Variant-1 Iqtisodiy nochorlilc (bankrotlik)ni baholashning ob’ektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari
VARIANT-3 1Xususiy kapitalning tarkibi va dinamikasining tahlili
Download 80.45 Kb.
|
covered1
VARIANT-3 1Xususiy kapitalning tarkibi va dinamikasining tahlili.Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditga oid qonunchilik normalarida “o‘z sarmoyasi”, “o‘z sarmoyasi manbalari”, “o‘z mablag‘lari manbalari”, “xususiy sarmoya”, “xususiy kapital” degan tushunchalar keng uchraydi. Ularning barchasi bitta mazmunni ya’ni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zigagina tegishli bo‘lgan mablag‘larni ifoda etadi.Xususiy kapital tarkibiga quyidagi tarkibiy birliklar kiradi:- ustav kapitali; - rezerv kapitali; - qo‘shilgan kapital; - taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar. Buxgalteriya balansining “O‘z mablag‘lari manbalari” (“Xususiy sarmoya”) bo‘limida ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali, sotib olingan o‘z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari aks etadi.Xususiy kapitalning dinamik tahlilida xususiy kapitalning yaqin va uzoq davriylikdagi mutlaq, nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.Dinamik tahlilda xususiy kapitalning tarkibi, tuzilishi, holati va samaradorligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi yillar kesimida baholanadi. Tarkib bo‘yicha ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitali va taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishlari, tuzilishi bo‘yicha tarkib birliklarining salmoq bo‘yicha o‘zgarishlari; samaradorlik (daromadlik va rentabellik) ko‘rsatkichlarining o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi. Xususiy kapital hisobi o’z ichiga bir qancha ko’rsatkichlarni olib, ular quyidagi tartibda tashkil etiladi:Ustav kapitali;Qo’shilgan kapital;Rezerv kapitali;Taqsimlanmagan foyda;Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.Korxonaning ustav kapitali o’z mablag’lar manbaining asosini tashkil etadi. Ustav kapitali ta’sischilar tomonidan qo’yilgan pay to’lovlarini, aksiyalarining nominal qiymatini o’zida saqlaydi. Uning hisobi esa hukumat qarorlari va ta’sischilarning yig’inida qabul qilingan qarorlar asosida yuritilib boriladi.Davlat tashkilotlarida ustav kapitali davlat byudjeti tomonidan ajratilgan mulkni ko’rsatadi. Mulkning kelishi vaqtiga esa bu summa ustav kapitalida ko’rsatiladi.Korxonalar amalda qo’llanilayotgan qonunlarga ko’ra har yili erishgan foydasidan rezervlar tashkil etishlari mumkin. Unga har yili ustavda ko’rsatilgan tartibda mablag’ chegirilib boriladi.Tashkil etilgan fond esa quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:1. Ko’rilgan zararlarni qoplash uchun;2. Korxona hisobot yilida foyda olmagan bo’lsa imtiyozli aksiyalar uchun dividend berish;3. Boshqa to’lovlarni amalga oshirish uchun.Taqsimlanmagan foyda - bu korxonaning hisobida turgan sof foydasini ko’rsatadi. U ham xususiy kapital tarkibiga kiruvchi eng asosiy ko’rsatkichlardan sanaladi. Lekin faoliyat yurituvchi korxonalar har safar ham foyda bilan chiqmasligi mumkin. Bu holda uning zarari xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar deb yuritiladi. Mazkur ikkala qiymat ham 8710- «Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» hamda 8720 – “Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotlarida yuritilib, ularning farqi ishoralari orqali aniqlanib olinadi.Moliyaviy tahlilni olib borishda koeffitsiyentlar usuli eng ilg’or metodlardan xisoblanib, bizning o’rganayotgan mavzuimizni ham ularsiz tasavvur etib bo’lmaydi.Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida turli xil moliyaviy koeffitsiyenlar o’rganiladi va ularnishartli ravishda to’rtta katta guruhlarga ajratiladi:1.Rentabellik koeffitsiyentlari;Likvidlik koeffitsiyentlari;To’lov qobiliyati koeffitsiyentlari Bozor indikatorlari.Bu ko’rsatkichlar ham o’z tarkibiga bir qancha koeffitsiyentlarni oladi:Demak, birinchi ko’rsatkich tarkibiga:Xususiy kapital rentabelligi;Korxonaning jami investitsiyalar rentabelligi;Leveridj;Sotish rentabelligi.
Download 80.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling