Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/112
Sana20.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1636095
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112
Bog'liq
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi

 
 
3.Davlat va nodavlat tashkilotlarda 
marketing xizmatini tashkil qilish? 
. Marketingni tashkil etish - marketing 
xizmatini boshqaradigan idoralarning 
tashkiliy ko‘rinishi bo‘lib, u yoki bu 
topshiriqni bajarish uchun bo‘ysunish va 
javobgarlikni belgilaydi. Marketingni 
tashkil qilish - korxonada bir necha 
yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin: 
1. Funksional-bunda javobgarlik 
taqsimot, sotish, ta’minot va tovar 
harakatini tashkil qilish doiralariga 
tushadi. 2. Tovarlar tamoyili bo‘yicha 
tashkil etish. Unda funksional 
tamoyillarga, yana bir tovar markasi 
uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi. 3. 
Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. 
Unda funksional tamoyillariga, yana bir 
qo‘shimcha, ya’ni hudud bozorlari va 
iste’molchilar turi bo‘yicha 
boshqaruvchilar qo‘shiladi. Funksional 
tashkil etishning yutuqlari, 
bo‘linmalarning boshqarishdagi soddalik, 
bajariladigan funksiyalarga yuqori 
javobgarlikdan iboratdir. Lekin bu 
tuzilishning qator kamchiliklari ham 
mavjud:
➢ tovarlar bo‘yicha maxsus 
bo‘limlarning yo‘qligi;
➢ bozorning hududiy segmentlari 
bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi;


➢ bozor talablarining o‘zgarishi va 
iste’molchilar talabiga operativ 
reaksiyaning sustligi;
➢ marketing tashkilotlari tadbirlarning 
moliyalashtirish masalalarini hal 
etishning qiyinlashganligi. 
Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish 
tovarlar va ular guruhlari bo‘yicha 
bo‘limlar tashkil etishni talab etadi. Unda 
tovar bo‘limlari bo‘yicha mustaqil qaror 
qabul qiladi. Marketing xizmatining 
tashkiliy tuzilishi bu kabi bo‘lgan shakl, 
avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar 
assortimenti katta bo‘lgan firmalarga 
to‘g‘ri keladi. 91 Tovar tamoyili bo‘yicha 
tashkil etish shakli ham, shuningdek 
kamchiliklarga ega. Boshqarishning bu 
kabi tizimi marketing faoliyatining o‘ziga 
xos tomonlarini doim ham e’tiborga 
olmaydi. Tovarlar bo‘yicha guruhlar 
ishchilari o‘z majburiyatlarini samarali 
bajarish uchun etarlicha huquqlarga ega 
emas, boshqaruv apparatida katta sonli 
guruh va guruhchalar paydo bo‘lishi 
bilan ularni ushlab turish katta xarajatlar 
talab qiladi. Bozor tamoyili bo‘yicha 
tashkil etishda deyarli barcha korxonalar 
o‘z tovarini xarakteri jihatidan turlicha 
bo‘lgan bozorlarda sotadi. Turli 
bozorlarning sotib olish xususiyatlari 
yoki turli tovar ustunliklariga ega bo‘lgan 
hollardagina bozor tamoyiliga ko‘ra 
tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
SHuning uchun marketing xizmati 
bo‘limlari asosiy bozorlarga qarab 
tuziladi. 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling