Вариант-1 Ҳаракатлар стратегиясининг жамият ҳаётидаги ўрни 2
Download 16.71 Kb.
|
Falsafa.Yakuniy.Toshmatov A.1-variant
Тошкент молия институти “Ижтимоий фанлар” кафедраси Сиртқи таълим йўналиши талабалари учун “Фалсафа” фанидан Якуний назорат вариантлари Вариант-1 1. Ҳаракатлар стратегиясининг жамият ҳаётидаги ўрни 2. И.Кант эстетик қарашлари Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga koʻra, har bir xalq oʻz oldiga ulugʻ va istiqbol maqsadlarni qoʻyishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallaydi. Bugun Oʻzbekiston ham oʻz tarixining ana shunday masʼuliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy gʻoyaga aylanmoqda. Jamiyatda adolatli boshqaruvning vujudga kelishi, shubhasiz, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Ular makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlash, tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, uning raqobatbardoshligini oshirish, ayniqsa, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning yangi innovatsion texnologiyalarining tatbiq etilishi imkoniyatlarini yaratadi. Yaʼni rivojlanishning ichki qonuniyatlariga koʻra, yangi sifat bosqichga koʻtarilishning murakkab, ammo takomillashgan shakllari paydo boʻladi. Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni amalga oshiradi. Natijada mavjud salohiyatdan samarali foydalanish orqali joylarda mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish oʻsish surʼatlari vujudga keladi. Jamiyatda ijtimoiy ongning oʻzgarishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham rivojlanib boradi. Jamiyat va uning holati aslida inson ongining inʼikosi. Fuqarolar qanday ezgu amallar maʼrifati bilan qurollangan boʻlsa, ana shu ruhiy qudrat istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon ulkan toʻlqin sifatida millatning mushtarak maqsadlarida namoyon boʻladi. U, oʻz navbatida, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida yangi tarmoqlarning, ishchi oʻrinlarning paydo boʻlishiga, aholining real daromadi va shunga muvofiq turmush darajasining oʻsib borishiga xizmat qiladi. 2. Kant ta’limoti bo’yicha, falsafaning eng muhim muammolari bo’lmish — borliq, axloq, degan masalalarini tahlil qilish uchun eng avvalo, inson bilimining imkoniyatlari va chegaralarini aniqlamoq kerak. Bizning bilimlarimiz narsaning hodisasini, ya’ni bizga qanday holatda namoyon bo’la olishini (fenomen) bila oladi. Ular bizning tajribamiz mazmunini tashkil qiladi. «Narsa o’zida»ning bizning sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasida sezgilar xaosi vujudga keladi. Bu xaos bizning aqlimiz quvvati bilan tartibga solinadi va bir butunga aylantiriladi. Biz tabiat qonunlari deb bilgan narsalar aslida aql tomonidan hodisalar dunyosiga kiritilgan aloqadir. Boshqacha qilib aytganda, bizning aqlimiz tabiatga qonunlar kiritadi. Lekin hodisalar dunyosiga inson ongiga bog’liq bo’lmagan narsalarning mohiyati, ya’ni «narsa o’zida» mos keladi. Ularni mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa o’zida» biz uchun faqat aql bilan bilish mumkin bo’lgan, lekin tajribadan kelib chiqmaydigan mohiyatdir. Kant inson aqlining cheksiz qudratiga ishonchsiz qaraydi. Inson bilimining nisbatan cheklanganligiga u ma’lum axloqiy ma’no beradi. Uningcha, agar inson mutlaq bilimga ega bo’lsa, unda axloqiy burchni bajarishi uchun kurash ham, intilish ham bo’lmasdi. Download 16.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling