Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?


Variant 17  1.Tovarni takomillashtirish


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/112
Sana20.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1636095
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   112
Bog'liq
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi

Variant 17 
1.Tovarni takomillashtirish 
konsepsiyasi? 
Marketing kontseptsiyalari tadbirkorlik faoliyati 
rivojlanishining 
har 
xil 
bosqichlarida 
uning 
yo’nalishini 
belgilaydigan 
qarashlar 
tizimidan 
iboratdir. Shu bilan birga marketing kontseptsiyasi 
deganda korxonaning, tashkilotning yoki kishining 
iste'molchilarga 
mo’ljallangan, integratsiyalangan 
maqsadli falsafasi tushuniladi. 
Marketing evolyutsiyasining birinchi yirik bosqichini 
XX asrning boshidan 30-yillarning 
o’rtasigacha deb 
hisoblash 
qabul 
qilingan. 
Bunda 
marketing 
tashkilotlar, korxonalar va shaxslar 
o’rtasidagi tovar 
va xizmatlar harakatining nazariyasi yoki mahsulotni 
sotish 
bo’yicha korxonaning funktsiyasi deb 
tushunilardi. Shu vaqtda ketma-ket ikkita kontseptsiya 
paydo 
bo’ldi: ishlab chiqarishni takomillashtirish va 
tovarni takomillashtirish. 
Tovarni takomillashtirish kontseptsiyasi mahsulotning 
iste'molchilik xususiyatlarini oshirishga alohida ahamiyat 
beradi. Bunda asosiy tezis sifatida iste'molchilar eng yuqori 
sifatli, eng yaxshi ekspluatatsion xususiyatlarga ega 
bo’lgan tovarga nisbatan xayrixoh bo’ladilar, degan 
tushunchani ilgari suradilar. Asosiy diqqat e'tibor tovarga 
qaratiladi, shuning uchun ham marketing harakatlar tovar 
sifatiga, 
aniqrog’i uning modernizatsiyasiga qaratildi. 
30-yillarning 
o’rtalaridan 80-yillarning o’rtalarigacha 
marketing 
rivojlanishining ikkinchi bosqichi davri bo’ldi. 
Bu davrda e'tibor sotishga, so’ngra esa iste'molchiga 
qaratiladi 
(tijorat 
harakatlarini 
jadallashtirish 
kontseptsiyasi, marketingning umumiy kontseptsiyasi, 
marketing-miks). 
2.Marketing kommunikatsiyasi? 
Halqaro savdo palatasi tomonidan 1987 
yilda qabul qilingan halqaro reklama Kodeksida 
ham har qanday reklama murojaati odob-axloq 
normalariga mos, haqqoniy va ishonchli bo’lishi 
ko’rsatib o’tilgan. 
Ko’pincha reklama tovarni sotadi degan 
uncha to’g’ri bo’lmagan xulosaga kelinadi. 
Chunki, reklama tovarni sotmaydi, balki potentsial 
xaridorlarni 
topib, 
talabni 
rag’batlantiradi. 
Masalan, xaridor magazinga kirib axtargan tovarni 
topdi, lekin tovarning sifati, assortimenti yoki 
bahosi uni qoniqtirmaganligi sababli tovarni sotib 
olmasdan magazindan chiqib ketdi. Bu erda 
xaridorga reklama ta'sir ko’rsatadimi? - degan 
savol tug’iladi. Bu savolga ha, - deb ijobiy javob 
berish mumkin. Reklama uchun eng asosiy vazifa - 
bu potentsial xaridorni tovar sotilayotgan joyga 
keltirishdan iboratdir. Xaridorning magazinga 
kelib, tovar sotib olmasdan chiqib ketmasligi uchun 
reklama tovar siljitishning boshqa uslublari bilan 
birga qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir. Eng 
asosiysi esa tovar sifati va estetik xususiyatlari 
bo’yicha xaridor didiga mos bo’lishi kerak. Shu 
sababli reklamaning samaradorligini sotilgan 
tovarlar hajmi bilan emas, balki potentsial 
xaridorlarning necha marta tashrifi va necha marta 
telefon 
orqali 
murojaat 
qilganligi 
kabi 
ko’rsatkichlar asosida baholash to’g’ri hisoblanadi. 
Reklamaning vazifasi - xabar berish, 
ishontirish va eslatishdan iboratdir. Shuning o’zi 
reklamaning tovar sotilishiga ta'sir ko’rsatishidan 
dalolatdir. Reklamani ishlab chiqish va tashkil etish 
korxona butun faoliyatining bir qismi hisoblanadi. 
Shu sababli reklama ishlarini tashkil etish ma'lum 
tartib va qoidaga bo’ysunadi. 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling