Kompaniya
Marketing boshqaruvi marketing rejalarni tuzishda
oliy rahbariyat, moliyaviy guruh, tadqiqotlar va
ishlanmalar
bo’yicha guruh, xaridlar, bitimlar va
hisobga
olish bo’yicha guruhlar kabi kompaniyaning
boshqa guruhlarini hisobga oladi. Ushbu barcha
o’zaro bog’langan guruhlar ichki muhitni tashkil
qiladi. Oliy rahbariyat kompaniyaning missiyasi,
maqsadlari, umumiy strategik yo’nalishlar va
siyosatlarni
belgilaydi.
Marketing
bo’yicha
menejerlar oliy rahbariyat tomonidan tuzilgan
yanada umumiy strategik yo’nalishlar va rejalar
doirasida qarorlarni qabul qiladi.
So’ng, 2-bobda
muhokama qilganimizdek, marketing bo’yicha
menejerlar
kompaniyaning boshqa bo’limlari bilan
yaqindan hamkorlikda ish olib boradilar. Marketing
bo’limi boshchiligida ishlab chiqarish va moliya
bo’limlaridan yuridik va xodimlar bo’limlarigacha
barcha bo’limlar mijozlar ehtiyojini anglab yetish va
iste’mol boyliklarni yaratish uchun umumiy javobgar
bo’ladilar.
Ta`minotchilar
Ta`minotchilar kompaniyaning
iste’mol boyliklarini
yetkazib berishning umumiy tizimida muhim
bo’g’inni tashkil qiladi. Ular kompaniya tomonidan
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun zarur
bo’ladigan resurslarni taqdim qiladi. Yetkazib
beruvchining muammolari marketingga jiddiy ta’sir
ko’rsatishi mumkin. Marketing bo’yicha menejerlar
tovar mavjudligi va uning qiymatini
o’rganib
borishlari kerak. Yetarlicha miqdorda yetkazib
bermaslik yoki yetkazib berishni kechiktirish, ish
tashlashlar, tabiiy ofatlar va boshqa hodisalar qisqa
muddatli istiqbolda sotuvlar qiymatini oshirishi, va
uzoq muddatli istiqbolda mijozlar qoniqishiga zarar
yetkazishi mumkin. Yetkazib berish xarajatlarni
oshirish narxlar oshishiga olib kelishi va natijada
kompaniyaning sotuvlar hajmiga salbiy
ta’sir
ko’rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |