2. Buxgalteriya balansi moddalarining likvidlilik bo‘yicha turkumlanishi.Buxgalteriya balansi likvidligi, korxona likvidligi tushunchalari moliyaviy holatini baholashning muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi.Balans likvidlik aktivlarining pulga aylanish darajasini, korxona likvidligining qarshi tomonga bo‘lgan majburiyatlarini to‘lashga qobilligini xarakterlaydi. Buxgalteriya balansining likvidliligi va korxona to‘lov layoqatining tahlili. Buxgalteriya balansi aktivi likvidligi bo‘yicha, kapital va moliyalashtirish manbalariga ko‘ra, majburiyatlar to‘lovga tortilishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi.Aktivlarning birlashgan va tarkib qatorlari bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish uslubiyoti belgilangan. Ushbu uslubiyot xorij amaliyotiga to‘la mos tushadi va tarkib bo‘yicha nisbiy ifodalardagina farq etadi.Aktiv tomon:- doimiy harakatdagi aktivlar (A1);- tez pulga aylanadigan aktivlar (A2);- sekin pulga aylanadigan aktivlar (A3);- qiyin pulga aylanadigan aktivlar (A4).Passiv tomon:- to‘lov muddati kelgan majburiyatlar (P1);- qisqa muddatli majburiyatlar (P2);- uzoq muddatli majburiyatlar (P3);- doimiy passivlar (P4).
VARIANT-11
1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligini tahlili.Debitor va kreditor qarzdorlikni o‘rganishda aylanuvchanlikning ikki jihatiga muhim ahamiyat qaratiladi.Aylanuvchanlik koeffitsiyentlari va ularning o‘zgarishiga;Aylanuvchanlik davri va ularning o‘zgarishiga.debitorlar bilan hisoblashishlar holati tashkilotda o‘tgan yilga nisbatan biroz yomonlashgan. Bu qisman uzoq muddatli debitorlik qarzi o‘sishi tufayli ham sodir bo‘lgan. Debitorlik qarzini qaytarishning o‘rtacha muddati 46,6 kunga cho‘zilib, 102,8 kunga teng bo‘lgan. Hisobot yilida qisqa muddatli debitorlik qarzi holati o‘tgan yilga nisbatan 39,2 kunga sekinlashgan. Qarzdorlik sifati pasayganligiga ham alohida e’tibor qaratish talab qilinadi. Shubhali debitorlik qarzi ulushi o‘tgan yilga nisbatan 1,8 punktga o‘sib, debitorlik qarzlarining umumiy hajmida 7,0% ni tashkil qilgan. Agar debitorlik qarzi ulushi 27,7% ni, xaridorlar va buyurtmachilar qarzdorligi ulushi tashkilotning joriy aktivlari umumiy hajmining 4,4% ini tashkil qilganligi e’tiborga olinsa, debitorlik qarzi holati tufayli umumiy joriy aktivlar likvidligi pasayganligi haqida xulosa qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |