Variant 1 savolga javob Xo‘jalik hisobining uch turi mavjud: operativ, statistik va buxgalteriya hisobi


Download 16.48 Kb.
Sana03.04.2023
Hajmi16.48 Kb.
#1322850
Bog'liq
Variant 21


Variant 21
1 savolga javob
Xo‘jalik hisobining uch turi mavjud: operativ, statistik va buxgalteriya hisobi.
Operativ hisob- ayrim xo‘jalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita ular sodir bo‘layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni operativ ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi.
Statistik hisob- ommaviy xo‘jalik hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi butun xo‘jalik va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan turli-tuman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida xo‘jalik faoliyatining turli-tuman miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi.
Buxgalteriya hisobi- ichki boshqarish va tashqi istemolchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalikda mavjud bo‘lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlari boshqa qator ko‘rsatkichlari hisoblab aniqlanadi.
2 savolga javob
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni vujudga keladi. Taqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi ifodasi, korxona va davlatning markazlashtirilgan sof daromadining summasi hisoblab chiqiladi. Bunda korxonaning foydasi buxgalteriya hisobida keyinroq, ya’ni sotish tugagandan so’nggina aniqlanadi va qayd qilinadi. Korxonaning mablag’lari boshqa bosqichlarda, ya’ni operatsiya jarayonida sodir bo’ladi. Bu - korxona ta’minoti va tayyor buyumlarni sotish bosqichlari.
Ta’minot doirasida korxona pul mablag’lari hisobiga o’ziga zarur bo’lgan moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotning istemolchilarga sotish sodir bo’ladi. Bu bosqichning yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi.
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishiga qilingan xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun mo’ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag’lari va h.k.
3 savolga javob
Buxgalteriya hisobining predmeti - korxonani xo‘jalik mablagiari va ulami tashkil topish manbalarini, ulami xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun- qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq va to‘g‘ri aks ettirib borishdir. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining predmeti - takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati va ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.
Har bir fanda bo‘lgani kabi, buxgalteriya hisobi fanida ham uning predmetini o‘rganish usullari mavjud. Buxgalteriya hisobining usullariga hujjatlashtirish, invebtirizatsiya, baholash, kalkulatsiy, schyotlar tizimi, ikki yoqlama yozuv, buxgalteriya balansi va hisobot kabi usullari kiradi.
4 savolga javob

  1. Dt: 1110 o’stirshdagi hayvonlar

Kt: 6010 mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar
Dt:0150 Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi
Kt: 5110 Hisob-kitob schyoti
5 savolga javob

  1. Dt: 2990 Boshqa tovarlar, 1250,0 ming so’m

Kt: 1010 Xom ashyo va materiallar, 1250,0 ming so’m

  1. Dt: 9690 Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, 1250,0 ming so’m

Kt: 0190 Boshqa asosiy vositalar, 1250,0 ming so’m

  1. Dt: 2810 Ombordagi tayyor mahsulotlar, 8890,0 ming so’m

Kt: 2820 Ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar, 8890,0 ming so’m
Download 16.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling