Variant №1 Ekologiyani mustakil fan sifatida shaklllanishi,maqsadi va vazifalari
Tugaydigan tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish
Download 176.58 Kb.
|
ekologiya yakuniy
3.Tugaydigan tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish(tabiiy resurs, antropogen omil, chiqindilar, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, texnologik jarayonlar, tuproq, suv, o‘simlik, xayvon, foydali qazilmalar.)
Yer osti qazilmalari o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslardan o'zining qayta tiklanish xususiyatlariga ega emasligi bilan ajralib turadi va tugaydigan tabiiy resurslarga kiradi. Qazilma boyliklar deb yer qa’ridan qazib olinadigan qora. rangli va nodir metall m a ’danlari, turli xil yonuvchi resurslar(ko‘mir, tabiiy gaz, neft, yonuvchi slanets, torf), kimyoviy xom ashyolar(tuzlar), qurilish materiallariga aytiladi. Biror-bir ishlab chiqarish sohasi yo'qki, unda yerdan qazib olinadigan resurslardan foydalanilmasa. Yer bag‘ri kimyo, metallurgiya, energetika va boshqa qator sanoat korxonalari uchun xomashyo manbai hisoblanadi. Yerdan qazib olingan yonilg'i resurslarga deyarli barcha texnika va transport vositalari harakatlanadi. Qazilma boyliklardan olinadigan mineral va kimyoviy o'g'itlardan esa qishloq xo'jaligida keng foydalaniladi. Hozirgi kunga kelib insoniyat foydalanadigan mineral va tog4 jinslarining umumiy soni 3500 dan ortib ketdi va har yili 120 milliard tonnadan ortiq foydali qazilmalar va turli tog' jinslari ishlatilmoqda. Qazilma boyliklami qazib olish, tashish, qayta ishlash vaqtida atrof-muhit ifloslanadi. Minglab unumdor yerlar industrial dashtlarga aylanadi. Suv, havo, tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkaziladi. Tog'-kon sanoati korxonalari faoliyati natijasida har yili kon usti jinslari, flotatsion boyitish chiqitlari, turli xil shlaklar, klcnkerlar hosil bo'ladi. Karyerlarda bo'ladigan portlatishlar atmosferaning katta miqdorda chang va gazlar bilan ifloslanishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda tog' jinslarini portlatish hisobiga atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar hajmi 2 million m 3 ga yetadi. Hisob-kitoblarga ko'ra. hozirga kelib, dunyo mamlakatlarining energiyaga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun yerdagi organik yonilg'ilar zaxirasi taxminan 150 yilga, jumladan, neft 35-40 yilga, gaz 50 yilga, ko'mir esa 425 yilga yetishi aniqlangan. Ko'mir zaxiralari neft va gaz zaxiralaridan ikki marta ko'p. “HFX” kafedrasi mudiri: G’. Mirzaqulov ______________________________________________________________________________________ Download 176.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling