Variant № 19
2. Tabiiy muhit muxofazasi va davlvt boshqaruvi (tabiat, tirik tabiat, inson, sanoat tomonidan tabiat ifloslanishi,aktiv, passiv, sanoat xududiy komplekslar, ifloslanishmanbalarnicheklash, tashlamalarni tozalash, fizik usullar, kimyoviy usullar, biologik usullar, texnik yechimlar, texnologik yechimlar, chiqindilarnitozalash)
Аtrof - muhitni muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi sistemasi deganda davlat tashkilotlarining tabiiy resurslarni qayta tiklash, ulardan oqilona va tejamli foydalanish, atrof - muhitni muhofaza qilish sohasidagi masalalarni hal qilish uchun qaratilgan tashkiliy faoliyatlari tushuniladi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi 1988 yil tashkil qilinib, atrof - muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan okilona foydalanish borasida davlat nazorati va tarmoqlararo -boshqaruv ishlarini amalga oshiradi. Uning vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Respublikada tabiatni muhofaza qiluvchi faoliyatlarni kompleks holda boshqarishni amalga oshirish. 2. Аtrof - muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning yagona ilmiy-texnikaviy siyosatini yaratish. 3. Oʼsimlik. va hayvonot olamidan, atmosfera havosi, yer osti suvlari, tuproqdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini oʼrnatish. 4. Xalq xoʼjaligini barcha sohalarida kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni jorikqilish. 5. Tabiiy resurslardan beshavqat foydalanuvchi, atrof - muhitni ifloslantiruvchi barcha tashkilotlar va shaxslarga davlatga yetkazayotgan zararlarni qoplovchi jarimalar, javobgarlikni talab qilishni tashkil qilish. 6. Tabiatni asrash va undan ehtiyotkorlik bilan foydalanishni taʼminlovchi ekologik taʼlim va tarbiyani tubdan yaxshilash. 1972 yilda atrof muhit muhofazasi borasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan atrof - muhitni muhofaza qilish boʼyicha maxsus Xalqaro tashkilot tashkil qilindi. Uning nomi Yu N Ye P - «BMT ning atrof muhit dasturi» - deb ataladi. Yu N Ye P - ning faoliyati quyidagi yoʼnalishlarni oʼz ichiga oladi: 1. Аholi zich joylashgan poʼnktlardagi ekologik muammolarni hal etish, inson salomatligi va yashash sharoitini yaxshilash, 2. Yer yuzi ekosistemalarini himoya qilish va choʼl zonalarini kengayishiga qarshi kurashish. 3. Ekologik taʼlimni va axborot ishlarini tashkil qilish. 4. Аtrof - muhitni muhofaza qilish sohasida savdo, iqtisodiy va texnologik aloqalarni rivojlantirish. 5. Dunyo okeanini ifloslanishdan saqlash. 6. Yovoyi oʼsimliklar va hayvonlarni himoya qilish. 7. Energetika sohasida ekologiya masalalarini hal qilish. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida atrof - muhitni muhofazasi bilan shugʼullanuvchi yana bir qator tashkilotdar mavjuddir: Butun jahon salomatlik tashkiloti (VOZ), Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EJ) va boshqalar. 1992 yil Stokgolmda oʼtkazilgan BMTning atrof - muhitni muhofazasi muammolariga bagʼishlangan halqaro konferentsiyasida 5 iyunь kuni butun jahonda atrof - muhitni muhofaza qilish kuni deb eʼlon etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |