Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi
2.Reklamaning turla гi? Reklama turlari, ularning umumiy tavsifi va qo‘llanilish usullariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: – ko‘rgazma reklamalari; – matbuotdagi reklama; – bosma reklamalar; – plakat-grafika reklamalari; – kino reklamalari; – radio-reklamalari; – yoritish reklamalari. Ko‘rgazma reklamalari – reklama turlari ichida eng keng tarqalgan hisoblanadi. Ko‘rgazma reklamasining asosiy vazifasi, savdoda mavjud bo‘lgan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar assortimentini iste’molchilarga ta- nishtirish, iste’molchilarga hali yaxshi tanish bo‘lmagan yoki ma’lum bo‘lmagan tovarlarni keng targ‘ibot qilish, iste’molchilarga yaqinlashib kelayotgan ma’lum bir mavsumga mos tovarlarni o‘z vaqtida sotib olish zarurligini eslatib turishdan iboratdir. Tijorat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga ko‘rgazma rek- lamalarini quyidagi talablar asosida joylashtirishlarini talab qiladi: 1.Ko‘rgazmalar ko‘cha yuzida yaxshi ko‘zga tashlanadigan, tushunarli ravishda joylashtirilgan bo‘lishi kerak. 2.Ko‘rgazmada faqat sotuvda mavjud va sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar bo‘lishi, vaqtincha bo‘lmagan yoki sotib bo‘lingan tovarlar bo‘lmasligi kerak. 3. Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan tovarlar namunasi aniq va to‘liq qilib yozilgan narx yorliqlari bo‘lishi zarur. 4. Ko‘rgazmalarni hech bo‘lmaganda oyida ikki marta almashtirib turish kerak. Matbuotdagi reklama. Matbuotdagi reklama mamlakatimiz hududida nashrda chop etilgan turli xil reklama materiallarini o‘z ichiga oladi. Ularni asosan ikki guruhga ajratish mumkin: Reklama e’lonlari – bu mavjud nashrga joylashtirilgan pullik reklama bildirishidir. Reklama e’lonlari reklama beruvchining tijorat taklifining maqsadini va afzalligini qisqa shaklda ifoda etadi. Reklama e’lonining asosiy mavzusi kichik harflarda yozilib, reklama murojaati maqsadini to‘liq ifoda- laydi, xaridor uchun mahsulotning foydali tomonlarini va afzalliklarini ta’kidlaydi. E’lonning oxirida xaridorlar murojaat qilishi uchun manzili, telefon, faks yoki boshqa reklama vizitlari keltiriladi. Reklama e’lonini tasviriy bezash iloji boricha uning mazmuniga mos kelishi kerak. Tadbirkorlik faoliyatining timsollari asosiy elementlari (mah- sulot belgisi) ajratib ko‘rsatilishi lozim. Sharh – reklama ko‘rinishidagi maqola va boshqa nashrlar material shakliga ega bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati haqida sharh beruvchi shaklda yoki uning rahbarlari, ish bo‘yicha hamkorlari va xaridorlari bilan bo‘lgan suhbat (muloqot) shaklida yoziladi. Bu kabi materiallar yaxshi illustratsiyalangan bo‘lishi kerak, chunki illustratsiyasiz katta samara bermaydi. Reklama e’lonlari va sharh – reklamalarini chop etishda gazeta, jurnal, bulleten, turli ma’lumotnomalar, yo‘riqnomalar kabi nashr turlari- dan foydalaniladi. Bosma reklamalar turlari – reklama qilish jarayonida asosiy reklama turlaridan hisoblanadi. Bosma reklama vositalari, o‘zining qo‘llanilish usuliga, xususiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: varaqalar; prospektlar; kataloglar; bukletlar; maxsus reklama nashrlari – xatlar, tabriknomalar, eslatmalar. Plakat-grafika reklamalari – bir yoki bir nechta tovar guruhlarini, faoliyat ko‘rsatayotgan, yangi tadbirkorlik faoliyatlarini reklama qilishiga mo‘ljallangan. Plakat-grafika reklama vositalariga: plakatlar; maxsus tayyorlangan xitlar; afishalar kiradi. Kino reklamalari – reklama turlari ichida eng samarali vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Kino reklamalarining obyekti bo‘lib, yangi tuzi- layotgan yoki tashkil etilayotgan tadbirkorlik faoliyatlari, ularni xaridor- larga xizmat ko‘rsatish sohalari va boshqalari hisoblanadi. Kino reklamalar qo‘llanilish mohiyatiga ko‘ra: qisqa metrajli televizion reklamalar; diapozitiv filmlar. Radio reklamalari – xaridorlarni reklama vositalari bilan qamrab olishga radio va telereklama eng ommaviy hisoblanadi. O‘zining nisbatan yosh bo‘lishiga qaramasdan, ular reklamaning boshqa vositalari bilan raqobat- lashadi, doimo rivojlanib, takomillashib boradi. Radio e’lonlar, radioroliklar, turli radio jurnallar va reklama radiore- portajlari radio orqali reklamaning eng keng tarqalgan turlaridir. Radioe’lon – bu diktofon orqali o‘qiladigan axborotdir. Radiorolik – bu alohida tayyorlangan o‘yinli radiosujet bo‘lib, u ori- ginal yo‘sinda, ko‘pincha hazil ko‘rinishida va odatda, musiqa hamkorligida taklif etilayotgan mahsulot, tovar yoki xizmatlar haqida axborot beradi. Ba’zan reklama radioroligi uncha katta bo‘lmagan reklama shaklida bo‘lishi mumkin. Yoritish reklama – qo‘llanilishiga ko‘ra iste’molchilar e’tiborlarini tez jalb qilishligi bilan reklama turlari ichida muhimi hisoblanadi. Ushbu rek- lama vositalariga: vivieskalar; elektr pannolar; stendlar; transparantlar kiradi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling