziqli trend ham bo’lishi mumkin.
Keyingi tahlillar uchun qatorning darajalari va ularning logarifmlari bo’yicha avtokorrelyatsiya koeffitsientlarini aniqlaymiz (7.2-jadval).
7.2-jadval
“N”-yilning 10 oyi nominal ish haqining “N-1”-yilning dekabr oyi darajasiga nisbatan foiz hisobida o’sish sur’ati davriy qatorining avtokorrelyatsiya funktsiyasi
Lag
|
Avtokorrelyatsiya funktsiyasi
|
Qator darajalari bo’yicha
|
Qator darajalari logarifmlari bo’yicha
|
1
|
0.901
|
0,914
|
2
|
0,805
|
0,832
|
3
|
0,805
|
0,896
|
Jadvalda keltirilgan birinchi, ikkinchi va uchunchi tartibli avtokorrelyatsiya koeffitsientlari qiymatlarining yuqoriligi qator trendga ega ekanligidan dalolat beradi. Bu qatorning darajalari va darajalarning logarifmlari bo’yicha avtokorrelyatsiya koeffitsientlari qiymatlarining taxminan teng bo’lishi quyidagi xulosani keltirib chiqaradi: agar qator chiziqli bo’lmagan tendentsiyaga ega bo’lsa, demak u aniq bo’lmagan shaklda ifodalangan. Shuning uchun qatorning tendentsiyasini modellashtirish uchun ham chiziqli, ham chiziqli bo’lmagan funktsiyalardan foydalanish mumkin, masalan darajali yoki eksponentsial trendlardan.
Eng yaxshi trend tenglamasini keltirib chiqarish uchun trendlarning asosiy turlari parametrlarini aniqlaymiz. Ushbu hisob-kitoblarning natijalari 7.3-jadvalda keltirilgan. Jadvaldagi natijalarga asosan eng yaxshi trend, darajali shakldagi trend, uning uchun tuzilgan determinatsiya koeffitsienti boshqalarga qaraganda yuqori. Darajali trend tenglamasidan chiziqli shaklda ham, berilgan darajali shaklda ham foydalanish mumkin. Asl holda bu tenglama quyidagi ko’rinishga ega:
yoki
7.3-jadval
“N”-yilning 10 oyi nominal ish haqining “N-1”- yilning dekabr oyi darajasiga nisbatan foiz hisobida o’sish sur’ati davriy qatori uchun trendlar tenglamalari
Do'stlaringiz bilan baham: |