Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/112
Sana20.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1636095
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112
Bog'liq
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi

2. Tovar turlari? 

Tovar (rus.) 
— 1) ishlab chiqarish.iqtisodiy faoliyatning 
moddiybuyum shaklidagi har qanday mahsuloti; 2) 
sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldisotdi, bozor 
munosabatlari obʼyekti. T. bozorda sotish, ayirboshlash 
uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish 
uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. T. 
faqat modsiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, 
maʼnaviy neʼmatlar va boshqa koʻrinishlarda ham boʻlishi 
mumkin. T. shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama 
xususiyatga ega boʻlishi, yaʼni bir tomondan, u faqat 
sotish uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning 
bironbir ehtiyojini qondira olishi kerak. Iqtisodiyotda 
T.ning bu ikki yoqlama xususiyati 
— isteʼmol qiymati, 
uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida oʻrganiladi. 
T.larning isteʼmol qiymati ularning boshqa tovarlar bilan 
almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun tovar ishlab 
chiqaruvchilarni tovarning almashuv qiymati qiziqtiradi. 
Tovarlarni sotishdagi ularning narx koʻrsatkichi almashuv 
qiymatini koʻrsatadi. T.ning almashuv qiymati — biror 
turdagi isteʼmol qiymatning boshqa turdagi isteʼmol 
qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatdir. 
Tovarlarning almashuv qiymatiga qarashlarda turlicha 
taʼlimotlar mavjud boʻlib, ulardan biri "qiymatning mexnat 
nazariyasi" deb nom olgan. Bu nazariya asoschilari 
A.Smit, D. Rikardo, U.Petti va boshqa fikricha, 
tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi 
— ogʻirligi, 
shakli, hajmi kabilar almashuv qiymatiga asos boʻla 
olmaydi, uning asosini tovarga sarflangan mexnat, 
almashishning zarur shartini esa ayirboshlanadigan 
tovarning har xil isteʼmol qiymatlari (xususiyatlari) tashkil 
etadi. Lekin har xil tovarlarning isteʼmol qiymati sifat 
jihatidan turlicha boʻlishi mumkin. Bu qarash 
tarafdorlarining fikricha, tovarlarni miqdor va sifat 
jihatlardan solishtiri
sh, yaʼni barobarlashtirish asosi faqat 
unga sarflangan mehnat boʻlishi mumkin. T.da 
mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil 
qiladi.



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling