Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi
3.Reklamani
tashkil etish usullari? Xorijiy va mamlakatimiz tajribasiga muvofiq reklamani quyidagicha tasniflash mumkin: 1.Obyektlar bo‘yicha reklama qilish: nufuzli tadbirkorlik reklamasi. Bu reklamaning asosiy maqsadi tad- birkorni uning raqiblaridan farq qilishining reklamasidir; tovar reklamasi, ya’ni tovarga talabni shakllantirish va rag‘batlantirish; tovar reklamasiga aniq markali tovarni uzoq vaqt ajralib turish uchun qo‘llaniladigan marka reklamasini ham kiritish mumkin; sarlavhali reklama – bu xizmatlar yoki hodisalarni sotish haqidagi axborotlarni tarqatish; sotish reklamasi – bu arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha sotish ha- qida e’lon; tushuntirish – tashviqot qilish reklamasi bu aniq maqsadni himoya qilish. 2.Yetkazib berish shakllari bo‘yicha: bevosita reklama, u tijorat sharoitlarida amalga oshiriladi va aniq tovar va aniq tadbirkorga nisbatan reklama xizmatini to‘g‘ridan to‘g‘ri baja- rib, reklama beruvchini ko‘rsatadi, bevosita reklama to‘g‘ridan to‘g‘ri kanal- lardan foydalanmasdan, reklama beruvchini ko‘rsatmasdan vazifani niqoblan- gan ko‘rinishda bajaradi. 3.Reklama materialining tavsifi va xususiyatlari bo‘yicha: axborot – asosan tovarni bozorga kiritishda amalga oshiriladi; tadbirkor oldida tanlab olingan talabni shakllantirish vazifasi turgan o‘sish bosqichida alohida ahamiyatga ega bo‘ladi; tovar haqida eslashga iste’molchi majbur qilishga imkon beruvchi eslatuvchi reklama; mustahkamlovchi reklama, u xaridorni qilingan tanlov to‘g‘riligiga ishontirishga harakat qiladi. 4.Tanlangan strategiya bo‘yicha: bir turdagi reklama turli mamlakatlarda faqat bitta reklama vositasini ko‘zda tutadi, bu reklama tadbirlarini o‘tkazish sarf va xarajatlarni tejashga olib keladi; bir turda bo‘lmagan reklama yagona reklama konsepsiyasini berishida turli xil reklama vositalaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. 5.Tarqatish vositalari bo‘yicha: shaxsiy reklama ishi, ya’ni e’lonlarni jurnallar, umumiy yo‘nalishdagi jurnallar, ro‘znomalar, maxsus jurnallar, tadbirkor bulletenlarida, axborot- nomalarga joylashtirish; nashriy reklama kataloglar, bukletlar, tabriknomalar, yilnomalar; dalirect mail – reklama materiallarini pochta, telegraf, teleks orqali tarqatish; rolikli reklama – kino, televideniye, slayd-proeksiya; TV – marketing televideniyesi kanali bo‘yicha reklama; radio bo‘yicha reklama berishni ko‘zda tutuvchi radio-reklama; tashqi reklama yirik hajmdagi plakatlar, elektrlashtirilgan pannolar- ni tayyorlashni ko‘zda tutadi; transportdagi reklama. Bunday reklama butun transportning tashqi sirtiga o‘rnatiladi; eng keng tarqalgan reklama tovarni sotish joyida, do‘konlarda, sav- do zallarida bo‘ladi . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling