Variant-1 Iqtisodiy nochorlilc (bankrotlik)ni baholashning ob’ektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari


Kreditga layoqatlilikning tavsifi


Download 80.45 Kb.
bet24/35
Sana06.10.2023
Hajmi80.45 Kb.
#1693817
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
covered1

2. Kreditga layoqatlilikning tavsifi.
Kreditga layoqatlilik – bu mijozning moliyaviy faoliyatiga har tomonlama berilgan baho bo‘lib, u qarz oluvchining so‘ralayotgan kreditni (asosiy qarz summasi va u bo‘yicha foizlarni) o‘z vaqtida qaytarish va boshqa qarz majburiyatlarini to‘lay olish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarini rivojlanishida kredit munosabatlari va to‘lov qobiliyatini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Banklar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kreditga layoqatliligini baholash orqali risklarni kamaytirishga, kredit resurslarini oqilona joylashtirish orqali o‘z daromadlarini oshirishga, moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga erishadilar.
Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini ikki tomonlama ko‘rib chiqish lozim:
1. Qarz oluvchi nuqtayi nazaridan kreditga layoqatlilik darajasi – kredit shartnomasini tuzish imkoniyati, olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytara olish qobiliyati bilan baholanadi.
2. Bank nuqtayi nazaridan, kreditga layoqatlilik darajasi korxonaga beriladigan kreditning hajmini to‘g‘ri aniqlay olish mas’uliyati bilan inobatga olinadi.
Kreditga layoqatlilikni baholashda banklar nafaqat mijozning o‘tgan davr ma’lumotlariga baho berishi, shu bilan birga uning kelajakdagi moliyaviy ahvolini ham bashoratlashi zarur. Moliyaviy barqarorlikni va kredit operatsiyalaridagi risk hisobini obyektiv baholash, bankka kredit resurslarini samarali boshqarish hamda foyda olish imkonini beradi.


Variant № 20
1. Rentabellik ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
Rentabellikning bir nechta guruhi aktivlar, ishlab chiqarish, sotuv va kapital rentabelligi guruhi tarkiblanadi. Har bitta guruhga bir necha ko‘rsatkichlar tizimi kiritiladi. Lekin baholashda, omilli tahlil etishda ularning har bittasi alohida hisob-kitob qilinadi va baholanadi.
Rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari:

  • Aktivlar rentabelligi (ROA Return On Assets) = Sof foyda / Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati;

  • Sotuv rentabelligi = Mahsulot (ish va xizmat)lar sotishning yalpi foydasi / Sotishdan sof tushum;

  • Operatsion faoliyat rentabelligi (ROS Return On Sales) = Operatsion foyda / Sotishdan sof tushum;

  • Xususiy kapital rentabelligi (ROE Return On Equity) = Sof foyda / Xususiy kapital.


Download 80.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling