Variant №1 Ekologiyani mustakil fan sifatida shaklllanishi,maqsadi va vazifalari


Variant № 5 Antropogen omillar va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar


Download 176.58 Kb.
bet11/57
Sana01.03.2023
Hajmi176.58 Kb.
#1240739
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57
Bog'liq
ekologiya yakuniy

Variant № 5

  1. Antropogen omillar va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar ( ekologik kengilik, shaxarlar muammosi,axoli sonini usishi, ozik-ovkat muammosi, toza suv muammosi toza xo vo muammosi, biosfera ifloslanishi zaxarli birikmalar, oqava suvlar, kattik jismli chikimdilar, zaxarli birikmalar,tabiiy resurslar tangligi ,iktisodiy muammolar yerlar tankisligi).

Antropogen omillar- inson faoliyati ta’siridir. Bunday omillar salbiy yoki ijobiy bo’lishi mumkin. Tirik organizmlar yashash muhitining antropogen omillar ta’sirida o’zgarishi, o’z navbatida ekosistemalardagi bog’lanishlaming inqirozga uchrashiga olib keladi. Bunga o’rmonlaming ko’plab kesilishi, cho’llaming o’zlashtirish, yaylovlarda nazoratsiz mol boqilishi va boshqalar misol bo’ladi. Tuproq, suv va havoning, sanoat chiqindilari va zaharli moddalar bilan zaharlanishi, ba’zi hollarda antropogen omillar ta’sirida butun beotsenozlar yo’qolib ketishi ham mumkin. Organizmga har bir omil ta’sir etishining quyi va yuqori chegaralari bo’ladi. Omilning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb ataladi. Har qanday ekologik omil ta’ sinning optimum, minimum va maksimum ko’rsatkichlari bo’ladi. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi. Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan tur nomiga «evri» old qo’shimchasini, tor doirada moslashganlariga esa «steno» old qo’shimchasi qo’shib nomlanadi. Organizmlaming temperaturaga moslashuvi evriterm, stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho’rlanishga nisbatan evrigalin, stenogalin, bosimga nisbatan evribat, stenobat ekologik guruxlari ajratiladi. Ekologik omillar organizmning turli funktsiyalariga turlicha ta’sir etadi. Sovuqqonli hayvonlar uchun havo temperaturasining 40-45°C bo’lishi modda almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, ammo ulaming faolligi, ya’ni harakatchanligi susayadi. Bunday hayvonlar tinim holatiga o’tadi. Muxitning ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi. Bir omilning ta’siri boshqa omillarining intensivligiga bog’lik bo’ladi. Buni omillaming o’zaro ta’sir etish qonuniyati deyiladi. Organizmlaming normal hayoti uchun ma’lum bir darajadagi sharoit talab etiladi. Agar barcha shart-sharoitlar qulay bo’lib, ulardan biri yetarli miqdorda bo’lmasa, cheklovchi omil deb ataladi.




  1. Download 176.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling