Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?


 Marketing konsepsiyalari?


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/112
Sana20.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1636095
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112
Bog'liq
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi

3. Marketing konsepsiyalari? 
Marketing 
kontseptsiyalari 
tadbirkorlik 
faoliyati rivojlanishining har xil bosqichlarida 
uning yo’nalishini belgilaydigan qarashlar 
tizimidan iboratdir. Shu bilan birga marketing 
kontseptsiyasi 
deganda 
korxonaning, 
tashkilotning yoki kishining iste'molchilarga 
mo’ljallangan, integratsiyalangan maqsadli 
falsafasi tushuniladi. 
Marketing evolyutsiyasining birinchi yirik 
bosqichini XX asrning boshidan 30-yillarning 
o’rtasigacha deb hisoblash qabul qilingan. 
Bunda marketing tashkilotlar, korxonalar va 
shaxslar 
o’rtasidagi tovar va xizmatlar 
harakatining nazariyasi yoki mahsulotni sotish 
bo’yicha 
korxonaning 
funktsiyasi 
deb 
tushunilardi. Shu vaqtda ketma-ket ikkita 
kontseptsiya paydo 
bo’ldi: ishlab chiqarishni 
takomillashtirish va tovarni takomillashtirish. 
Ishlab 
chiqarishni 
takomillashtirish 
kontseptsiyasi 
o’z harakatini mahsulot ishlab 
chiqarish 
samaradorligiga, 
mahsulot 
birligining tannarxini pasaytirish maqsadida 
ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning 
optimallashuviga qaratadi. Boshqa 
so’z bilan 
aytganda, keng tarqalgan va narx jihatidan 
qulay 
bo’lgan tovarlarga nisbatan marhamatli 
bo’ladilar. Shunga ko’ra bu kontseptsiya 
e'tiborining 
asosiy 
ob'ekti 
qilib 
ishlab 
chiqarishni takomillashtirish va taqsimot 
tizimining samaradorligani tanladi. Maqsadga 
erishishning etakchi vositalari sifatida ishlab 
chiqarish 
miqyoslarini 
kengaytirish 
va 
mahsulot tannarxini kamaytirish tavsiya 
etilardi. 
Tovarni 
takomillashtirish 
kontseptsiyasi 
mahsulotning 
iste'molchilik 
xususiyatlarini 
oshirishga alohida ahamiyat beradi. Bunda asosiy 
tezis sifatida iste'molchilar eng yuqori sifatli, eng 
yaxshi ekspluatatsion xususiyatlarga ega 
bo’lgan 
tovarga nisbatan xayrixoh bo’ladilar, degan 
tushunchani ilgari suradilar. Asosiy diqqat e'tibor 
tovarga qaratiladi, shuning uchun ham marketing 
harakatlar tovar sifatiga, 
aniqrog’i uning 
modernizatsiyasiga qaratildi. 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling